Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 75 more comments
Vazirlik yana bir pas shunaqa qilib cho'zib tursa ozimiz natijani chiqarib olamiz. Ozi tg gruppalarda hamma bir birini javobini bilib boldi. Qadrli mutasaddilar sizlar ovora bolmanglar. Magistrga topshorganlar ham odammi?? Kutadida iyee. Lanatlaymiz va qoralaymiz
Magistraturaga ma'sul odamlar uyquda busa kk oradan qancha vaqt utdi ? Urinlarini yosh kadrlarga bushatib bersa bulardi ishlar sal oldinga siljirmidi
Kimdur ishga kirish kirmasligini bilmay kutib o'tiribdi,yana kimlardur boshqa rejalari bor! Xalqni norozi qilib baraka topishni niyat qilgan DTM hodimlari ikki dunyosini o'ylasin
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Magistraturani shaffofligiga bu yil online bo‘lgani uchun juda ishongandim. Lekin lekin...
Har kuni uyg‘onganimdan kanalizni ko‘raman javobidan darak bormikin deb. Raxmat sizga.
SaidSardor Ibragimov
Javoblar 5 ga chiqargan
Qaysi 5galigini aytishib qo‘ymasin 😂
DTM ham OTV ham bir tiyin boldi togrisi.

1 oydan buyon kutaman javobni magistraturanikini LATTACHILIK
Geography REPITITOR
Aniq chiqish vaqti aytilsin bo'ldi
javobi chiqqan xali devorlarga ilinmagan diydi.Sababi kim kirgan kim kirmaganini xal qilish xam oson ishmasda togri t.kerak
Ijodiy imtihon javoblari 6-sentyabr kuni chiqqan. Mandat chqiwi nmaga bunaqa qiyin.
Biz ówanga qarab harakatmizi qilishmiz kerey kantaktr balkiy vawey còzlib keti 😡 ijodiyuv timboliy òwa zaxoti halq bòb bògan
Javoblarni 7 ga chiqadi diyishyapti
Sardorbek Muxtorov
Bir yillik pulni olib yigʻarini yigʻib boʻldi ijodiy imtihondan, keyingi yilgacha etadigan qilib
Soqqani qilib oliwsin endi zerikmay turizlar
Mavjuda G'ayratovna
Shu yil magistiraturaga o'qishga kirishga astoyidil xoxlardim.......o'yin bulsa but haqida o'ylamasam bularkanda-aa?
JAMSHID BOBONIYOZOV
Uyin bulyotgani aniq bumasa 2 gacha chiqadi degan edi bugun 3 nega chiqmedi qayirda qoldi xaqeyqat
Show next 100 comments