Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Javob qachon chiqadi jismoniy madaniyat natijalari eʼlon qilinglar iltimos 🙏
Ijodiy imtixondi javobini chiqarila biz wunga qarab iw tutaylik iltimos
Boʻlmasa bizxam oʻqimasdan pul ishlashni boshlelikmi
Паризод
Afsuski bu yozganlarimiz shu yerda qolib ketadi.OTV yoki boshqalar eshitmaydi foydasiz
Bu javoblar qachon chiqarkana🥱🥱🤔🤔
Паризод
Dilshodbek
Bu javoblar qachon chiqarkana🥱🥱🤔🤔
Kimlarningdir kistasi to'lsa....
Султанова.Ф
10barobarini qanday to'layman deb o'ylayotgandim endi 15 barobarb buldi. Bu yil pandemiya sabab hamma pul masalasida juda ham qiynalgan. Kontratni kamaytirib superni oshiriyapti bu insofdanmi?! Baribir puli borlar o'qiyapti! Shu mavzuni yoritsangiz XUSHNUDBEK SIZDAN ILTIMOS
Султанова.Ф
Men 2nafar farzandni onasi man. O'zim uchun bolalarim kelajagi va tarbiyasi uchun o'qimoqchi man. Xujayinim fermerlar. Xechkimga sir emas bu yil fermerlarga og'ir keldi. Nega lgotalar faqat xarbiy bolalari uchun? Fefmerlar uchun emas?
Rukhangiz BB
OTV ga ham yo DTM aralashishi k.k yoki natijalarni hisob kitob qilish jarayonini onlayn yoritib borish k.k bundan boshqa chorasi bor deb o'ylamayman
Assalomu aleykum hurmatli Hushnudbek Mana kuni kecha ommaviy axborot vositalarida tibbiyot OTMlari bitiruvchilari va magistraturalari oʻqishga ruhsat berilganligi haqida gapirishmoqda. Lekin haligacha magistratura imtihonlari natijasi eʼlon qilingani yoʻq. 29-sentabrda boʻlgan brefingda 2.3 kunda eʼlon qilinadi deyilgan boʻlsada haligacha maʼlumot yoʻq. Oldingi matbuot kechasida 25-sentabrda uzogʻi eʼlon qilinadi deyilgandi.Hamma narsa tayyor boʻlsa nega eʼlon qilinmayapti.Shuni aniqlab berilar.oldindan kottakon rahmat
Begdullaeva M.
Magistratura javobini ku'tib ko'zimiz to'rt bo'ldi yu nahotki shunchalar qiyin diplom bali bilan aniq bo'lib turgan testini balini qo'shib kim kirgan va kirmaganini aniqlash...
Test Kompyuterda bolgan bolsa, ballarni hamma biladi, ballarga qarab kirdi kirmadi talaba deyish qiyin ish emas edi. Oʻyin bolayotgani aniq
Najmiddinov Qodirjon
Assalomu alaykum magistrlar
касбий ижодий имтихонлар натижаси качон чикади нимага банака чозиляпти
нимага бизнинг юртимизда хам толовли инситутлар йок хамма кийналиб бошка давлатларга пул толаб окишга киряпти
Shuxrat Boltayev
Порталга езиш керакмикан
Xullas soqqa qilishyapti. Bu oydinlashib qoldi
Assalomu alaykum yaxshimisila apellyatsiyaga bergandim faqat 1ta savolni belgilab yuboribman qanday qilib yana boshqa savolni apellatsiyaga berish mumkin.
Shuxrat Boltayev
Интернетнинг биронта сахифасида йук магистиратура
Rosa cho‘zdida Dtm ertaga hammani so‘kishiga qolib ketadi
Show next 100 comments