Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Salom men 56.7 bal tuplagandi sirtqi kirish bali 69.5ekan super kantirakti necha baravarini tuleman
Ахтамова Хилола
Хаммалариз нимага коментда гапирасизлар факат?
Ta'lim tizimi enasinikiga 10 martalab kirib bo'lfan. Keyingi yili 11 marta bo'ladi
Assalomu alaykum Xushnudbek. Sizga savolim boredi tiibiyot institutiga ordinaturaga o'qishga kirgan talabalarning kontirakti o'rtacha 30 mln so'm. Haqiqatdan ham talabalarning o'qishi davomida 30 mln so'mlik xarajat bo'ladimi. Javobingiz uchun oldindan raxmat
Bakhodir
Qaysini bitirgansiz? Nega yana topshirdiz
Men Turinni bitirganman, men topshirganim yo'q ukamni natijasini kutyapman, Jismoniy tarbiya universitetiga topshirgan
Poyonova Lobar Texnologiya fani o‘qituvchi
Hamma bir xil o'ylayapdi o'rtada poraxo'rlik bo'lyapdi magester natijalariga
KO'M-18/3 Turdiboyeva Lobar
Sardor Khamidoof
Sen pedagogika institutiga kirib bolgansan kirganlar superga qabul qilinmaydi deyishdi
1-yo'nalish tanlash huquqi sizda Oliy ta'lim vazirligiga murojaat qiling
Xullas, 2×2=5
Tugadi. 🤣

Allohga shukr, yuqori ball to'pladim. Qolgani endi, shubhali mas'ullarimizga bog'liq. Umidimni uzmadim hali!
фитфилёнта коммент йозсегам дтмгаям давлатигаям похуй😆 бир копейкагеям омиди фойдас йо
Ijodiy imtihonlarni javobi juda kechikdi lekin ammoooo
Ordinatura bo'yicha savolimizga javob olamiz degan umiddamiz
Bu yangilik emas javobni kech chiqishi, pandemiya sababli online test o'tkazildi va shu sabligina to'plangan ballarni oldin bilish imkoni bo'ldi. Lekin oldin shuni bilish ham qiyn bo'lgan. Oldin imi-jimida kimdir bilib bilmay qolgan. Endi keng qamrovli qilib xalqqa e'lon qilishga qiynalishyapti "O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas".
Salom Jismoniy tarbiya yo'nalishlari javobi qachon chiqadi ukam topshirgan aytib yuboring iltimos
Ruslan
1 kurslarga dars qachondan
Bularni turtkilab turish kere, keyin g'izillab ishliydi
Umidni uzamiz chunki Xushnudbek aytganidek kechikdimi bu aniq o’yin bo’lyabdi yaxshigina bu aniq poraxorlar yili bo’ldi ollox kechirsin sizlarni boshqa gap yoq.
bu yerda javob olinmaydi, bu yerda faqat dardlar to'kib sochiladi )))
Ta'lim ta'lim deb jar solamiz hali u hali bu oʻzgarishlarni aytishadi halos undagi muammolar aytiladi ammo hal qilinmaydi bizga faqat adolat kerak maʼsullar hech boʻlmasa shuni taʼminlab bersa boʻlardi
Б. Бакибаев
Качон чикади баракат топгурлар...
Show next 100 comments