Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби тасдиқланди

Кеча Халқ таълими вазирлиги ҳузурида тузилган Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби аъзолари йиғилиши бўлиб ўтди.

Жамоатчилик кенгашнинг раиси этиб Қоракўл Халқаро математика мактаби директори Темурқул Рўзиев сайланди.

Блогер Исроилжон Тиллабоев Жамоатчилик кенгаши раиси ўринбосари этиб, халқ таълими вазирининг маслаҳатчиси Насиба Мамараимова Кенгаш котиби бўлди.

Жамоатчилик кенгашининг режаларини белгилашда жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида @XTVjamoatbot ташкил этилди, мазкур бот орқали сиз ҳам ўз таклифларингизни йўллашингиз мумкин.

P.S.: Жамоатчилик кенгаши таркибига мени ҳам қўшишди. Умид қиламанки, мазкур кенгаш номига эмас, балки халқ таълими соҳасини ривожлантириш учун амалда фойдаси тегадиган фаолият олиб боради.


👉 @xushnudbek 👈

111 comments

Show 37 more comments
Shahnoz
Isroil Tillaboyev tanlovi juda togri bolibti
Kiritilgan taklif va fikrlarga javob qancha muddatda keladi
Assalomu alaykum. Balki tarkib o'zgarishi yaxshi tarafgadur. Sizdan va boshqalardan shuni iltimos qilardim darsliklarni qisqartirmaslikni. Mavzu murakkab va qisqa o'quvchi tishunishi uchun juda qisqa.2000 yildagi biologiya botanika kitoblarda mavzu tushunarli yoritilgan.Hozir terib terib yozilgan bolaga tushunarsiz.O'shakitoblar qaytsa yaxshi bo'lardi. Yangi nav zotlarni qo'shimcha qilib yozib qo'ysa bo'ladi.Bu meni fikrim.Boshqa fanlar ham xuddi shunday.
Юсуф Жабборов
1-rasmda turgan kishini (ismini yozgim kelmadi) nimaga qo‘shgan o‘zi.
Odamlar o'zgaryapti,lekin o'simliklar hayoti o'zgarmayapti menimcha.Biz o'qigan kitobda saksovul o'simligi buta edi.Buni qarangki 11 yil o'tib saksovul daraxt deb yozyapti.Qaysi biri to'g'ri desak oxirgisi..

Men faqat sizni kanallingizni kuzatib boraman.Sizfan iltimos qilardim. Kitob chiqarayotganlarni yozayotganlarni ham bir ko'tarsayiz.
Севара Шавкатовна
Дарсликларни тузишда мактабда 30 йил ишлаган педагогларни жалб килиш керак. 3 чи синф математика дарслиги билан умуман ишлаб булмайди.
Севара Шавкатовна
Бошлангич синф укитувчиси бочора 13, 14 соат дарс билан колди. Фанлар кискартириб ташлани, келиб, келиб билимдан эконом киласизларми пулни. Ээээ, хуллас таълим улди.
@Xamidov Murodjon
Ikkita vallomat 1-2 rasmdagilar umuman notoʻgʻri. Biror marta fan taʼlim sogʻliqni saqlash toʻgʻrisida biror bir taklif bilan shijoat bilan chiqqanini koʻrmaganmiz. Umuman notoʻgʻri tanlov. Xushnud, Buxorolik yosh direktor, Alisher, Tillabayevlar juda zor tanlov bõlibdi. Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki Pedagoglar maqomi toʻgʻrisidagi qonun jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilib otibam boʻldi qachon shu qonunni senatga opkirasizlar, Senat ham oʻziga kerakligini tasdiqlaydimi yoki. Jamoatchilik kengashi shu masalada javob berishsinchi.
Nilufar Tojibоyeva
Салом Хушнудбек Мавзудан чекинганим учун узр Захарланиб вавот этган деб тахмин к,илинган бешта талаба хак,ида нима учун хеч к,андай малумот берилмади Орадан бир ой вак,т утдику
Khalilov Nusratillo
Табриклаймиз Хушнудбек, ишларингизни ривожини берсин ! Кенгаш таркибига Сизни қўшилганингиз - мазкур кенгаш номига эмас, балки халқ таълими соҳасини ривожлантириш учун амалда фойдаси тегадиган фаолият олиб боришидан далолатдир, Худо ҳоҳласа!
Kamol R
Алишер Кодировни ким кушти🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
Oylik ko'tarilami desak dars kamayib tushib ketdi. O'quv kurslari shunchalik ko'payib ketdiki oyligi 5-6 mlngacha bor.Maktabni ham shuncha qilsa o''qituvchi o'z ustida ishlaydida. 1 mln olsagu avans oylikda garonadan odam kelsa,garonani boqaylikmi,moliyanimi,oilanimi boray deysizda.Boriga shukr albatta. Harbiyni ham,Professorni ham,gadoni ham o'qituvchi o'qitgan.O'quv kurslarini yopib tashlash kerak o'zi. Pul to'lagani uchun. o'qiydi. Maktab bilimi bilan kirsa edi maktabni qadriga yetardi.
Abduraimova G
Isroil Tillaboyev va Xushnudbek akalardan ta'limga oid takliflarimiz natijasini kutsak bo'lsa kk. Boshlang'ich ta'limda 16 soat stavka qilinadi deb qaror chiqib qoldiyu negadir imzolanmay amalga oshmay qoldi mana shu masalaga e'tibor qaratilsa ko'pgina boshlang'ich sinf ustozlari minnatdor bo'lar edi.
Xullas Xushnudbek aka sizdan boshqa tilga olgulik ish qilgan biron fidoyini koʻrmadim!!!
Alisher Qodirovga balo bormi, yoki kengashniyam nomiga tuzganmisizlar
Aka siz ham anchadan beri bu sohani yahshi bilasiz sizdan ham bir yangi fikr yangi gʻoyalarni koʻraylik.Alisher Qodirov notoʻgʻri tanlov
Sport yoʻriqchilariga 20% ustama qachondan berilar ekan
Dilmurod
Talim sohasida shuncha yil ishlab vazirlik tarkibida bunday kengash borligini hozir bildim. Bu kengash ham huddi maktablardagi kasaba uyushmasi bir xil vazifasini bajarsa kerak. Rasmiyatchilik uchun tashkil qilingan. chindan mavjudligini yig'ilishlar hisobotini o'qigan paytdadagi bilamiz. Alisher Qodirovni bu kengash tarkibida ko'rish bu kengash borasidagi eng kichik umidlarni ham yo'qqa chiqardi
Maktab o'qituvchilarini oyligini 500$ ga ko'tarish kerak. Shundagina talimda siljish yaxshilanadi va o'qituvchilar ham sidqidildan ishlaydi. Hozirda o'rtacha 200$ oylik olishadi va qoshimcha boshqa ish qilishadi o'qituvchilar. Erkak kishi 200$ bilan oila boqa olmaydi. Shundagina maktablarda ham erkak o'qituvchilar ko'payar edi. Hozirda maktablarning 80% o'qituvchisi ayollardan iborat. 500$ oylikni berish kerak shunga yarasha talab ham qo'yish kerak. Hammamiz Uzbekistan uchun yonib yashashimiz kerak. Yozlar bu bizlarning kelajagimiz.
Show next 53 comments