Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Salom hammaga bu natijalarni cho'zilishi universitetlar oliy ta'lim va dtm o'rtasidagi aloqaning qandayligini aytib beradi.Buni qo'ya turaylik magistratura imtihonlarini topshirganimda hattoki savollar yo'nalishga mos kelmagan undan tashqari imlo xatolarini aytmaysizmi savollardagi bakalavirning yakuniylari imtihoni magistratura ning savollaridan saviyasi baland bo'p yotibdi
10 кундан бери тел қиламан фақат зайнит
Nega ijodiy imtihon javobini aytish shuncha cho'zilyapti umuman tushunmadim. Axir buni javobi testdan ham osonku. Cho'zishdan nima naf va kimga naf.
Жони Утаев
15 kundan buyon xalovat yuq javobi qachon chiqarkan deb
Bu Dtm ga xam boshqasiga xam. Ishonch qolmadi faqat pul borlar oʻqiydi savoti borlar kantrakt oʻqiydi
Xushnud aka men ham Kamoliddin Behzod nomidagi Rassomlik va dizayn institutiga ijodiy imtihon topshirgandim. Haligacha (shubhali) jim! Ishga yondashuv nol! Na telefoni ishlaydi, va na o‘zlari hisob beradi!
Man shuncha cho'zilganidan keyin shaffofligiga umuman ishonmay qo'ydim
Net.ga kirdim ertalabda 5 da, hozir yana kirdim yana jim jitlik. Bizi asabimiz buzilmasdan kimi buzilsin. Uhlashdan oldin ham yangilik oqiymiz. Tinimsiz yangilik oqiymiz. Kutamiz...
Imtihonam imtihon bo'ldi, lingvistika boyicha, asosiy tilm arab tili bogan bolsa,savollar darajasi oson emas edi,lekin 2ta varianta ham javoblar bor, qaysi variantni belgilasam ularni "ko'nglidagini topaman", xullas 3ta savolim shunday,lekin bizga birktirlga mas'ullar bu masalada ojiz,loginimizni kirtib berishlari kk xolos. Boshqa o'rtoqlarimga arab davlatlari poytaxtlari va shunga o'xshash, lingvistikaga oid bolmagan savollar tushgan,xullas adolat,nazoratga gap yo'q. Javob chiqsayam kim kirishi aniq
Dilafruz Sherova
Online bo'lganida xursand bo'lgandim. Kechikkani sayin xovotirga tushyapman. Yana karupsiyami deb. Endi bu yog'i Allohdan.
buni O`zbekiston deydilar, bu mamlakatda hech qachon adolat, haqiqat va shunga o`xshagan fuqoroni huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonunlar ishlamagan va bundan keyin ham ishlamaydi, hali bu test natijalari u yoqda tursin...
MIRSALIM TO‘RAXONOV
Menimcha magistraturaga bu yil qabul bölmaydi, sababi öquv yili boshlanib ketganligi oylar ötayotgan bölsada natijalar e'lon qilinmadi. Hali natijalardan keyin dars jarayonigacha ham bir necha hafta ajratilishi kerak. Zero, kontrakt tölovi uchun hamma puli bankda tayyor turmagani ma'lum
Жони Утаев
Gulla yashna hur O'zbegim
Iltimos ma‘sullardan javoblar qachon chiqishini aniq aytib berishga undovchi savollar beringlar
Xushnudbek rahmat sizga biz ham intizorlik bn kutyapmiz ijodiy imtihon natijalarini ball baland lekin shunda ham xavotirda turibmiz natija nima bo'larkin deb
Psixologiyaga topshirganlar bormi?
Assalomu alaykum Xushnud aka bor eknsiz-ku. Shu maqolani ertaroq yozganizda edi. Hech bomaganda 27- sentyabrlarda, shu payt chiqib qolardi.
Ichki Ishlar Vazirligi
O‘zbekistonga o‘qigandan ko‘ra chet davlatga borib o‘qigan mavqulmikin deb o‘ylab qolaman chunkiy u yerda kirish oson ing yaxshi tarafi kantirag puli bizda otni kallasiday chet elda arzon nega bizda kantirag puli qimmat super kantiragni aytmasa xam bo‘ladi.
Show next 100 comments