⚡️Квоталар тўлиқ тасдиқланди, энди ДТМ сайтида йўналишларни танлаш мумкин
#abituriyent

Давлат қабул комиссиясининг 1-сон баёни билан мақсадли қабул параметрлари ва давлат буюртмаси параметрларининг тиллар кесимидаги тақсимоти тасдиқланди, дея хабар бермоқда ДТМ.

❗️Эндиликда абитуриентлар my.dtm.uz сайтининг “Қабул-2021” бўлими орқали фанлар мажмуаси бир хил бўлган бештагача бакалавриат таълим йўналишини танлашлари мумкин.

Aбитуриентларни онлайн рўйхатга олиш жорий йилнинг 22 июлига қадар (22 июль куни ҳам) давом этади.

Мазкур муддат давомида абитуриентлар ўз маълумотларини ўзгартиришлари ҳамда чет тилидан миллий ёки халқаро сертификатга эга бўладиган бўлса, сертификат маълумотларини тизимга киритишлари мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

248 comments

Show 86 more comments
_AShRaPoVa_
IELTS INDICATOR qabul qilinadimi?????
Максадли диган жойи бор экан шу нма тшунтирворила илтимос
O'tgan yili tōlov qildim bu yil ham qilamanmi qancha
M💓
Bu yil ham tolov qilish keremi
Qabul boshlanganiga qancha bo'ldiyu, kvota qachon tasdiqlanyapti. Shuni ertaroq tasdiqlasa bo'lmasmikin. Kech qolishiga qanday faktorlar sabab bo'lishi mumkin o'ylab o'yimga yetolmayman. Qandaydir sabablar bor aniq lekin usha ishlarni aprel may oylarida qilsa nima bo'larkin, yo vaqtida qilsa yaxshi bo'pqolarmikin. Tizimni qaysidir bo'ginida kamchilik borligi aniq.
Assalomu aleykum maqsadli qabul nma degani iltimos tshuntirib bering
Is@kulov
Ielts 5 ham o'tadimi shunda
Assalomu alaykum Xushnudbek aka xotin qizla un ajratilgan 4 % li tavsiyanoma haqida to'liqroq ma'lumot bersangiz
Ishlamayapdi ku qotyapdi sayt
Men ham jismoniy tarbiya institutiga ham milliy institutga topshirmoqchiman oʻshani aytyapman. Bilsangiz jismoniy tarbiya institutiga faqat jismoniy tayyorgarlik boʻyicha imtihon olinadi
Aa milliy institutda yuris yoʻnalishida tarix ona tili adabiyot chet tilli
🕋🤲 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓻𝓪𝔁𝓶𝓸𝓷𝓸𝓿 ~ 😷
Tolov summasi nech pul boladi.
Ishlavotganlarga qachon imtiyoz chiqadi
Ўзбекистон чемпионларидан имтиёзни олиб ташлаб виждонсизлик қилинди! Сизларни номларингиз ўзбек тарихида энг қора харфлар билан ёзиб қолдирилди!
Xurshid
Harbiy tavsiyanomaga ega bo'lgan abituriyentlarga kvota ajratilganmi bu yil
Assalomu aleykum magistratura kvotalari tillar kesmida ham chiqdimi
Assalamaleykum. Magistratura yunalishlari buyicha qabul qachon elon qilinadi?
Salom hammaga kim qayta tayorlov haqida biladi 938444642 ga sms yozing biladiganlar
Show next 100 comments