​Roʻyxatga olish yakunlari haqida maʼlumot

Kecha, 21-fevral kuni, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzolik uchun zakovat.tv sayti orqali onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi.

✅ 10 kun davomida jami 13 043 kishidan arizalar kelib tushdi. Ularning 6307 nafari (48,4%) oliy taʼlim muassasalari talabasi, 4771 nafari (36,6%) ishchi-xizmatchi, 791 nafari (6,1%) vaqtincha ishsiz, 583 nafari (4,5%) maktab oʻquvchisi, 295 nafari (2,3%) kollej, akademik litsey yoki texnikum oʻquvchisi, 255 nafari (2%) abituriyent hamda 41 nafari (0,3%) pensionerlardir.

📍Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, arizalar taqsimoti quyidagicha koʻrinish oldi:

Toshkent shahri – 3761 nafar;
Toshkent viloyati – 1257 nafar;
Samarqand – 1054 nafar;
Qashqadaryo – 1026 nafar;
Fargʻona – 1004 nafar;
Andijon – 791 nafar;
Buxoro – 672 nafar;
Jizzax – 657 nafar;
Namangan – 557 nafar;
Xorazm – 525 nafar;
Surxondaryo – 503 nafar;
Navoiy – 491 nafar;
Sirdaryo – 418 nafar;
Qoraqalpogʻiston– 327 nafar.

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish maqsadida jami 11 111 nafar talabgor ariza topshirdi. Shuningdek, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

❗️Keyingi bosqichda yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar oʻrtasida intellektual kasting oʻtkaziladi. Bundan maqsad eng avvalo ularning bilimlarini sinash boʻlsa, ikkinchidan ularni 6 kishilik jamoalarga birlashtirishdir.

Jamoa boʻlib ariza yuborganlar oʻrtasida kasting oʻtkazilmaydi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri breyn-ring turnirida ishtirok etishadi.

Toshkent shahri hamda hududlarda intellektual kasting oʻtkazish sanasi, joyi va tartibi tez orada eʼlon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Kanalimizga obuna bo'lish:
➖ @zakovat

169 comments

Show 100 more comments
Навоийликлар борми битта гурух булиб катнашардик.,..
Шамсиев
Навоийликлар борми битта гурух булиб катнашардик.,..
Бор,энди гурух булиб катнашолмаймиз,якка тартибда руйхатдан утиб булдик.
Тугри.....якка тартибда руйхатдан утгандим....тушунадиганлар бор экан рахмат....
Nima bo'lishidan qat'iy nazar tezroq kastingni boshlangizlar. Shuncha odamni qanday kasting qilamiz deb boshni ushlab o'tirmay yangi yo'llarni qidiringizlar. Xudo omadlaringizni bersin🤲🤲
Abbosxo'ja
Guli
Kasting hammaga bulishi kerak
Da shunaqa bosa toriro bolarmidi azgina notori ish qvoslayo manmca
Канака нотугри иш экан?????......7407...???
O'tsa o'tmasa qabul qilindi degan sms kelgandiyov. Sms larim o'chib ketibdi
Zakovat klubida ro'yxatdan o'tdingiz. ID-raqam: I01457. Intellektual kasting sanasi va joyi zakovat.tv sayti va t.me/zakovat Telegram kanalida e'lon qilinadi
Шамсиев
Канака смс
Ro'yxatdan muvaffaqiyatli o'tdingiz degan sms
FAMILY
Kelgan ekan
Менга келмагандида негадир
Keyin bez passportlar qatnashmedi dgan gap ham eshitgandim
Жамоавий заявка бергандик, ID рақамлар келди.
Kasting qanaqa bo'larkin? Onlinemi?
Show next 38 comments