#ykohakamlari Sunnatullo Aloyiddinovich Fazliev 1995-yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug’ilgan. Heidelberg University ning Molekulyar sistemalar kimyosi va muhandislik yo’nalishi magistranti, Yosh kimyogarlar olimpiadasi hakamlar hay’ati raisi. Fazliev Sunnatullo ilmiy faoliyatini hujayralararo aloqa va signallar, rak terapiyasida diagnostik moddalar yaratish, hujayra qismlarining o’z-o’zidan hosil bo’lishi, sintetik biologiya, biomolekulalarning shaklni aniqlashi kabi sohalar bilan bog’laydi. U yoshligidan kimyoga qiziqish bildirib maktab, litsey o’quvchilari orasida o’tkazilgan bilimlar bellashuvi hamda olimpiadalarning viloyat, Respublika bosqichlarida yuqori o’rinlarni egallab kelgan. 2013-2014-yillarda Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza va kumush medallarini qo’lgan kiritgan. 2014-yilda “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. 2015-yilda “Dori-darmon” AK stipendiyasi sohibi. 2016-yilda Talabalar o’rtasida kimyo (umumkasbiy) fanidan Respublika olimpiadasida 1-o’rinni egallagan. 2018-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiasi laureati. 2017-yilda hammusanniflikdagi “Kimyo. Tez va oson o’rganish”, 2018-yilda esa yakka muallif sifatida “Kimyodan olimpiada masalalari” nomli kitoblari nashr etildi. 2020-yilda Germaniyaning Maks Plank jamiyatining (Max Planck Society) “Moddadan hayotga” maktabiga (“Matter to life” graduation school) qabul qilinib, “Molekulyar sistemalar kimyosi va muhandislik” yo’nalishi stipendiyasini qo’lga kiritdi. Sunnatullo Aloyiddinovich yosh kimyogarlarga tavsiya sifatida quyidagilarni aytadi: “Ilm olish uchun sarflangan vaqt va pul eng yaxshi investitsiyadir. Shunday ekan yoshligingizda boringizni berib ilm oling, keyin butun umr huzurini ko’rib yurasiz.”
6 comments
Зиёдахон Бобожонова
👍👍 sizga juda havasim kelayabdi, bundanda katta yutuqlarga erishing, sizga savolim bor edi olimpiada borasida