❓Кимё ва биология, информатика ва ахборот технологиялари йўналишини “қизил”га битирганлар магистратурага имтиҳонсиз кирадими?
#abituriyent

✅ ЖАВОБ: Ҳа, улар имтиҳонларсиз тўлов-контракт асосида қабул қилинади.

2020 йил 12 августдаги ПҚ-4805-сонли Президент қарори билан ОТМларнинг кимё ва биология таълим йўналишлари бўйича имтиёзли дипломга эга бўлган битирувчилари мазкур ОТМларнинг магистратура мутахассислигига қўшимча имтиҳонларсиз тўлов-контракт асосида қабул қилиниши белгиланган.

2020 йил 6 октябрдаги ПҚ-4851-сонли Президент қарори билан эса ОТМларнинг информатика ва ахборот технологиялари билан боғлиқ таълим йўналишлари бўйича имтиёзли дипломга эга бўлган битирувчилари мазкур ОТМларнинг магистратурасига кириш имтиҳонларисиз тўлов-контракт асосида қабул қилинади, дейилган.

Талабалардан шу бўйича саволлар келиб тушаётганлиги учун, мазкур масалага ойдинлик киритиш мақсадида Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан боғландик ва тегишли тушунтириш олдик.

Демак, ушбу имтиёзлар жорий йилдан амалга киритилади. Тартиби қуйидагича бўлади:

1️⃣ кимё ва биология, информатика ва ахборот технологиялари йўналишини имтиёзли дипломга эга бўлган талабалар ўзлари тугатган ОТМ магистратурасининг тегишли мутахассислигига ҳужжат топширади;

2️⃣ сўнгра улар белгиланган тартибда имтиҳонга киришади. Чунки юқоридаги имтиёзлар фақат тўлов-контракт асосида ўқишга кириш имкониятини беради холос. Ваҳоланки, ўша абитуриент балки ўз кучи билан давлат грантига ҳам кириши мумкин. Шу сабабли уни бундай имкониятдан маҳрум қилиш мантиқсизлик бўлади;

3️⃣ абитуриентнинг имтиҳон натижасига қаралади. Агар у давлат грантига кирган бўлса, унда давлат гранти асосида ўқийди ва ўз-ўзидан Президент қарорида белгиланган имтиёз қўлланмайди. Агар у тўлов-контрактга кирган ёки умуман имтиҳондан йиқилган бўлса ҳам, Давлат қабул комиссиясининг қарори билан у ўша магистратура мутахассислигига тўлов-контракт асосида қабул қилинади, яъни унга имтиёз қўлланади.

P.S.: ҳозир шу маълумотларни ёзиш асносида бошқа бир нарсани ўйлаб қолдим, ушбу имтиёз қўлланганда абитуриент квота ичида қабул қилинадими ёки қўшимча квота биланми? Президент қарорида қўшимча квота дейилмаган, демак катта эҳтимол билан улар квота доирасида қабул қилинади. Яна ҳам бу масалага аниқлик киритишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

214 comments

Show 100 more comments
Ilhom To'rayev
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Men Universitetni 1 - kursini tamomladim yana xujjat topshirmoqchiman hujjat topshira olamanmi 2021 yilda Iltimos shu savolimni Sardor aka Rajabovdan so'rab bering oldindan raxmat
Ахмеджонова
Ассалом алейкум бу йил дтм кандай узгаришлар болади ?
O‘zbekiston milliy universitetida Inson resurslarini boshqarish yo'nalishida magistraturaga 2020-2021 - O‘quv yilida birinchi marotaba qabul amalga oshirildi.

Yakunlangan O‘quv yilida Inson resurslarini boshqarish yonalishi magistraturasiga xujjat topshirganlar va talaba bo‘lganlar ichida bakalavriyatda turli yo'nalishlarda o‘qiganlar bor edi. Masalan Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha, kadrlar menenjmenti, Ingliz tili, huquq, ChXT, Fizika, Pedagogik psixologiya, Defektologiya, Bank ishi va Moliya va yana boshqalar.

Bunday xilma xillik o‘quv jarayoniga faqatgina ijobiy ta'sir qildi, dunyoqarashimizni boyitdi. Fikrlar va qarashlar xilma-xilligi keyslar va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilishni osonlashtiradi. Chunki biz har xil soxa bilimdonlari dan tuzilgan zakovat jamosiga o'xshaymiz.

Asosiysi, jamoamiz a'zolari HRni faoliyatining keyingi yo‘nalishi sifatida belgilagan, o'zgarishlardan qo‘rqmaydigan va yordam berishga tayyor insonlardir. Nazarimda, HR uchun bu asosiysi.

Kelayotgan O‘quv yilidan esa Inson resurslarini boshqarish yonalishiga faqat moliya-iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari qabul qilinar ekan.

Abituriеntda xujjat topshirgan yo‘nalishida davom etish yoki etmaslik haqida qat'iy qaror shakllanishi uchun kamida 6 oy shu yo‘nalishda o‘qib ko‘rishi kerak. Chunki u hali karyera yo'nalishini belgilash darajasida voyaga yetmagan. Insonlar asosan 25 yoshdan keyin qalb kasblarini topadilar.

Bizning Oliy O‘quv yurtlarimizda foundation year yoki mutaxassislikni o‘zgartirish imkoniyati keng bo'lmaganiga yarasha, magistratura uchun qabul, turli mutaxasisliklardan ham ochiq bo‘lishini saqlab qolish kerak edi.

