​Roʻyxatga olish yakunlari haqida maʼlumot

Kecha, 21-fevral kuni, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzolik uchun zakovat.tv sayti orqali onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi.

✅ 10 kun davomida jami 13 043 kishidan arizalar kelib tushdi. Ularning 6307 nafari (48,4%) oliy taʼlim muassasalari talabasi, 4771 nafari (36,6%) ishchi-xizmatchi, 791 nafari (6,1%) vaqtincha ishsiz, 583 nafari (4,5%) maktab oʻquvchisi, 295 nafari (2,3%) kollej, akademik litsey yoki texnikum oʻquvchisi, 255 nafari (2%) abituriyent hamda 41 nafari (0,3%) pensionerlardir.

📍Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, arizalar taqsimoti quyidagicha koʻrinish oldi:

Toshkent shahri – 3761 nafar;
Toshkent viloyati – 1257 nafar;
Samarqand – 1054 nafar;
Qashqadaryo – 1026 nafar;
Fargʻona – 1004 nafar;
Andijon – 791 nafar;
Buxoro – 672 nafar;
Jizzax – 657 nafar;
Namangan – 557 nafar;
Xorazm – 525 nafar;
Surxondaryo – 503 nafar;
Navoiy – 491 nafar;
Sirdaryo – 418 nafar;
Qoraqalpogʻiston– 327 nafar.

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish maqsadida jami 11 111 nafar talabgor ariza topshirdi. Shuningdek, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

❗️Keyingi bosqichda yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar oʻrtasida intellektual kasting oʻtkaziladi. Bundan maqsad eng avvalo ularning bilimlarini sinash boʻlsa, ikkinchidan ularni 6 kishilik jamoalarga birlashtirishdir.

Jamoa boʻlib ariza yuborganlar oʻrtasida kasting oʻtkazilmaydi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri breyn-ring turnirida ishtirok etishadi.

Toshkent shahri hamda hududlarda intellektual kasting oʻtkazish sanasi, joyi va tartibi tez orada eʼlon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Kanalimizga obuna bo'lish:
➖ @zakovat

169 comments

Show 33 more comments
Kasting hammaga bulishi kerak
6 ta guruhdagilar bilimsiz bulishi mumkinku
Guli
Kasting hammaga bulishi kerak
Albatta bo'lmasa hammamiz guruh bo'lib reg. qigan bolardik
Qachon va qay tartibda bo'lishini qayerdan bilamiz ?
Farruh Mamajonov
Рўйхатдан ўтиб бўлмади.
Olĝa hamma tashkilotchilarga katta raxmat.
Zo‘r ishlarizga omad
Alimjanovich
Kasting qanday tartibda bolarkan?
Hududlarda ham albatta qilish kerak shanba yoki yakshanba kunlari
Assalom-u alaykum.
Man Jizzax shahridanman.
OTM talabasiman.
Shunchaki, omadimni sinash uchun ro'yxatdan o'tgan edim.
Agar kasting Jizzaxda bo'lsa albatta boraman.
Kastingdan o'tsam-u, keyin Toshkentga borishim kerak bo'lsa lekin borolmayman.
Bunday holatlar uchun ham nimadir chora ko'rilganmi (ya'ni avval viloyat bosqichi deganday) yoki bir yo'la kastingga bormay qo'yaveraymi?
Assalomu alaykum, men ro'yxatdan o'tish haqida birinchi martta o'qiganimdayoq ro'yxatdan o'tish uchun saytga kirganman, lekin negadir ro'yxatdan o'tolmayabman. Shu vaqt oralig'ida ham harakat qilyabman, o'tib bo'lmadi, kimda yana shunday, iltimos ro'yxatdan o'tishga yordam berib yuborilar. Oldindan raxmat.
Assalomu alaykum yaxshimisizlar . Men ro‘yxatdan o‘tish davomida hududni belgilashda Samarqand viloyatini tanlaganman. O‘zim Navoiyda o‘qiyman saralashdan o‘tish uchun Navoiy shaharda o‘tkazilayotgan joyga ham borsam bo‘ladimi
Kasting qayerda boʻladi
Oʻz tanlagan hududimizda oʻtsa yaxshi boʻlardi
Аслиддин Тогаев
Ассалом у алекум барча клуб а'золарига хайрли кун.
Ман хозир бир нарса яни клуб ма'мурияти на юзланмокчиман.
Мен хам ариза топширайотган вактда уз тугилган худудимни яни Сурхондарйо вилоятини йозгандим. Аммо айни дамда Тошкент шахридаман. Кастингдан утиш учун ну жойнинг узида утишим мумкинми ?
Йо Айнан вилоятимизни узида кастингдан утишимиз керакми .Клуб ма'муриятидан ушбу САВОЛГА жавоб кутаман.
Advokat
Assalamu alaykum kulb azolari
Advokat
Men utimi shuni javobni kutaman
Qo'shayev Shuhrat
salom hamma bilimdonlarga. Zakovat savollariga juda qiziqaman. kasbim o‘qituvchi. o‘zim ham zakovatga o‘xshash "sirli olam", "fanlar ichida, fanlar atrofida..." degan o‘yinlar o‘tkazib kelaman. lekin qayergadir borish kerak bo‘lsa borolmasam kerak. maktab ishi juda tig‘is. shu sababli ham onlayn kasting ham o‘tkazilsa edi. omad hammaga!!!
Alimjanovich
Iloji bolsa onlayn bolsa kasting yanayam yaxshi bolardi
Sumayya 🌼
Onlayin bolsa juda yaxshi bòlardi
Kasting onlayn bolsin deganlar bormi?
Hamma hududlar ham online kastingni o'tkazishga texnik yaroqsiz. Hamda haqqoniylik prinsiplariga putur yetishi mumkin
Show next 100 comments