"Olimpiadalar davom etadimi?" kabi savollar tinimsiz berilmoqda.Umuman olganda 17-may kuni video murojaat e'lon qilishni rejalashtirganman. Unda
1) Olimpiadalar davom etadimi?
2) "Yozgi maktab-2024" qachon bo‘ladi va kimlar qatnasha oladi?
3) Reyting ballar qachon yakunlanadi?
Shu kabi savollarga batafsil javob beraman. Shunisi aniqki, 1-2 va 5-6-7-8 sinf o‘quvchilariga bu o‘quv yili uchun reyting yopildi. May yakuniga qadar reyting ballarni birlashtirilib, g‘oliblarni e'lon qilamiz va
"Yozgi maktab"ga yo‘llanma olgan oʻquvchilarni e’lon qilamiz.
"Yozgi maktab" doirasida darslar, ko‘ngil ochar tadbirlar, sayohatlar, shaxmat va zakovat musobaqalari o‘tkaziladi. Undan tashqari, oldingi yildagi kabi
"Ulug‘bek izdoshlari-2024" nomli kitobimiz nashr etilib har bir ishtirokchiga
bepul beriladi. Qiziqsangiz, o‘tgan yilgi tadbirlar bilan kanalimizda tanishishingiz mumkin:
1-kun, 2-kun, 3-kun, 4-kun va
taqdirlash.Bu hali hammasi emas! Shu vaqtgacha nashr qilgan kitoblarimizdan eng zo‘ri bo‘lishi kutilayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
"Mantiqiy matematika-3" kitobimiz nashrdan chiqadi va 1-2-3-4 sinf o‘quvchilaridan eng yuqori natija egalariga
bepul sovg‘a qilamiz.
3-4 sinf o‘quvchilari uchun
"Tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish va ingliz tili" yo‘nalishida
maxsus test davom etadi. Bu sinfdagi o‘quvchilar uchun reyting iyun oxirida yopiladi.
❗️ Siz qanday fikrdasiz? Davom etaylikmi yoki dam olasizlarmi? Fikr va takliflaringizni izohda qoldiring.
3-4 sinflar uchun davom etishidan judayam xursandman
Katta RAHMAT 👍👍👍