Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
ГУЛСАРА НУРМАНОВА
Assalomu alaykum gruppadagilar. Men bu gruppaga xozir qòshildim
Rostdan xam nega bunaqa kechikishi mumkin. Sabab bitta tanish bilishlani uyoqqa, bechara xechkimi yoqlani uyoqqa qilaverib adashib ketishyapgan.
ГУЛСАРА НУРМАНОВА
Bòlishi mumkin
*-*-*-*-*
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Sizga bitta savolim bor ozingiz bn boglanish juda qiyin bolyapti wuning uchun shu yerga yozayapman. Men bu yil Xorijiy til adabiyoti ingliz tili kunduzgi fakultetiga topshirdim Jaxon tillariga . 5 ta institutda 3 chini FarDU 4 chini Chirchiq pedagogika institutiga topshirgandim . Bilasiz bugundan boshlab test natijalari pdf varianti chiqyapti .Lekin wu ikkala insiyutda ham meni ism familiyam ham ID kodim ham chiqmadi .O'zim 160.8 bilan yiqildim. Wunga oydinlik kiritib bering naxotki meni wu institutlar ism familiyam chiqmasa😢😢😢😢😢😢
EVEREST 3008
*-*-*-*-*
Xushnud aka bormi ozi bu guruhda
Tegishli joyga murojat qilmadingizmi
Imtihon javobi haliyam chiqmadimi
Xushnudbek fikringizga 100 foiz qòwilaman. Faqat òyin ketayapti. Bechora abiturentlar taqdiri hech kimni qiziqtirmaydi
Xo‘p ijodiy imtihon topshirganlarni mandati cho‘zilishiga bahonasi tayyor ekan, lekin Magistraturaga imtixonlar online bo‘ldi-ku bali aniq. Diplom balini qo‘shib mandatini e'lon qilish nimaga shunchilik cho‘zilmadi..? Bunga mutasaddilar nima deb javob beryabdi..?
VARAHRAN
Assalom alaykum Xushnudbek aka
Singlim o'qishga topshirib kirolmadi 5-topshirgan yo'nalishiga 0.5 ball yetmayapti super kantrak qilsak buladimi?
Usha yunalishga kirgan va kirolmagan talabalar ruyxatida u yuq ekan nega kiritilmagan axir u 5 ta yunalishga yozganku
Agar xabarimni uqisangiz +998996686728 dagi telegramimga yozishizni iltimos qilaman 1,2 maslahatiz kk edi.
Assalomu aleykum Xushnudbek ayta olasizmi agarda abituriyent o'zi yashaydigan viloyatdan boshqa bir viloyatga o'qishga qabul qilingan bo'lsa shu abituriyent qay tarzda yo'l tutadi?
Ergashova Muxlisa
Assalomu alekum Xushnudbek aka 4 -oktabr bo‘lishiga qaramasdan hali ham magistraturani javoblari e‘lon qilinmadi .Shunchalik qiyinmi shuni javobini aytish mutasaddilarga .Iltimos qachon e‘lon qilinishini aniqlab bering
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka iltimos magistratura mandati haqida biror aniqlik kiritishga o‘zingiz yordam bering. Ko‘zimiz to‘rt bo‘ldi
Assalomu alaykum Xushnudbek magistraturaning javoblari qachon chiqadi shunga iltimos aniqlik kiriting
Yulduz Musayeva
💛 Vⓐⓩⓘ 💛
Assalomu alaykum Xushnudbek magistraturaning javoblari qachon chiqadi shunga iltimos aniqlik kiriting
Men xam shuni kutyapman shuncha abiturientning natijasini chiqarganlar nega endi ozchilikni tashkil qilgan magistraturaning javobini chiqazomasa a balki qandaydir o‘yinlar avj olayotgandur biz buyil onlayn xaqiqat bo‘lsa kk deb o‘ylo‘dik ming afsuuuuuuuuuus
Ha bu yil bakalavrlarni pul bn kiritish qiyin buldi shuning uchun hamma kuchini Magistratura bn ijodiy imtihonga yunaltirilgan bulsa kerak.
@otmga_qabul gruppasina o'tamiz Xorazmlila bormi? UrDU ga topshirganlar
Show next 100 comments