Bu magistratura, unga ushbu soxaga chuqur qiziqqan, ilmiy va pedagogik faoliyatni amalga oshirish niyatida bo‘lgan talabalar saralab olinishi kerak.

Turli mutaxasisliklardan qabulni cheklamaslik raqobatni oshirishga va eng yaxshi larni saralab olishga imkoniyat yaratadi.

Balki oliy ta‘lim vazirligida Inson resurslarini boshqarish yo‘nalishi qabul parametrlarini ishlab chiqish chuqur o‘ylanmagandir, balki moliya va iqtisod o‘zi yetarli deb xisoblangandir.
Ammo bir o‘quv yili davomidaga kuzatuvlarim natijasida shuni ayta olamanki, inson resurslarini boshqarishda polyglot tilchi, ijtimoiy ishchi, dasturchi, defektolog, pedagog, matematiklar ham juda kerak.
Haqqoniy oltin medal qizil diplom olgan odam. Ekzamendga ham kirib 2 soat vaqt sarflashi mantiqsizlikda siz uchun. Chunki uning 2 soati ham qimmatliku. Agar haqqoniy bo'lsa kirib hak isbot qilib chiqib biladi
Амалий фанларга хужжат топширсак..2-5 отмлар чиқмаяпти, шунга ойдинлик киритайлик илтимос
Мухаммадали
Ассалому алекум хушнуджон ука нимага факат кизил диплом бн тугатган битирувчиларга хеч канака кушимча лигота йук ешларни укишга булган иштиекларини сунмайдими хеч Ким бу саволди кутармайди ахир акадик лицей битирувчиларига умуман этибор йук Ким качон бу масала курилади
Амалий фанларга хужжат топширсак..2-5 отмлар чиқмаяпти, шунга ойдинлик киритайлик илтимос
Durdona Yuldashova
O‘zbekiston milliy universitetida Inson resurslarini boshqarish yo'nalishida magistraturaga 2020-2021 - O‘quv yilida birinchi marotaba qabul amalga oshirildi. Yakunlangan O‘quv yilida Inson resurslarini boshqarish yonalishi magistraturasiga xujjat topshirganlar va talaba bo‘lganlar ichida bakalavriyatda turli yo'nalishlarda o‘qiganlar bor edi. Masalan Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha, kadrlar menenjmenti, Ingliz tili, huquq, ChXT, Fizika, Pedagogik psixologiya, Defektologiya, Bank ishi va Moliya va yana boshqalar. Bunday xilma xillik o‘quv jarayoniga faqatgina ijobiy ta'sir qildi, dunyoqarashimizni boyitdi. Fikrlar va qarashlar xilma-xilligi keyslar va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilishni osonlashtiradi. Chunki biz har xil soxa bilimdonlari dan tuzilgan zakovat jamosiga o'xshaymiz. Asosiysi, jamoamiz a'zolari HRni faoliyatining keyingi yo‘nalishi sifatida belgilagan, o'zgarishlardan qo‘rqmaydigan va yordam berishga tayyor insonlardir. Nazarimda, HR uchun bu asosiysi. Kelayotgan O‘quv yilidan esa Inson resurslarini boshqarish yonalishiga faqat moliya-iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari qabul qilinar ekan. Abituriеntda xujjat topshirgan yo‘nalishida davom etish yoki etmaslik haqida qat'iy qaror shakllanishi uchun kamida 6 oy shu yo‘nalishda o‘qib ko‘rishi kerak. Chunki u hali karyera yo'nalishini belgilash darajasida voyaga yetmagan. Insonlar asosan 25 yoshdan keyin qalb kasblarini topadilar. Bizning Oliy O‘quv yurtlarimizda foundation year yoki mutaxassislikni o‘zgartirish imkoniyati keng bo'lmaganiga yarasha, magistratura uchun qabul, turli mutaxasisliklardan ham ochiq bo‘lishini saqlab qolish kerak edi. Bu magistratura, unga ushbu soxaga chuqur qiziqqan, ilmiy va pedagogik faoliyatni amalga oshirish niyatida bo‘lgan talabalar saralab olinishi kerak. Turli mutaxasisliklardan qabulni cheklamaslik raqobatni oshirishga va eng yaxshi larni saralab olishga imkoniyat yaratadi. Balki oliy ta‘lim vazirligida Inson resurslarini boshqarish yo‘nalishi qabul parametrlarini ishlab chiqish chuqur o‘ylanmagandir, balki moliya va iqtisod o‘zi yetarli deb xisoblangandir. Ammo bir o‘quv yili davomidaga kuzatuvlarim natijasida shuni ayta olamanki, inson resurslarini boshqarishda polyglot tilchi, ijtimoiy ishchi, dasturchi, defektolog, pedagog, matematiklar ham juda kerak.
Gapingizga qo'shilaman. Man ham boshqa yunalishni bitirib boshqasiga topshirganman. Yunalishlarni turli tumanligi o'qishimizga ijobiy ta'sir ko'rsatdi
Мухаммадали
Темурийлар мактаби вайенилар болалари спортчилар Темир дафтарга киритилганлар факат лицейди кизил бн тугатганларни нимага шунака имтиезларга кушмайдилар хатто кизларга тавсияномалар хам кушимча имтиез бор лекин укиган кизилга битириб хеч канака имтиез кушилмаслиги бу ноинсофсизликмасми шу йил зам шу масалани кутарсинлар
Assalomu alaykum man hozir met texnikumga oqiyman hozir oqiwga hujjat topwirsam metdan attesleniya bolib ketamnmi
Ham texnikum ham institutga oqisam boladimi
Agar oqiwga kirsam
Show next 80 comments