Шавкат Мирзиёевдан иқтибос:

«Бизда 1-курсда умумий фанлар ўқитилиб, мактаб дастури қайтарилади. Ёшлар бир йил умрини йўқотиб, қизиқиши сўниб ҳам қолади. Ривожланган давлатларда бундай эмас, биринчи йилдан мутахассислик фанларига ўтиб, амалиётга муҳим ўрин берилади. Натижадаги фарқни ҳаёт кўрсатиб турибди», - деди давлатимиз раҳбари.

Мутасаддиларга Жанубий Корея университетларидаги ўқув дастурлари ва соатларини ўрганиб, мамлакатимиз олий таълим тизимини қайта кўриб чиқиш, талабаларни амалиётга максимал йўналтириш бўйича кўрсатмалар берилди.


👉 @xushnudbek 👈

470 comments

Show 100 more comments
Корея тарихи тан олинмаган тарих дейишади баъзи олимлар улар тарихини давлатини танитишни уддасидан чикишивотти.Лекин ёшлар илтимос аввал мактабда яхши укиб куйин фикр билдиринглар!!!!
Dunyodagi eng bilimli xalqlardan biri bu o'zbeklardir. Ammo biz bunday imkoniyatdan to'g'ri foydalanishimiz kerak deb o'ylayman va bu albatta ta'limga borib taqaladi. Shuning uchun universitetda 4 kursni ham mutahasislikka qaratish kerak deb o'layman bu eng to'g'ri va odilona fikr. Shunda bizda mutaxasislik tajribasi yanada ortadi qarabsizki shuning orqasidan iqdisodiyot rivojlanadi. Chet ellardan emas o'zimizdan yetuk mutaxasislar chiqadi. Xalqimizning yashash tarzi o'garadi. Iqdisod rivojlansa qonun ustivorligi yanada mustahkam bo'ladi .Prezidentimizning bu qarori davlatni rivojlantirish uchun eng samarali yo'ldir
Oliy ta'lim tizimini rostan ham õzgartirish vaqti keldii bilamizki 1kursda rostdan ham maktab programmasi õqitiladii biz yoshlar yanada bilimga chanqoq bolishimiz uchun yangicha yondashishimiz zarur yanii Oliy talimga kirgandan song maktab darsliklarini kengaytirilgan hajmda õqishimiz shart emas, koproq amaliyot õtgazishimiz kerak. Amaliyot mashg'ulotlari kopaygandan song bizga yanada qulay boladii har bir labaratoriyalar zamonaviy tehnologyalar bilan jihozlanishi kerak shundan sõng koplab tadqiqot ishlarini olib borsa boladii ishonamanki biz yoshlar orasida "Nobel"mukofatiga loyiq insonlar bor bizni shunchaki qõlab quvvatlang.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan
Да на словах всё крутые🤦🏻‍♂️
Juda to‘g‘ri taklif. Buni maktabdan boshlash kerak.
Siroj Xolliyev
Umuman bizda ta'lim strukturamizda yetarlicha asos yuq deb o'ylayman.Sababi,bugun yoshlar dardi bilan ishlaydigan yagona markaz bu O'z Res YoI.Shuningdek Xushnud aka yaqin kunlardagi postlaringiz bu imtihon jarayonlari,qabul kvotalari masalalarida yoritib boryapsiz.Xatto kuni kecha DTM, OTM mutassaddilari, XTV xodimlari ishtirokidagi brifingda ham ishtirok etdingiz.Albatta haligacha qabul kvotalari va bu boradagi, bu biron bir ma'lumotlarga yuqoridagi nomlari jarangdor Ta'lim mutassaddilari, tomonidan to'laqonli oydinlik kiritilmagani hammani o'ylovga solyapti.Shu o'rinda agar siz kommentariyalardagi fikrlarni o'qiyotgan bulsangiz bir narsaga e'tiboringizni qaratmoqchiman.Xabaringiz bor Qo'shni davlatlarimizdan joriy yilda Oliy ta'lim vazirligi(OTV)tomonidan 6 fevraldan 15 -fevralgacha keyin bu o'qishni ko'chirish jarayoni 15-martgacha davom etdi.Lekin mazkur jarayonda Qo'shni davlatlarimizda Ta'lim shakli masofaviy (*distansionni)bo'lgan yoshlarimiz o'rtasida, ayni kunlarda masofaviy ta'lim