Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Assalamu aleykum nega maktablarda oqish boshlanganu lekin litseylarda oqish boshlanmayapti. 2 kurslar bu yil bitiradiyi.
Sizdan iltimos xushnudbek shu masalani ham korib chiqin
Assalomu alaykum Xushnudbek siz konalda avtamabillar narxlari tòģirisida sud 2 oktabr kuni bòlib òtadi deb yozgandiZ. Shu haqda ham tòxtalsiz zòr bòlardi. Kòpchilikni qiziqtrayotgan mavzu bu. Raxmat
Men ba'zida bunaqa axmoqgarchiliklarni ko'rib afsuslanaman. Yana biz ko'krakni kerib rivojlanamiz deymiz-a!!! Ehhh essiz..... Ammo nima yoki kimlar hisobiga?! Agar yana shu ahvol bo'lsa..... Bilmadimov....
Jismoniynikini javobini
circiq ciqibdi mandatni ilibdi manimca fakultetlani ketma ket ciqararkanmiii deb yuribmiz
Ular bir bosa pul bergan talabalrni balini kotarb chiqishyapti shekili imthon natijalarini ozgartrb
Shunga kop vaqt ketyapti shekili
Imthon qilb shuncha odamni ovora qilb sabrini sinab umidvor qilishda nima foyda unda
Sardorbek Muxtorov
Qanday bilibdi shaxsiy maʼlumotda chiqibdimi j.tni mandatni
Rukhangiz BB
Nima bulayotgani Ollohga ayon. Korrupsiya bulyaptimi yoqmi unisi bizga qorong'u. Shundaylarga Ollohdan insof so'rab qolamiz. Ollohga havola qilishdan boshqa ilojimiz qolmadi
Anniq bir kunini aytsin mandat chiqishini hech bolmasa
Magistratura natijalari chiqishini yoki shu xaqida masullar aniq lo'nda javob berishlarini nega shuncha payt natija chiqmaganini va qachon chiqishini agar chiqsa shu soxada ishlayotganlardan talab qilamiz tezro aniq gap aytishsin
Aziza Narbayeva
Jismoniy madaniyat fakultetida o'yin bo'lyotgani aniq. O'zim ustida turib ushlamadim gumon iynomdan ayiradi. Lekin bugun ertalab zamon informatsion dasturida ko'rib anim bo'ldim. Namangan davlat universitetiga (jis. Tarbiya qizlar uchun)kirgizib qo'yaman deb 2000AQSh dollari olayotgan shaxsni ushlanganini ko'satishdi. Bu ushlangani hali qo'lga tushmagani qancha Xudo biladi.
Bechorani bir dushmani bor ekanda sotib beribdi😂😂
Baxtiyor Xudoyberdiyev
Бакалаврдан сокка килолмагач, бутун соккани магистратурадан олишга карор килибдида. Шефлар! соккани коп санаманглар булмаса шакиллаб колади.
Alloh insof bersin programma qilayotganlarga,javobiyam bor hali bularni
Alloh insof bersin! Birorta vijdonli hodim bordir OTV da...
Rukhangiz BB
Magistraturani natijalari nega kechikayotganligiga aniq sabab keltirishganida edi shuncha xunob bulib utirmagan bulardik yoki yomon gumon qilmagan bulardik aniq bir sabab aytishmagandan keyin korrupsiya deb gumon qilamizda. Ehhhh...,
Султанова.Ф
Assalomu aleykum. Men Samarqanddan man. Bu yil 3marotaba OTMga xujjat topshorishim. SamDCHTI: KOREYS,XITOY,ISPAN,YAPON TILI FILALOGIYASIGA TOPSHIRDIM. 94.7 ball oldim. O'tish balli esa 121. Super-kontrakt qilmiqchi man... Bu yil men topshirgan yo'nalishlarimga super-kontraktni 15barobar to'lash kerak ekan.
Show next 100 comments