Магистратурада танланган мутахассисликни ўзгартириш мумкинми?

#abituriyent

Жуда кўпчилик айни шу савол билан мурожаат қилмоқда. Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Фархад Бабашев брифингда тушунтириш берган эди.

Агар сиз magistr.edu.uz портали орқали рўйхатдан ўтган бўлсангизу, лекин маълум сабабларга кўра, танлаган мутахассислигингиз ёки ОТМни ўзгартирмоқчи бўлсангиз, унда қуйидаги усулни қўллашингиз керак бўлади:

1) рўйхатдан ўтишда танлаган ОТМга мурожаат қиласиз;
2) ОТМ масъуллари базадан сизнинг аризангизни ўчиришади;
3) ана шундан сўнг, сиз яна қайта magistr.edu.uz портали орқали бошқа мутахассисликни танлашингиз мумкин бўлади.

❗️Илтимос, онлайн рўйхатдан ўтиш жараёнида мутахассислик танлаётганда сал ҳушёрроқ ва эътиборлироқ бўлинг, таваккалига ёки беэътиборлик билан танлаб, кейин ўзингизни ҳам, ўзгаларни ҳам овора қилиб қўйманг.


👉 @xushnudbek 👈

331 comments

Show 100 more comments
Begijon Qodirijoniy
O‘zi aslini olib qarasangiz Kollej diplomi bilan ham kattakon bo‘lishingiz mumkin uncha-muncha tashkilotda. Ammo... yozilmagan qoidalar ham bor. Bu birinchidan. Ikkinchidan esa, magistraturaga ilmiy ish qilmoqchi bo‘lganlar topshiradi ko‘proq. Uchinchidan, qo‘shimcha diplom zarar qilmaydi. Masalan o‘zi TATUni bitirgan bo‘lsayu, o‘zi ishlayotgan tashkilotga yurist bo‘lmoqchi bo‘lsa 2-mutaxasislik qilib hujjat topshirmasdan, magistraturani o‘qib qo‘yadi 2 yil
Yurist bolib ishlagisi kelsa TYUni qoshida oliy malumotli kadrlarni tayyorlash kursi bor yuristlikka.6oy o'qiydi sertifikatini oladi.ozi ishlaydigan korxonani yurist bo'limida ishloradi yurist bolib.magistraturada oqish shart emas.Siz aytgande ilmiy ish qimoqci bolsa yoki yurist sohasi boyica pedagog bomoqci bolsa cunsa boladi.lekin karyera qilaman degan odamga umuman kerak emas magistratura diplom.6oy o'qib yurist bolsa boladi
Shohruh Sariyev
Sherzod Samatov
Oʻsha OTM ning magistratura boʻlimiga
Siz qaysiga topshirmoqchisiz
_O_t_a_b_e_k_
Ariza holati : Tekshirilmoqda xujjatlar qabul boʻldimi yoki boʻlmaydimi
Tekshirilmoqda dedimi demak sizni xujjatiz tasdiqlandi böladi.
Agar olmaganda birdaniga rad etildi degan yozuv chiqar edi.
Tekshirilmoqda degan yozuv ancha vaqt turadi, tasdiqlandiga ozgaradi azgina vaqtdan keyin
Бобур Абдурахмонов
𝒱ℴ𝒽𝒾𝒹ℴ𝓋𝒶 𝒟𝒾𝓁𝒻𝓊𝓏𝒶
Haa davno tushgandi . Endi Avgust oyi tushadi 4 Yoki 5 avgustlarda
Ha rahmat. UzMU grantman 5 ga yopganman. Lekin tushmayapti😤😤😤
Бабаева Шохида
ассалому алайкум Новоий педогогика институтидан Жохон тиллари университетига перевод килса буладим тош прописка
Moliya institutiga
Assalomu alaykum Xushnud aka! Magistraturaga kirish imtihonlari belgilangan muddatda bo'lib o'tadimi yoki karantin uzaytirilganligi sabab noma'lum muddatga qoldiriladimi?? Oldindan rahmat!
tel qilsam kotarmadi.
dtm ham ko'tarmadi
moliya instituti ham.
mana senga ishlash.
lekin tekshirilmoqda degani 50%ku
Xushnud aka man chet tili qilib ingliz tili belgilagandim magistraturaga lekin tekshirilganidan so'ng nemis tili qilib qòyishibdi. Man psixologiya bakalavrni nemis tili guruhiga òqiganman. Imtihonga qaysi tildan test yechaman.
Azizbek Egamberdiyev
Assalomu aleykum magistraturaga ariza topshirgandim 24-kuni yuborildi bo'lib turibdi qabil qilindi yoki boshqa javob yo'q, iltimos Xushnud aka mana shunaqa muammolarni yechimiga yordam bering.
Show next 100 comments