shakliga ega O'zbekiston yoshlari,o'qishini ko'chira olmaydi degan gaplar borligini inobatga olib Vazirlikning rasmiy saytida va telegram kanali hisoblangan Edu.uz sahifasida Qo'shni davlatlarimizdan masofaviy o'qiyotganlar ham o'qishni ko'chirsa bo'ladi deb munosabat bildirib o'tgan.Lekin hozir joylardagi OTM esa tushunmovchilik ya'ni masofaviy o'qib prevod qilganlar qabul qilinmaydi degan gaplar aytilyapti.Ularning bitta aybi u uzimizni OTM o'qishga kira olmaganliklarida.Mazkur masofaviy ta'lim shakli bo'yicha tahsil olgan, Qo'shni davlatlarimizdan o'qishini ko'chirgan 10minglab yoshlar taqdiri Oliy Ta'lim Vazirligi mas'ullari tomonidan chetda qolmoqda va ular bu jarayonga oydinlik kiritishdan cho'chiyapti.Xatto O'zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsatsoyasi tomonidan Vazirlikga bildirilgan natija hamon musbatligicha qolmoqda.Sizdan Xushnud aka mazkur jarayonga munosabat bildirib, shu masalaga munosabat bildirishingizni so'rab qolardim.Xatto hozirda Qo'shni davlatlarimizda hozir ham tahsil olib, yozgi prevod jarayonlaridan katta umid kutayotgan yoshlarimiz taqdiri ham dolzarbligicha qolmoqda.Yuqoridagi ikkita masala ya'ni masofaviy ta'lim shakli bo'yicha o'qishini uzimizni OTM ko'chirish baxtiga muyassar bo'lmagan yoshlarimiz,va yozgi prevod jarayonlari masalalariga oid tulaqonli post qoldirishingizni iltimos qilardim.Sababi bu masalalar Kelajagimiz vakilllari taqdiriga be'vosita daxldor.Shu o'rinda Oliy ta'lim Vazirligining ishonch tel raqamlariga umuman tushib bulmaydi hatto pryomniklarga ham.
Hech qachon amalda bo'lmaydi!!! Shuncha ishlar bo'lib ketdi lekin xalq uchun aytilgan gaplardan darak yo'q))) Afsus qo'g'irchoq teatrda yurgan odamdekman...
Rahmiddin Kenjayev
Korrupsiya hech bo'lmasa shu sohada yo'qolsa... baribir o'zbekchilik qilinadi
Zuxriddin Mo'minov
ichimizdagi dardni aytibdi yurtboshimiz
Hasanboy Abdusalomov
Togri men ham oliy talimni ozgartirish tarafdorlaridanman lekin birinchi bolib ozimizi fikrimizi ozimizi tushunchamizi ozgartirishimiz kere.kimdandur nimanidur ozgartirberishini kutse uzoq kutamiz
Ramazon Yaxyoyev
Hamma narsani birdan qilib bo‘larmikan. Prizidentimiz nimaga ayrimlariga imkoniyat beryaptila deb o‘ylaysiz. Hokimni almashtirish qiyin emas lekin ertaga yangi hokim yangi lavozimga keladigan qanaqa inson qanaqa yo‘lni tanlashini hech kim bilmaydiku. Xatoni bir martada to‘g‘rilashga harakat qiladiganlariyam bor albatta
Hozirgi hokimlarni kopchiligi agar kalla qoymay ishlab tursa prosto na plavu turishga yetadi xolos chunki bula shunaqa tarbiya olgan, hammasi buyruq bajaruvchi. Rivojlanish uchun mustaqil kreativ fikrlovchilarni hokim qilish kerak. Prezidentni ham hokimni ham xato qiishga haqqi yoq hozirgi kunda. O'zi xulq atvori buzuq tarbiya kormagan bosa srazu olib tashash kerak, muhokamaga hojat yoq. qaror chiqarishga keladigan bolsak ham xato qilishga haqqi yoq. Hammasini mahlahatchilari, deputatlar, senatorlar, tadqiqod institutlari, vazirlik va qomitalar bor yordamlashadigan. Agar hammasini qoyib maslahatlashmasdan hokim ozi bilganini qiladigan bolsa yopvorsin u tashkilotlani nima kerak bekordan bekorga pul sarflayapti. Barcha organlar hamjihat ishlashi kerak shunda qarorni togriligi ehtimoli oshadi. Xullas gapirsam gap ko'p. Siyosatshunoslikni o'rganing tushunasiz)
