✅ Энди имтиҳонсиз ўқишга кириш имтиёзи бор абитуриентлар квотага таъсир қилмайди

Қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ олий таълим муассасаларига имтиҳонларсиз давлат гранти асосида ўқишга кириш бўйича имтиёзга эга бўлган шахслар умумий қабул параметрларидан ташқари қўшимча давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинади.

Бунга қадар улар квота доирасида давлат гранти ўрнини банд қилар, натижада қайсидир абитуриентлар контрактга ўтиб қоларди.

Шу вақтгача квота доирасида имтиҳонсиз ўқишга кириш ҳуқуқини берадиган имтиёзлар рўйхати қуйидагича эди:

➖ Зулфия номидаги Давлат мукофоти лауреатлари;
➖ “Ниҳол” мукофоти соҳиблари;
➖ “Мард ўғлон” давлат мукофоти соҳиблари;
➖ “Тарбиячи” кўрик-танлови ғолиблари;
➖ “Ҳамшира” республика танлови ғолиблари;
➖ Ўзбекистон ёшлар иттифоқининг фаол аъзолари;
➖ Халқаро олимпиадалар ғолиблари.


👉 @xushnudbek 👈

151 comments

Show 100 more comments
Bek .
Bunaqa imtiyoz qilgandan ko'ra. Imtixonsiz qabul qilishsin va o'qish davomida qattiq o'qitishsin. O'qimaydigan xumkallalar o'qishdan chetlatilsin. Afsus korrupsiya bor ekan bunday imkoniyatlar umuman bo'lmaydi. Xar yili minglagan bilimsiz talabalar bitirib chiqaveradi
Oddiy odamni bollari uqiwga kiriw un ulay deb tayorlanadi. Otasi ichki ishlarda ishlasa bolasiga nima farqi bor xammani ota onasi shu xalq uchun xizmat qiladiku. Tabaqalashtirish bilib qolyabdi menimcha
Jamila
Assalom alekum Xushnud aka bu yilgi sirtqi talim haqida ham ma'lumot bersangiz
Xotin qizlarni kvotasi harbiylarni kvotasi ham alohida hisoblanadimi ular ham kvotaga ta'sir qilmaydimi javob uchun oldindan rahmat
Ochilova Dilrabo.
Олтин медал олганларга канака имтиезлар бор.
Afsus...men olimpiadachini deb kontraktga tushib qolganman...bu yil bitirdim ham oʻqishni
Assalomu alaykum Nogironligi bolgan shaxslarga qanday imtiyozlar bor
Assalomu aleykum bitta savolim bor edi agar kim bilsa javob beringlar iltimos
agar universitet talabasi Respublika onlayn fan olimpiadasida g'olib bolsa unga imtixonlarsiz magistraturaga kirishga imtiyoz beriladimi
Avvalgi yillarda berilardi ammo pandemiya sabab mana 2 yil boldi onlayn bolyaptiku shunday bolsa ham imtiyoz bormi
❤ ❤🌸🕊🕊
Ula wundo 57 ball osayam grandga kiradi
йук конунчиликда юқори баллнинг 30 фоизидан кам булмаган балл туплаган ва алохида ажратилган умумий шу ОТМ учун ажратилган квотанинг 2% дан куп бўлмаган абитуриентлар баллар кетма ғкетлигида кабул килинади
assalom alaykum sizga bitta savolim bor edi iltimos shunga aniqlik kiritib bersangiz . mana yaqinda milliy sertifikat test sinovlari utkazildi lekin savollar sotildi va javoblar tarqalib ketti yana savollar shunchalik sodda oddiy kuchada yurgan bola ham 400 minggaa yaqin pul tulab 25 26 savolni aniq aniq qilib yopib tashlayapdi buu endi mehnat qib tayyorlanayotgan abiturentlarga yana muammo kvota yetmaydi davlat test markazi bunga nimaga qaramagan shunga tushuntirish kiritsangiz iltimos rahmat javob uchun!!!
로바르
Assalomu Alaykum magistratura uchun ham ijtimoiy imtiyoz beriladimi?
Assalomu allaykum Xushnudkek aka , imtiyoz toʻgʻrisida bir fikriz kerak , ya'ni soʻramoqchi boʻlganim ʼʼxarbiy legotaʼʼ imtiyozi toʻgʻrisida, shu imtiyoz toʻgʻrisida ham maʼlumot berib yubora olaszmi? Iltimos.
- bu imtiyozga ham davlat granti ajratilyapdimi?
-shu imtiyiz toʻgʻrisida ham batafsil maʼlumot bering?
-kvotalar soni qanday tartibda ajratiladi?
-keyin qabul soni, nechta topshirgani, kirish bali nechi bal boʻlayotgani ham mujmal boʻlib qolyapdi,
-imkoni boricha kengroq malumot bersaz.
Javobizni kutib qolamiz, javob uchun oldindan raxmat, faoliyatizga omad, charchamang!!!!
Утесин
Улыума имтиёзларды азайтыу керек.(Олимпияда, ногиранлардан баска) Максетке имтиёз аркалы ерисиу жаксы жол емес менинше
Ta’lim yo‘nalishlarini 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.
Nimaga shunaq bo'lib turibdi
Узичи бу йил 5 та фандан имтихон кейин б ди шуринг кургур абитурентларга
Навруз МФЙ
мактабни олтин медалга битирганларга имтиезлар борми илтимос жавоб беринг
Assalomu alaykum milliy sertifikat javoblari qachon chiqadi
Abduvoxid qizi Aziza
Asalom alayko'm savollarga javob beriladimi
Elbek Hudayqulov
Хамма жойни имтиёз килиб расвоси чикиб кетди соглом ракобат йуколиб хамма абитуриентлар канакадир имтиёз учун курашадиган бб колишди хакикий билим олишдан кура
Show next 23 comments