“Hokim kubogi qachon oʻtkaziladi?”

Dastlabki nizomga koʻra Xorazmning 13 ta tuman va shaharlarida “Viloyat hokimi” olimpiadasi oʻtkazilishi belgilangan edi. Bu vazifa 100% bajarildi ✅

Alohida, faqat gʻoliblar qatnashadigan (futboldagi “chempionlar ligasi” kabi) “Hokim kubogi” rejadan tashqari, ya’ni qoʻshimcha tashabbus edi. Buni viloyatimiz hokimiga yetkazdim va hokimimiz qabul qildilar. Yanvar oyining 2-yarmida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Uning qanday tartibda oʻtishi va taqdirlash masalalari endi ishlab chiqilmoqda. Shunisi aniqki, faqatgina 13 ta turda oʻtgan olimpiada gʻoliblari va @khiso_khorezm tomonidan oʻtkazilayotgan olimpiadalarning gʻoliblari qatnasha oladi. Shu vaqtga qadar navbatdan tashqari olimpiadalarni (qaysidir ma’noda “Hokim kubogi” uchun qoʻshimcha saralash desak boʻladi) faqatgina matematika fanidan oʻtkazib kelayotgan edik. Masalan, 7-yanvar kuni navbatdagisi boʻlib oʻtadi va unda gʻolib boʻlgan 5-6-7-8 sinf oʻquvchilariga ham “Hokim kubogi”da qatnashish imkoniyati beriladi.

Nima deysiz, “hokim kubogi”dan oldinroq fizika, kimyo va biologiya fanlaridan qoʻshimcha saralash oʻtkazaylikmi? Fikringizni izohda qoldiring. Umuman olganda qoʻshimcha takliflaringiz boʻlsa ham qoldirishingiz mumkin. Zero “Maslahatli osh tarqamas”😉

Hokim olimpiadasi haqida koʻrsatuvdan havola: 📹 https://youtu.be/ZTUWBo5PSJw?si=EZl5PP42KREdOA3j

18 comments

Show 7 more comments
Assalomu alaykum menimcha barcha fanlardan saralash bolgani maʼqul. Chunki boshqa oʻquvchilar biz qatnashmadik-ku deb hafa boʻlib qolishlari mumkin. Lekin bu mening fikrim holos.
Assalomu alaykum.Saralash bo'lgani yaxshi, 9- sinflar uchun ham saralash qilish kerek imkoni bólsa
9 sinflarni ham qatnashtirish kerak alohida qilib bo'lsa ham ular ham kutyapti
Yangiboyeva Yulduz
Assalomu alaykum Sardor Bozorboyeva.7-yanvar kuni boʻladigan oflayn olimpiadaga oʻquvchilarimni bugun roʻyxatdan oʻtirdim.akkaunt yozadigan joyi boʻsh qoldi.zalali yoʻqmi.oldindan raxmat.
Muharrama
Assalomu alaykum 9-sinflar uchun ham alohida saralash bo'ladimi
Уткир😏😏😏🍀 Матякубов
Ha albatta juda yaxshi bo'lardi
Уткир😏😏😏🍀 Матякубов
Ha albatta yaxshi bo'lardi
Kimyo fanidan 7 va 8-sinf oʻquvchilariga alohida oʻrin berilsa yaxwi boʻlardi
Каримов Шохрузбек
Kimyo fanidan 7-8 sinflarga ham saralash o'tkazilsa yaxshi bo'lar edi
Ассалому алайкум. Тупроккалъа ютук пулларини 12 фоиз ушлаб колган холда уткизиб берганини нега хечким назоратга олмаяти ?