Абитуриентлар учун тест синовларидан олдин овозли чат марафони

5 августдан юртимиз бўйлаб тест синовларига старт берилади. 1 миллиондан ортиқ абитуриентлар ва уларнинг яқинлари учун ҳаяжонли дамлар бошланади.

Жараёнлар бутун миллат келажаги учун муҳимлигини ҳисобга олиб, абитуриентларга мотивация ва руҳий далда бериш, тажрибали инсонлардан қимматли маслаҳатлар улашиш мақсадида 3-4 август кунлари каналимиз орқали овозли чат марафони ташкил қиляпмиз.

Марафонда иштирок этувчи спикерлар:

Шерзод Асадов – Президент Администрацияси раҳбарининг ўринбосари - Президент Матбуот котиби;

Абдуқодир Тошқулов – олий ва ўрта махсус таълими вазири;

Шерзод Шерматов – халқ таълими вазири;

Эркинжон Турдимов – Самарқанд вилояти ҳокими;

Алишер Саъдуллаев – Ёшлар ишлари агентлиги директори.

Бугун - 3 август кечки пайт Абдуқодир Тошқулов ҳамда Алишер Саъдуллаев билан, эртага – 4 августда эса қолган спикерларимиз билан суҳбат қиламиз.

Вақти ҳақида қўшимча маълум қиламиз. Бизни кузатишда давом этинг.


👉 @xushnudbek 👈

205 comments

Show 100 more comments
Assalomu allaykum Abduqodir Toshqulov bilan bo’ladigan suxbat etiborimni tormoqda. Suxbat uchun oldimdan tashakkur Xushnudbek aka.
Xudayarova Gulbahor
Assalomu aleykum meni savolimga etiroz bildirmay javob qaytarsangiz iltimos Meni savolim Abduqodir Toshqulovga men JDPI da o'qiyman lekin Samarqandga perevot olmoqchiman doimiy yashash joyim shu yerda va ota onamning ham ish joylari shu yerda bu uzrli sababga kirsa perevot masalasidagi qarorda mos va turdosh yo'naishlarga tekin deb aytilgan nega bizlarda uzrli sabab bo'lsa va turdosh yo'nalishga perevot olasak ham puli deyishayapti iltomos shu savolimga oydinlik kiritib bersangiz.Javob uchun oldindan rahmat iltimos meni shu savolimga javob qaytarsangiz.
Tibbiyot bo'yicha xorijdan o'qishni ko'chirishga o'tish bali nega e'lon qilinmayapti? Qachon e'lon qilinishi mumkin? Taxminan nechi bo'lishi mumkin
Hokim sifatida aynan Erkinjon Suhbatga chaqirilgani bejizga emasdir. Ovozli chatni kutib qolamiz! Bunaqa chatlar doimiy o'tqazilsin. Bu ham iltimos ham xalqning talabi.
𝒮𝒶𝒾𝒹𝒶♡︎
Assalomu aleykum Xushnudbek iltimos bir masalaga aniqlik kiriting bugun ciqan xabarlarda X varian biologiya fanidan cuqani haqida aytiwmoqda shu savolni DTM mutasadilariga bering iltimos hozirda barca biologiya fani buyaca hujjjat topshirgan abiturenlarga qiziq. Bu holat
𝒮𝒶𝒾𝒹𝒶♡︎
Yanqinda uziz biologiya buyica bulgan sertifikatlar ham sotilgandi endi x variant ciqib keti bu nimasi
Азизбек
Ассалому алайкум ногиронлиги булган шахслар учун ажратилган квота 5та топширган ОТМ учунхам уринлими
Jismoniy tarbiya instituti qaysidir sport mutahasisligiga topshirgan abituriyentlarga ijodiy imtihon qachon boʻladi yoki qayerdan bilsa boʻladi? (Ruxsatnomaga 2 tasi ham yozilgan 1 kunga misol 19:00 da boshlansa 3 soat vaqt berilsa 22:00 dan ijodiy boshlanadimi?)
Muslim Muzaffarov
ИЛТИМОС ШУ САВОЛИМНИ СУРАНГ, БИЗ УЧУН ЖУДА МУХИМ!!! Бухороданман, аёлим утган йили ТДПУ Шахрисабз филиали МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЙУНАЛИШИ сиртки шаклига укишга кабул килинди. Доимий яшаш манзили Бухоро булганлиги сабабли БухДУ БОШЛАНГИЧ ТАЪЛИМ ЙУНАЛИШИГА кучирмокчимиз. Бунда кушимча тулов талаб килинмайдими??? ИЛТИМОС
Assalom aleykum. Magistratura imtihonlayam 5 dan boshlanadi dib eshitgandik, o'shanda endi bakalavr imtihonla tugagandan keyin bo'ladimi magistraturaga imtihon? Aniq qachon bo'ladi?
Assalomu alaykum Bu yilgi kirish imtihonida kechki smenada bo'lganlar uchun qo'shimcha yoritish asboblari olib kirishga ruxsat beriladimi. So'raganim sababi ko'pchilikda bor kasallik-miopiya ko'z kasalligi sababli kechqurungi smenadagi abituriyentlar yaxshi ko'risha olishmaydi. Agar ruxsat berilmasa imtihon yoritish tizimi 100-150 luks bilan to'la taminlanib beriladimi?
Mamarasulova Zarina 306-Informatika
.,.
rahmat . toliq tolab bolganlarchi kelasi yilga amalga oshiradimi?
Ha barbr amal qilsa kerak .