"Olimpiadalar davom etadimi?" kabi savollar tinimsiz berilmoqda.

Umuman olganda 17-may kuni video murojaat e'lon qilishni rejalashtirganman. Unda

1) Olimpiadalar davom etadimi?
2) "Yozgi maktab-2024" qachon bo‘ladi va kimlar qatnasha oladi?
3) Reyting ballar qachon yakunlanadi?

Shu kabi savollarga batafsil javob beraman. Shunisi aniqki, 1-2 va 5-6-7-8 sinf o‘quvchilariga bu o‘quv yili uchun reyting yopildi. May yakuniga qadar reyting ballarni birlashtirilib, g‘oliblarni e'lon qilamiz va "Yozgi maktab"ga yo‘llanma olgan oʻquvchilarni e’lon qilamiz. "Yozgi maktab" doirasida darslar, ko‘ngil ochar tadbirlar, sayohatlar, shaxmat va zakovat musobaqalari o‘tkaziladi. Undan tashqari, oldingi yildagi kabi "Ulug‘bek izdoshlari-2024" nomli kitobimiz nashr etilib har bir ishtirokchiga bepul beriladi. Qiziqsangiz, o‘tgan yilgi tadbirlar bilan kanalimizda tanishishingiz mumkin: 1-kun, 2-kun, 3-kun, 4-kun va taqdirlash.

Bu hali hammasi emas! Shu vaqtgacha nashr qilgan kitoblarimizdan eng zo‘ri bo‘lishi kutilayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan "Mantiqiy matematika-3" kitobimiz nashrdan chiqadi va 1-2-3-4 sinf o‘quvchilaridan eng yuqori natija egalariga bepul sovg‘a qilamiz.

3-4 sinf o‘quvchilari uchun "Tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish va ingliz tili" yo‘nalishida maxsus test davom etadi. Bu sinfdagi o‘quvchilar uchun reyting iyun oxirida yopiladi.

❗️ Siz qanday fikrdasiz? Davom etaylikmi yoki dam olasizlarmi? Fikr va takliflaringizni izohda qoldiring.

10 comments

Sapayeva Shahodat
Assalomu alaykum. 1- sinf uchun ham bolsin ustoz.
Zilola
Assalomu alaykum davom etsin.
🌹"Dream works LC" english school🧚‍♀️
Assalomu alekum yaxshimisizla
3-4 sinflar uchun davom etishidan judayam xursandman
Katta RAHMAT 👍👍👍
Gulmira
Assalomu alaykum yozgi maktabni Khiso Xorazmdaham tashkil qilinglar iltimos, bolalarimizni uydan olib borib apkelib yursakham qatnashtirar edik, Sardorjon ustoz Xorazmdaham tashkil qiling
Gulposhsha
Assalomu alaykum ustozjonlar davom etsin iltimos, olimpiadalarizda qoldirmasdan o‘quvchilarimiz bilan borvatrmiz, olimpiadadan keyin qo‘limizga bervargan savollar kitobchangizdagi savollarni birma bir ko‘rib chiqamiz, bolalarimizda o‘sish dm katta, ilm yo‘lida qilayotgan ezgu ishlaringiz davomiy bo‘lsin, rahmat sizlarga
Gulposhsha
O‘quvchilarimiz yuqori natijalar olib bizarding reytingimizniham ko‘tarib kelyaptilar, reytingi yuqori ustozlarniham nazarda chetda qoldirmay bolalarimizni tayyorlash uchun olimpiada kitobingizga imzoyingiz bilan sovg‘a qilsangiz xursand bo‘lar edik 😊
Davomli bo'lsin
GULNOZA
Davom etsin Xorazmda