Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Гули Хайдарова
Жонга тегди кутиш...одамни бунча кийнайди булар..шунга караб иш килардик
2 та танишм максимал балл оган. Агар шу 2 ласи бюджетга киромаса билмадм бу давлатдан бошкаси кетиш кереми
Jahongir Muhammedov
Z
1 та танишм этти магистратура хамма бюджет уринла сотилган дб
tugru man xam topshirganman umidim grantga krishi edi lekin uje umidimni uzdim xammasini rektorat xal qiladi magistrda shu un javob chiqishiga xam qiziqmayapman
Азиза Пардаевна
Хамма абитуриент балларини Расмга олиб,хисоблаб,кизимни урнини узим аниклаганман,Уша дафтарни эсдаликка олиб куйганман
Testga kirishdan oldin o'qishga kirgan yo kirmaganini biladigan umniy xalqmizdaaa🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️ pul bersak kirgan bo'lamiz yo'qsa teskarisi
Menimcha hali bósh chontaklar tólmaganmi
Hammaga maslahatim, oqishga topshirmaylar, undan kora til organiylar, chet elda bizda qladiga ishilarga 40 baravar koproq tolaydi, oliy malumotam kerakmas.
Qachon tólsa shunda chiqadi mandat shekilli
Farrux Tursunov
Dtm rahbarlarini ham almashtirish kerak xuddi futbol tizimidagidek qilib yangi xabarlar chiqsa e'lon qiling iltimos intizorlik bilan kutayapmiz!!!
Magistraturani xam shaffoflikka erishish kerak. Umuman olganda nima keragi bor magistrga imtixonni olaver xammani bakalavr òrniga magistrlar ishlaydi keyin
🌸🌸🌸
Shu vaqtgacha rostdan ham shunday bolib kelgan, kózim bn kórmagan bólsak ham, muntazam eshitib kelganmiz, "Magistraturga falon pul berib kiribdi, shuncha sóradi" shu kabi gaplar quloģimizga quyilib kelgan. Bu yilni endi gapirmasa ham bóladi. Magistratura imtihoni bolib ótgandan beri kózimiz tórt bólib kutyapmiz. 1-oktabrgacha natijalar e'lon qilinadi degan edi, bugun 3-sana. Hech bólmasa javobi chiqish sanasini tóģri aytinglar, nahot tayyor ballarni ilovadagi ballar bn qóshish shuncha qiyin bólsa😠😠😠
Òzi ijodiy imtihonda o'sha paytiyoq ball aniq edi buni e'lon qilish aksincha xech qanaqa vaqt olmaydi deb o'ylardim(
ASADBEK
Imtiyozlilar kirish balini korganizda oxiriga yozib qoyilganlarmi axir
E bu yozilganlardi Xushnudbek aka sizdan boshqa hech kim o‘qimasa kerak bitta jiyandi ko‘rdim javobi chiqmasdan bizdiki aniqku deb yuribti. Sizga raxmat Xushnudbek aka esdan chiqarmaganiz uchun.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi call center dagi telefon nomerni iltimos o'chirib tashlanglar. Baribir good'ok ketgani bilan, hech kim ko'tarmayapti.
Kadr yetishmaydi deyishadi bunaqa qilib oʻqiyman deganni sindirishganidan keyin kim oʻqiydi.ishga borsang ham vakansiyamiz yoʻq deb qaytarib yuborishadi.oʻqishga kirish bir muammo ishga kirish yana katta muammo.butun katta bir toshkentdan vakansiya topish mushkul.endi viloyatlarni aytamasangiz ham boʻladi.magistraturaga kirib ilmiy ish qilaman desangiz poraxoʻrlardan ortishmaydi
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
Qisqa o'ylamang O'zbekistonni donini yegan chumchuq qaytib kelgan oqish va izlanishdan charchamaslik kk
Show next 100 comments