✅ Энди имтиҳонсиз ўқишга кириш имтиёзи бор абитуриентлар квотага таъсир қилмайди

Қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ олий таълим муассасаларига имтиҳонларсиз давлат гранти асосида ўқишга кириш бўйича имтиёзга эга бўлган шахслар умумий қабул параметрларидан ташқари қўшимча давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинади.

Бунга қадар улар квота доирасида давлат гранти ўрнини банд қилар, натижада қайсидир абитуриентлар контрактга ўтиб қоларди.

Шу вақтгача квота доирасида имтиҳонсиз ўқишга кириш ҳуқуқини берадиган имтиёзлар рўйхати қуйидагича эди:

➖ Зулфия номидаги Давлат мукофоти лауреатлари;
➖ “Ниҳол” мукофоти соҳиблари;
➖ “Мард ўғлон” давлат мукофоти соҳиблари;
➖ “Тарбиячи” кўрик-танлови ғолиблари;
➖ “Ҳамшира” республика танлови ғолиблари;
➖ Ўзбекистон ёшлар иттифоқининг фаол аъзолари;
➖ Халқаро олимпиадалар ғолиблари.


👉 @xushnudbek 👈

151 comments

Show 71 more comments
Maqsadli yoki maqsadsiz topshirishim qanday tushinish mumkin
Assalomu alaykum bir savolim bor edi iltimos jovobsiz qoldirmang ota onasi yoʻq yoshlar uchun hech qanday imtiyoz yoqmi chunki hammamiz ular hech qanday oʻquv markazlarida taʼlim olishga ega emas 18 yoshga toʻlgandan keyin hechdan yordam puli ham berilmaydi ularning hayoti turmush tarzini oʻzgartirish uchun oliy taʼlim da imtiyoz yoqmi
Shu haqida qanday malumot olsa buladi
_Studentka_
Assalomu aleykum fakultetlar miqyosida kvotalar belgilandimi?
Assalomu alaykum.Yuqoridagi fikr va ma'lumotlaringiz uchun katta rahmat.Meni savolim bor edi.Harbiy bilim yurtiga topshirganlar nima qilishi kerak? Shu haqida ma'lumot berib o‘ting iltimos.
𝑺𝑨𝒀 𝑳𝑬𝑺𝑺 𝑫𝑶 𝑴𝑶𝑹𝑬🌿
Aslida bu postgamas shuni tagidagi postga komment yozmoqchiydimda. To'g'risi Militsionerni yoki harbiyni bolasi grantga shunde kirib qolyapti, hayronman, bolaga nima aloqasi bor? Masalan adolatli bo'lishi kerak bo'lsa, institutlarga bilimli o'quvchi kirishi kerakmasmi yoki otasini pagoni 7 pushtigayam yetadimi. Endi tushunaman, ulaniyam hurmat qilaman, lekin g'alatimasmi aynan shu tizim?
Ulani kvotasi alohida busa. Kn ulayam test yecadi. Yana harbiy xizmatchi davlat aytgan joyga kuchib yuraveradi va yana oiladiyam shunga majbur buladi. Ulani bollalariyam kuchgan paytda yangi joyga kunikish kk. Yangi maktab yangi bolalar buladi. Usha joy yoqmasa u bola uqimasa yo vapweta uwa joyda talim yaxwi berilmasa nma buladi . Tem bole kvota alohida busa szga ulani oģirligi tuwiptimi
Ногиронлиги бор булсачи?
Harbiy tavsiyanoma haqida ham tushuncha bering iltimos
Хотин кизлар учун ажратилган 4 фоизлик грант хакида хам малумот беринг илтимос
Texnikumdi bitrsa 2- kursdan suxbat asosida uqwka qabul qilw Nma buldi km bladi
Yaponiyada imperator ga ham imtiyozlar yoʻq
Harbiy sohadagi kishilarni farzandlariga imtiyoz berilsa bòladi.chunki ular ga ham osonmas agarda bordiyu ota-yoki onasidan ajralgan bòlsa lekin Is'hoqxon Ibrat maktab internati kn shunga òxshash imtiyoz beruvchi narsalarga umuman qarshiman .agar òsha maktab da zòr òqigan odam bemalol Kira oladi har qanday institutga.
Kvotadan tashqari belgilangani juda yaxshi bupti
꿈을 향해
Ilgari ham kvotadan tashqari deyilgan edi lekin keyinchalik kvotaga qo’shib hisoblangandi
Shu qonunni chiqarganni otasiga raxmat. Respect👍👍👍👍
Nimaga faqat harbiylarni farzandlariga imtiyoz bor. Bowqa kasb egasilarning farzandlariga yóq. Nimaga tenglik yóq......
La'nat bòlsin shu imtiyozga bizga òxshab 170dan yuqori ball olganla kontraktda ezilib òqiyversin,tekinxòrlar bòlsa imtihonsiz grantta òqishi achinarli... Bu davlatda adolat izlagancha yashash uchun qulay davlat izlagan ma'qul.
Shifokorda farzand yoqmi óqituvchida farzand yóqmi. Oddiy dehqoni farzandi yòqmi
Show next 59 comments