Муҳаммад Юсуф
Oybek
Aka hali beri o'zgarishi qiyin masala hamma bilsaham, aytsa ham o'zgarmaydi
Ўзгаради. Бунинг учун лоқайдлик қилмасдан барча бир бўлиб, матбуот, талабалар талаб қилиш керак. Тинч қўймаслик керак маъсулларни. Омалекин вақт ўтса қоп кетади
Манимча номутахасислик фанларни камайтириш керак. Мутахасислик фандарини копайтирса яхширок болармиди
O'zi hammayoqni naziriy yonalishdagi narsalar bosib ketgandi.Bu noto'g'ri edi:yani hamma narsani o'rgangan bilan uni amalda qo'llamasak nima keragi bor o'rganib.Prezidentimiz 100% to'g'ri narsani amalga oshirishmoqda.Chet el ta'lim standartini bizga kirib kelishi faqat bizni foydamizga bo'ladi.
Nuriddin Fazlitdin uģli
Juda tuģri taklif. Lekin ijrosi taminlansa bas . Kuramiz....
Gayrat
Boshlangan islohotlar tuxtab qolgandek guyo. Poraxurlik,tanish bilish ugirlik yana avjida. Fargona viloyati hokimi xaqida xechnima yozmadingiz. Prezident maqtamanglar deydi. Hamma faqat maqtaydi. So'xliklar bir tupalon qilishuvdi,qushimcha kvota ham berildi mana. Sardobani esa mana sekin asta unutyapmiz.
Qoyilmasman sizga Xushnudbek. Faqat yangiliklani yozyapsiz. Boshqa manbalardanam uqib turibmiz yangilikani. Muammolani kutarib chiqsangizchi undan kura
Ayrim sohalarni o‘rganish uchun bir yil vaqt yetadi. Bekorga 4 yil umr behuda ketyapti
Ayni vaqtida! 3 kun oldingi Xalq bilan muloqot guruhidagi post
Tarix, falsafa, dinshunoslik, o'zbek tili, adabiyot, ...! Bulardan tashqari qolgan vaqtida o'z mutaxassislikni ham o'rganib, etuk injener bo'lib yetishish talab qilinarkanda! Bu mutaxassislikdan chalg'itishdan boshqa narsaga xizmat qilmaydi.
Bitta narsani tushunmayapman! To'g'ri yozish, o'z fikrini o'zbek tilida to'g'ri ifodalash uchun maktabda o'qitilgan til va adabiyotga oid darslar yetarli emasmi? Qolaversa, OTM ga kirish imtihonida ham bu fanlar bor! Agar yetarli bo'lmasa, demak maktablarda yaxshiroq o'qitilishini ta'minlash mantiqan to'gri bo'lmaydimi?
Ushbu yangilik videosida bu "innovatsiya"ni asoslash uchun aytilgan fikrlar ham tushunarsiz! Fan bu g'oya, tajriba, hisob-kitob va buning asosida qilingan xulosa emasmi? Terminologiyani rivojlantirishimiz hech nima bermaydi!? Agar bir nima berganida bizdagi pedagogika fani rivojlanardi, bugungi kulgili holatga kelib qolmasdi. Ikkinchidan, har qalay bu (aniq, tabiiy, texnik) fanlar xalqaro fanlar. Butun dunyoda qabul qilingan terminologiyadan foydalanilishi tabiiy holat. Masalan, tibbiyot sohasida ko'p terminlar lotin tilidan olingan!
Oliy ta'limga (tegishli soha mutaxassilari fikri atroflicha o'rganilmasdan) bunday mafkuraviy aralashuvlar ta'limning, ilm-fanning rivojlanishiga olib kelishiga ishonmayman. Teskarisi bo'lishi ehtimoli ancha ko'proq! Bu mening fikrim! Aksariyat aniq, tabiiy, texnika fanlari mutaxassilari ham shunday fikrda deb o'ylayman!
P.S. Men bu bilan davlat siyosatiga yoki tilimizning mavqesini oshirishga qarshiman demayapman. Ixtiyoriy ta'lim turi hisoblangan Oliy Ta'limda mutaxassilikkka aloqador bo'lmagan "Majburiy dars(fan)" qo'yib, "majburiy o'qitish" amaliyotiga qarshiligimni bildirdim xolos!
https://www.facebook.com/mvsso/videos/337005537288010/
Show next 100 comments