Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
💎Qalandarov Maxmudjon
Agar imkoni bólsa oddiy kantirakni tólab óqisam keyin ishga kirganimdan keyin 68 millionni tólasam bòladimii
EVEREST 3008
Barcha talabalar hammalarizga omad tilayman magistiraturaga birinchi bujetga kirdim toshkentga umidimni uzgandim lekin ishonch bor edi hammaga omad harakat qilishdan to'xtamanglar omad.
@Xushnudbek aka jismoniy tarbiya universitetini ijodiylari hali ham chiqqani yo'q, umuman bog'lanib ham bo'lmayabdi.
Ассалом алейкум Хушнудбек. Бугун магистратура имтихони жавоблари эълон килинди ва мен Давлат Гранди асосида талабаликка тавсия килиндим. Имтихондан кейин шуни айтишим мумкинки, факат ва факат коррупсиядан иборат булмади. Хакконийлик хам булди. Билими борлар укишга киришди. Барчага Рахмат
Salom Xushnudbek aka ba'zi oliygohlar yo'nalishlarida belgilangan grant miqdoridan kam o'rinlarni grant deb qabul qilingan. Masalan Samdu matematika da 30ta grant belgilangan (faqat grant) lekin 24- o'ringacha grant yozilgan. Keyingi 25-30-larning familiyasi to'g'risidan hech qanaqa izoh yo'q. Vaholanki ular mutaxassisliklardan 55%dan yuqori to'plashgan. Shuni izohlab bersangiz,iltimos! Bu birgina shu yo'nalishda emas qator boshqa yo'nalishlarda ham mavjud.
Assalomu aleykum xammaga bir savolim bor. Super kantrakt miqdori tasdiqlanibdi Xushnud akani gruxlarida ko'rdim. Men filalogiyaga topshirganman. U yerda ona tili va adabiyot tillarni o'qitish 8 barobar deb yozilgan lekin filalogiya va tillarni o'qitish(tillar bo'yicha) deb yozilgani xam bor ekan u 12 barobar ekan men qaysi biriga o'qiyman. Undan tashqari filalogiya va tillarni o'qitish gumanitar fanlarga kiritilgan ekan. Shu bo'yicha Xushnudbek aka tushuntirib yuboring. Shunga qiynalyapmiz.
Shunga maslahat bering Xushnudbek aka. Tushunmayapmiz. Ko'pchilik ikkilanyapdi.
Assalomu alaykum barchaga! Dolzarb savol bor: magistraturada maqsadli kvota bormi? Bor bo'lsa nega umuman hech qayerda e'lon qilinmadi? Hatto magistr.edu.uz platformasida ham bunaqa punkt yo'q edi. Endi oxirida "karta" larni ochishmi bu? Men Samdu matematikaga topshirgan edim. Kvotada 30ta grant yozilgan, men 30-o'rindaman. Lekin 1dan 24 o'ringacha grant yozilgan. 25dan 30 gacha hech qanaqa yozuv yo'q. Va eng qizig'i ro'yxatni oxiridan alohida varaqga maqsadli kvota deb alohida ro'yxat qilib 6ta grant belgilab olibdi. Qiziq a?
Xushnudbek aka shu masalaga ham e'tibor qarating, iltimos!!!
Madina
Qozgiston universitetiga topwirsa 2chi kursga perevod qganda imtihon böladimi yoki suhbatmi qiyn bömidimi
Xayrli oqshom! Magistraturaga maqsadli kvotaga qanaqa qilib topshirgan? Platformada bunaqa joyi yo'q ediku? Davlat qabul komissiyasining 2-sonli bayonida tasdiqlangan ekan, lekin bu 07.08.2020yilda tasdiqlangan vaholanki bu paytda qabul tugagan ediku? Shu haqida kimdir tushuntirish bera oladimi???
Uzr men boshqa gap aytmoqchidim Yuridik Texnikumlar 6chida tugadi lekin haliham javoblari chiqmadi qachon chiqishiham nomalum.shuni bilib beraolasizlarmi oldindan Raxmat
Azimova
Assalomu alaykum Xushnud aka meni Ismim Ozoda Azimova. Sizga bir savolim bor. Men shu yil Jurnalistika yo'nalishiga hujjat topshirdim va Qoraqalpoq respublikasida shu yo'nalishga 1 ball yetmadi. Ammo ommaviy axborot vositalari orqali 4 ball gacha yetmaganlar kantrakt asosida o'qishga qabul qilinadi deb e'lon qilinadi. Meni mandatimda esa hali ham o'zgarish yo'q.
Azimova
Shunga oydinlik kiritib bersangiz. Oldindan raxmat
Azimova
Xushnud aka Mani savolimga Javob bermadiz ku
Karashov Xidirboy
Azimova
Xushnud aka Mani savolimga Javob bermadiz ku
Assalomu aleykum Xushnudbek aka men 3 kurs talabasiman hozir darslarim onlayn oqiyapman maktabda ham oqituvchi bolip vaqtincha ishlayapman.OLgan maoshimni qaytarib tolashim mumkinmi?