“Hokim kubogi qachon oʻtkaziladi?”
Dastlabki nizomga koʻra Xorazmning 13 ta tuman va shaharlarida “Viloyat hokimi” olimpiadasi oʻtkazilishi belgilangan edi. Bu vazifa 100% bajarildi
✅Alohida, faqat gʻoliblar qatnashadigan (futboldagi “chempionlar ligasi” kabi) “Hokim kubogi” rejadan tashqari, ya’ni qoʻshimcha tashabbus edi. Buni viloyatimiz hokimiga yetkazdim va hokimimiz qabul
qildilar. Yanvar oyining 2-yarmida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Uning qanday tartibda oʻtishi va taqdirlash masalalari endi ishlab chiqilmoqda. Shunisi aniqki, faqatgina 13 ta turda oʻtgan olimpiada gʻoliblari va
@khiso_khorezm tomonidan oʻtkazilayotgan olimpiadalarning gʻoliblari qatnasha oladi. Shu vaqtga qadar navbatdan tashqari olimpiadalarni (qaysidir ma’noda “Hokim kubogi” uchun qoʻshimcha saralash desak boʻladi) faqatgina matematika fanidan oʻtkazib kelayotgan edik. Masalan,
7-yanvar kuni navbatdagisi boʻlib oʻtadi va unda gʻolib boʻlgan 5-6-7-8 sinf oʻquvchilariga ham “Hokim kubogi”da qatnashish imkoniyati beriladi.
Nima deysiz, “hokim kubogi”dan oldinroq
fizika, kimyo va biologiya fanlaridan qoʻshimcha saralash oʻtkazaylikmi? Fikringizni izohda qoldiring. Umuman olganda qoʻshimcha takliflaringiz boʻlsa ham qoldirishingiz mumkin. Zero “Maslahatli osh tarqamas”
😉Hokim olimpiadasi haqida koʻrsatuvdan havola: 📹 https://youtu.be/ZTUWBo5PSJw?si=EZl5PP42KREdOA3j