Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Ijodiy imtihon javoblari nega chiqmayapti deb institutga telefon qilganimda. Imtiyozi bor bollarni bali hisoblaniyapti deyishgandi. Nima imtiyozi bor bollar shunchalik ko'pmikin. 4 tadir 5 tadir. Hammada imtiyoz yoqku. Bu yerda boshqa gap borov menimcha...
Arzuv Kakabayev 2Z ped ps⭐
Ijodiy imtihonlarni Uzb boyicha 120mingdan ortiq Abiturent topshirgan bolsa bu oz midor emasku qancha kutish mumkin
EVEREST 3008
Nima bo'lgan taqdirda ham adolatli javob kutib qolamiz.
Magistratura imtixonlari javobi osha kuniyoq aniq bolgan bolsa, nega haligacha elon qilinmayapti. Deyarli bir oy boladi. Yana 4 kundan keyin
Rukhangiz BB
O'yin bo'lishini magistraturaga imtixon topshirayotgan paytim bilgandim. Men Navoiy Davlat Konchilik institutining magistratura bosqichiga imtixon topshirgandim 1-smenada 10:00da. Afsuski imtixon payti kompyuterlarimiz o'chib qoldi nazoratchilar butun shaharda svet o'chdi deyishdi lekin shaharda o'chmagan ekan. Mana shu hodisani o'zi katta o'yin bo'layotganidan dalolat emasmi🙄
zato osmonimiz musaffo
Muxirov Ravshan
Assalomu alaykum, men GulDUga magisterga imtohon topshirdim. Ba'zi men tanigan talabalar kompyuterda test topshirganimiz uchun kompyuterda bn 1000 dollorga gaplashib javoblarini olib yodlab 118 baldan to'plashdi. Iloji bo'lsa, test bo'lsin faqat dtmning o'zi olsin testni universitetdagilar aralashmasin. O'yin bo"lib ketdi
🦂🦂🦂.❤ :)
Yozgandan tolk yo iwonaverila
shu gap xama kometi orasida porlap turipti lekin 😁
Rukhangiz BB
Shuncha institut ARM sida gi kopyuterlardan foydalanardik hech unaqasi bo'lmagandiku
Магистратура учун ўтказилган тест синовларининг жавобларини ҳисоблаб чиқиш муаммо эмас. Чунки, жавоблар тестни ишлаб бўлгандан кейин дарров эълон қилинган. Назоратчилар томонидан рўйхатга олинган. Натижаларни Excel га жойлаб ҳисобланганда максимум 1 ҳафта ичида ҳамманикини ҳисоблаб чиқса бўлар эди.

Брифингда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигидан масъул шахс жавоблар 25-сентябрьдан кейин эълон қилинади деб айтган эди. Бугун эса 3-октябрь!

Қачондир эълон қилинса ҳам, бу натижаларга қанчалик ишонса бўлади? Ҳеч ким билмайди! Чунки барчаси мавҳум тарзда ўтказилди. Фақатгина ўзингизнинг натижангизни била оласиз.
Man ozimni topshirgan kunimni hisobga obman! Togri 22-da tugagan.lekin 2 hafta bolyaptiku
DTM xech nima demay kutayotgani bu, belgi, ishora, bu degani ishini xal qilmaganlar kilib xal qilib ketiylar sizlar uchun javoblar chiqarmay turummiz degani. Xalq bormayobdi shekilli DTM ni chuntagiga yetarli pul yig'ilmayobdi shekilli javoblarini chiqarmayobdi. Bu holatni kurib kollij davrim esimga tushdi, uqtuvchilar smester paytida Bo'lim boshlig'i jurnallli yopinglar achot topshiriylar desa, soqqani qilmagan o'qtuvchilar xali dars soati tugamagan deb NB larni kamchiligi bor bollarni ishini xal qilib bo'lishini kutardi.
Agar xamma kamchiligini xal qilib qilgan bulsa dars soati bulsa xam jurnalni yopvorardi😂
Rukhangiz BB
Nima bo'lganda ham adolatli haqqoniy javoblar kutib qolamiz.
Eee tortishgandan birortayam foydayo‘q.Oliy talimni endi ko‘rib turishimizmasu.avvaldan o‘sha o‘sha.
Yevropa bo‘lishimizga hali aaancha bor.
Rukhangiz BB
Man uzimni balimni bilganim bilan yonimda utirib ishlagan odamni balini ham yoki bilimi qanday ekanligini bilmaymanku
Malika Abduahadovna
Kechirasiz Boshqani balini bilmaysizku oshirilishi mumkin
Максимум 1 ҳафта кетади
Fayzullayev Javohir_CR.7
Chang tushgan shunga kechikdi deydi ular😁 bahonasi 1000 ta. Òzi boshqa imtihonlardan pul topa olmagan poraxòrlar ijodiy imtihonlarni kòzlab yurgadirda😡. Nima deb òylashga ham hayronsan nafsi hakalak otganlar bor hali ham. Shu xabarlardan keyin bahonasini aytishlari aniq.
Ikkinchi mutaxassislik boʻyicha qachon imtihon boʻladi biladiganlar boʻlsa ayting SamDUga
Show next 100 comments