Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Ahrorbek Eronov
Pul sanaydigan aparat uchun mayda pul tushmayotgan emish
Magistratura online boʻlgan, tugaganiga 10kundan oshsa hamki javoblar chiqishi kechiryapti... Nechi ball toʻplaganini bilamizu kirgan kirmaganini bilmay yurish gʻalati boʻlarkan ...
Bowqa yunaliwlani javoblari chiqqaniga 1haftadan utti bugun
Bu yil magistrga umuman taluqli bumagan savollarni tashlashgan utilmagan fanlardan qo'shib tashlashganmi boshqa fakultetni fanlaridan xam tashaganmi aralashib yotibdi savollari imlo xatoni gapirmasa xam buladi
Raxmonova.Sh.
Xushnudbek rahmat sizga ,borizga shukurki bizni qiziqtirgan savollarga javob topishga yordam beryapsiz.Javoblar qachon chiqishini bilsak bolalarimizni anchagina kòngli taskin topgan bòlar edi.Mana psixologimiz ham yozibdilar shu kishi bilsalar kerak bolalarga kutish kutush va yana kutish anchagina ruhiyatiga salbiy tasir qilyapdi. Hattoki umidimni uzdim deyishyapdi bolalar.Bu holatni oldini olish uchun javoblarni tezlashtirish kerak deb òylayman.
Faqat bizdami kamchiliklarrr. Qalbimda senlarga o'rin yoq. Buu Oliy ta'limmi DTM mi qaysi bosayam toza xuyyet qovordi. Silarga bir isbot. Xozirgi Oliy talim pakaleniyasi pul berib o'qishga kirgan va yana pul berib ishga kirganlar egallashgaN bu degani gala dubinkalar tepaga kelishdi. UZBEKISTON ENDI BU TURUSHDA KIMLARNI QOLIGA QOLADI BILMAYMAN!
Call centr markazidagilar tilfonga javob berishadimi ularni vazifasi nma o‘zi
Salohiddin Alimov
Xullas o'yin bo'layabdimi yo'qmi bilmadimku. Lekin javoblarni chiqmasligi kimningdur foydasiga bo'layabdi yo bizni yoki boshqalarni. O'zi hamma o'zini balini bilsa javoblar 22-dan keyin birdan chiqishi kerak edi ular qanaqa hisob kitobni qilayabdi bilmadim.
Халикулова Гулмира Алиевна
Ассалому алайкум Хушнудбек. Илтимос. Углим темир йул техникумга хужжат топширган эди. Тошкент темир йул техникум сайтида хеч кандай маълумот йук. Имтихон буладими йукми техникумга. Билолмаяпмиз.
Shu paytgacha javob chiqmasligini bilganimda. Topshirgan aboturiyentlarning uylariga borib kelardim. Kirgan kirmaganimni aniqlash uchun
ASSALOMU ALAYKUM XUSHNUD AKA.MEN QORAQALPOG'ISTON DAVLAT UNIVERSITETIGA (SIRTQI) O'QISHGA KIRDIM.OZIM ANDIJONDANMAN.OQISHGA HUJJAT TOPSHIRISH QACHONDAN,QAY TARTIBDA ONLINE MI YO UNIVERISTETGA BORISH KERAKMI YOQMI BILOLMAYABMIZ,SHU HAQIDA MA'LUMOT BERSEZ XURSAND BOLAR EDIK.
OZMU saytiga kirib koringlar
⭐🌟🌟🌟🌟🌟🌟
Call centr markazidagilar tilfonga javob berishadimi ularni vazifasi nma o‘zi
Rasmiyatchilik uchun telefon qo‘yishgan. Bormi-bor. Bo‘ldi xalq telefon qilib o‘lim ketmeydimi
Xa öyin bölayotgani aniqqa o'xshaydi
**MATI** 4448 UYDA QOLING...
Qancha uzoq chózilsa shuncha óyin bôladi.
Javob chiqmayotganiga sababchilar oramizda tezroq soqqani olib borib beringlar sizlarni kutib hunob bo'ldi minvuzdagilar ular kk bulsa 1 oy kutadi tavfti issiqda soqqani
Assalomu alaykum Xushnud aka bor eknsiz-ku. Shu maqolani ertaroq yozganizda edi. Hech bomaganda 27- sentyabrlarda, shu payt chiqib qolardi.
Aytingchi jiyanim 53,6 ball olgan ammo 4 foizlik kvotasi boredi ammo hech qanday qòshimcha balli kormadim
Aytingchi shu kvottalaniyam hisoblanadimi keyin
Mohinabonu
Assalomu aleykum. Rostan ham juda jonga tedi kutib 1 oy boldi imtihon topshirganimga ijodiyga hali yoq javob erta indin deyishadi sorasam. Shunchalik qiyinmi mandat chiqarish yana yonalishimga minglab odam topshirmagan
2020-2021 test natijasi pdf bolib turibdi
Pirizidentimiz harakatda xalq harakatda mana shunday og'ir kunlarda bazi bir masullar mashaqqatli halol puldan kura osongina topilgan xarom pulni afzal kuradi malades xudo jazosini bersin omin
Lekin qaysi test bilmayman
Show next 100 comments