​Roʻyxatga olish yakunlari haqida maʼlumot

Kecha, 21-fevral kuni, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzolik uchun zakovat.tv sayti orqali onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi.

✅ 10 kun davomida jami 13 043 kishidan arizalar kelib tushdi. Ularning 6307 nafari (48,4%) oliy taʼlim muassasalari talabasi, 4771 nafari (36,6%) ishchi-xizmatchi, 791 nafari (6,1%) vaqtincha ishsiz, 583 nafari (4,5%) maktab oʻquvchisi, 295 nafari (2,3%) kollej, akademik litsey yoki texnikum oʻquvchisi, 255 nafari (2%) abituriyent hamda 41 nafari (0,3%) pensionerlardir.

📍Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, arizalar taqsimoti quyidagicha koʻrinish oldi:

Toshkent shahri – 3761 nafar;
Toshkent viloyati – 1257 nafar;
Samarqand – 1054 nafar;
Qashqadaryo – 1026 nafar;
Fargʻona – 1004 nafar;
Andijon – 791 nafar;
Buxoro – 672 nafar;
Jizzax – 657 nafar;
Namangan – 557 nafar;
Xorazm – 525 nafar;
Surxondaryo – 503 nafar;
Navoiy – 491 nafar;
Sirdaryo – 418 nafar;
Qoraqalpogʻiston– 327 nafar.

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish maqsadida jami 11 111 nafar talabgor ariza topshirdi. Shuningdek, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

❗️Keyingi bosqichda yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar oʻrtasida intellektual kasting oʻtkaziladi. Bundan maqsad eng avvalo ularning bilimlarini sinash boʻlsa, ikkinchidan ularni 6 kishilik jamoalarga birlashtirishdir.

Jamoa boʻlib ariza yuborganlar oʻrtasida kasting oʻtkazilmaydi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri breyn-ring turnirida ishtirok etishadi.

Toshkent shahri hamda hududlarda intellektual kasting oʻtkazish sanasi, joyi va tartibi tez orada eʼlon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Kanalimizga obuna bo'lish:
➖ @zakovat

169 comments

БУка
salom
Bizam qatnashmoqchimiz
Qatga ariza topshirish kere
Assalomi aleykum Ariza topshirish yakunlandiku
Ариза топшириш якунланди
Bir savolim bor: yakka tartibda ro'yxatdan o'tganlar online saralanadimi?
Viloyatlarda ham kasting o'tkaziladigan bo'lsa tartibi qanday bo'ladi va eng muhumi shaffoflik taminlanadimi ?
Saralshlar qachon boladi
Yulduz Jo'rayeva
Online kasting qilishni ilojisi bormi uyda yosh bolalilar borisholmaydida
Endi qatnasha olmiymizmi
Ariza topshirish yakunlangan bolsa
Men maktab o'quvchisiman. Agar kasting online bo'lsa menga ham yaxshi bo'lar edi. Darslarim ko'p
.
Endi qatnasha olmiymizmi
Menimcha yo'q
Keyingisida oldinroq harakat qilasz endi
Eee14 yowlilayam qatnawadimi
Navoiydan ariza topshirgan brat va bratkala sapiens0106 ga yozinglar telegramdan. Jamoa tuzamiz.
Keyingisi qachon boladi
Muhammadali
Eee14 yowlilayam qatnawadimi
Ha hamma qatnashishi mumkin. Men ham 15 yosh ariza topshirdim
Metrkazni seriya raqamimi nimanidir kiritish kerak edi
Boldiya endi ilojisi yo'q a qatnashishni
Show next 100 comments