​Roʻyxatga olish yakunlari haqida maʼlumot

Kecha, 21-fevral kuni, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzolik uchun zakovat.tv sayti orqali onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi.

✅ 10 kun davomida jami 13 043 kishidan arizalar kelib tushdi. Ularning 6307 nafari (48,4%) oliy taʼlim muassasalari talabasi, 4771 nafari (36,6%) ishchi-xizmatchi, 791 nafari (6,1%) vaqtincha ishsiz, 583 nafari (4,5%) maktab oʻquvchisi, 295 nafari (2,3%) kollej, akademik litsey yoki texnikum oʻquvchisi, 255 nafari (2%) abituriyent hamda 41 nafari (0,3%) pensionerlardir.

📍Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, arizalar taqsimoti quyidagicha koʻrinish oldi:

Toshkent shahri – 3761 nafar;
Toshkent viloyati – 1257 nafar;
Samarqand – 1054 nafar;
Qashqadaryo – 1026 nafar;
Fargʻona – 1004 nafar;
Andijon – 791 nafar;
Buxoro – 672 nafar;
Jizzax – 657 nafar;
Namangan – 557 nafar;
Xorazm – 525 nafar;
Surxondaryo – 503 nafar;
Navoiy – 491 nafar;
Sirdaryo – 418 nafar;
Qoraqalpogʻiston– 327 nafar.

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish maqsadida jami 11 111 nafar talabgor ariza topshirdi. Shuningdek, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

❗️Keyingi bosqichda yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar oʻrtasida intellektual kasting oʻtkaziladi. Bundan maqsad eng avvalo ularning bilimlarini sinash boʻlsa, ikkinchidan ularni 6 kishilik jamoalarga birlashtirishdir.

Jamoa boʻlib ariza yuborganlar oʻrtasida kasting oʻtkazilmaydi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri breyn-ring turnirida ishtirok etishadi.

Toshkent shahri hamda hududlarda intellektual kasting oʻtkazish sanasi, joyi va tartibi tez orada eʼlon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Kanalimizga obuna bo'lish:
➖ @zakovat

169 comments

Show 51 more comments
Sumayya 🌼
Onlayin bolsa juda yaxshi bòlardi
Kasting onlayn bolsin deganlar bormi?
Hamma hududlar ham online kastingni o'tkazishga texnik yaroqsiz. Hamda haqqoniylik prinsiplariga putur yetishi mumkin
K asting qachon boladi va qanaqa boladi
Сухроб Олимов
Ассалому алейкум мен заковат уйинига ёшлигимдан кизикиб келаман унда уйнаш орзуйим хисобланади . Айни дамда мен Тошкент шахридаман менинг асл касбим шифокор Невролог. Мен руйхатда Кашкадарё вил курсатганман хозирда малака ошириш юзасидан Тошкент шахридаман турнирда катнашмокчиман агар кастинг кунлари качонлигини маълум килсангиз мен кастингга бораман.
Alimjanovich
🐼🐼🐼
Hamma hududlar ham online kastingni o'tkazishga texnik yaroqsiz. Hamda haqqoniylik prinsiplariga putur yetishi mumkin
Hamma azo bolganlarda telegram bor demak internet bor kastingdagi savollarni onlayn platforma orqali qilsa boladi internet ishlaydi H+ bolsa
@n_a_official
Online bo'lsa yaxshi bo'lardi
Kasting haqida yangiliklarni kutib qolamiz!
🤗🤗
Kasting online bulsa yaxshi bulardi. Kupchilikka ham uqish va ishlari tufayli online maqul bulsa kerak.
Jamoa bolib royxatdan otib bomadi qancha harakat qildim
sardor____
Ro'yxatdan o'tsam bo'ladimi
I.B.M...R
Jamoa bolib royxatdan otib bomadi qancha harakat qildim
Bizda ham shu holat kuzatildi. Keyin butun guruh yakka tartibda ro'yxatdan o'tdik. Endi kastingdan keyin iloji bo'lsa yana guruhga birlashardik
Биз жамоа тузгандик негадир жамоа бўлиб рўйхатдан ўтиш га жуда куп вақтимиз кетди лекин бўлмади, охири якка тартибда ўтказишга тўғри келди.
Биз ўзимизни жамоамиз билан иштирок этишимиз керак, нима қилса бўлади.
Shokir Hayitmetov
Har bir ishtirokchilarning o'z yumushi bor, ofline bu ishtirokchilarning ishtirok eta olmasligi ehtimolini oshiradi, online bo'lsa zab ajib ish bo'lur erdi. Buning ustiga ishtirokchilarning asosiy qismi Respublikaning turli viloyatlaridan bo'lsa, ofline kastingda ishtirok eta olmaydiku? Fikrimni inobatga olasiz degan umiddaman.
Onlayn bolsa yaxshi bolardi
I.B.M...R
Kimgadur murojat qisa bomasmikin man ozimi guruhim bilan qatnashmoqchiman begona guruh bilan baribir qiyin
Manimcha eng yaxshi variant kastingga borganda aytish kerak vaziyatni va o'sha yerda guruhni tuzish kerak
Show next 97 comments