Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Yurtimizdagi test tizimiga umuman qoyil qolmadim.Hammasi chigal.Soddaroq tizim joriy qilinishini talab qilar edim
Обдон уйин килиш кереку ахир улар
🇺🇿
Mayli nima bo‘lganda ham Alloh ko‘rib turibdi!!! Hamma amalimizni so‘rog‘i bo‘ladi bir kun!!!!
Charos Aripova
Manam magistraturaga topshirdim. Kutvomman. Savollar darajasi umuman yaxshimas. Topshirgan sohamda rus termomologiyasi kóp ózbechaga tarjima qilishganda savollar manosi ózgarib ketgan🧐
Magistratura intizomi online bo'lmadi chunki o'sha kuni internet ishlamayotgandi nimaga bunday desak nazarotchilar ham aniq javob aytolmadi. Kimlar kirgani aniq bo'lib bo'lgan foydasi yo'q
👍👍👍++++
⚜🅶🆄🅲🅲🅸⚜
Ijodiylarni javobi qachon ciqarkin a ?
Hamma o‘shani muhokama qilyapti kalla qo‘ymang😁😁😁
Javoblarni kuteverip Asaplarim tamom boldi. Juda kop kutyapmiz
hali hammasini javobi bor, ko`ramiz narigi dunyoda nima deb javob berarkin bu vijdonsizlar...
Xudoga shukur òqishga kirdim...Lekin men ham boshida ancha qòrqqandim òyin bòladi deb...Balki òyin ham bòlgandir...
Kimlar oyin qilayotgan bolsa bitta bitta opchiqib otish kk. Korrupsiyaning davosi shu !!!
Assalomu alaykum, juda to'g'ri yozibsiz. Magistraturaga imtihon topshirganimizga deyarli bir oy bo'lyapti. Lekin haligacha xabar yo'q. Hammaning bali aniq bòlsa, xòp mayli imtiyozlilar, apellyatsiya berganlar bor, ularni shu 20 kun ichida masalasini hal qilish nahot shunchalik qiyin. Men bakalavr yònalishim bòyicha ish topa olmadim. Shuning uchun magistraturaga qattiq kòz tikkan edim. Vaqt chòzilgan sayin, uzun quloq gaplarni eshitganim sayin juda qòrqyapman, korrupsiya aralashishidan. Tezroq chiqarishsa-yu biz shunga qarab yo òqishni yoki umuman boshqa ishni kòrsak...
ASADBEK
Assalomu alekum Xushnudbek avvalo rahmat sizga kopchilikka yorda berdingiz imtiyozlilarni alohida qilib . Lekin nima uchun boshqa yonalishdagi imtiyozlilarni alohida qilmadi. Nima faqat yurisprudensiyaga topshirganlar uchunmi prezident qarori. Iltimos boshqalarga ham yordam bering. Hamma yonalishdan olsin imtiyozlini. Boshqa yonalishdagilar ham jabr chekyapti
Bakhodir
Madaniyatga topshirganmisz
Men 2 yil oldin bitirganman o'qishni, ukam jismoniy tarbiyaga topshirgan
Show next 100 comments