Шавкат Мирзиёевдан иқтибос:
«
Бизда 1-курсда умумий фанлар ўқитилиб, мактаб дастури қайтарилади. Ёшлар бир йил умрини йўқотиб, қизиқиши сўниб ҳам қолади. Ривожланган давлатларда бундай эмас, биринчи йилдан мутахассислик фанларига ўтиб, амалиётга муҳим ўрин берилади. Натижадаги фарқни ҳаёт кўрсатиб турибди», - деди давлатимиз раҳбари.
Мутасаддиларга Жанубий Корея университетларидаги ўқув дастурлари ва соатларини ўрганиб, мамлакатимиз олий таълим тизимини қайта кўриб чиқиш, талабаларни амалиётга максимал йўналтириш бўйича кўрсатмалар берилди.
👉 @xushnudbek 👈
P.s. Abituriyent bo'lib qolgim kelyabdi.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFPjSPsA-5uzWLJjtw
OTM laridagi o‘qitish dasturi bo‘yicha fikr, tanqid va takliflarimini yozmoqchiman.
Taklif, izoh va oxirida xulosa.
1. OTM ga qabul qilingan past balli talabalarga(yoki hammasiga) o‘z sohasi bo‘yicha maktab dasturini(yangi ishlab chiqishsa juda yaxshi) qandaydir vaqt(masalan 1 semestr) davomida o‘rgatish kerak. Bu vaqt davomida yo‘nalish sohasidan uzoq bo‘lgan darslar ham o‘tilishi mumkin.
Maqsad hamma talabalarni bilim bo‘yicha tenglashtirish.
Izoh: OTM lardagi fakultetlarni 2 turga bo‘lish mumkin. Reytingi(kirish bali) baland va past. E'tibor bersak reytingi baland OTM larda talaba o‘z sohasi bo‘yicha to‘la tushunchaga ega bo‘lishi mumkin(agat harakat, mehnat qilsa). Reytingi past OTM larda esa talabalarni bilim darajasi past bo‘ladi. Uning ustiga metodikasi yaxshi o‘qituvchilarni ham topish qiyin. Bir narsani takidlash lozim. Oliy ta'lim darslarini o‘rganish unchalik oson ish emas. Boshlang‘ich bilim, mehnat va harakat talab qiladi. Buni ko‘pchilik yaxshi bilsa kerak. Buni maktab darslarini yaxshi o‘zlashtirmagan talaba o‘zlashtira olishiga ishonish qiyin. Masalan fizika yo‘nalishiga bu yil fizika fanidan 15 ta ishlaganlar ham o‘qishga qabul qilindi. U darslarni ham tushonolmaydi. Qandaydir keraksiz fanlardan leksiya yozish bilan vaqti o‘tadi. Maktab dasturini ham o‘rgansa bo‘ladi. Qo‘shimcha kurslarga borib. Lekin kantrakt pulini to‘lasinmi, qo‘shimcha kvartira, oziq-ovqat degandek va ayrim keraksiz fanlardan leksiya yozish bu talabani asosiy ishiku. Quloqchinni taqib olib yozaveradi. Zaro nima yozayotganini mag‘zini ham chaqmaydi. Bu turishda semestr oxiri keladi. Talaba ilojsiz va poraxo‘rlikka qo‘l urishi tabiiy. Xullas bali past talabalar ham biror nima o‘rganishsin, juda bo‘lmasa boshlang‘ich tushinchalarni.
Bu taklif hamma talabalarni bilim darajasini tenglashtirishga yordam beradi deb o‘ylayman.
2. Agar birinchi taklif o‘rinlanmasa. Ishtiyoqi bor, o‘qiyman degan talabalarni reytingi baland OTM larda taxsil olishiga ko‘maklashish zarur. Agar bu OTM emas prizdident maktabiga o‘xshash prizdident universiteti tashkil qilinsa bu ayni muddao bo‘lardi.
Izoh: Ular oliy ta'lim fanlarini to‘liq o‘zlashtirib. OTM larda dars berishsa talabalar hurmati, yaxshi metodika va asosiysi bunday o‘qituvchilar ko‘payishi, pora yo‘qolishi bilan tugaydi. Talabalar ham bunday o‘qib shunday natijaga erishishga intilishadi deb o‘ylayman. Lekin bunday iqtidorli va metodikasi yaxshi bo‘lgan o‘qituvchi o‘tsa ham maktab dasturini yaxshi bilmaydigan talaba o‘rganolmaydi. Faqat nazariy tushunishi mumkin. Shuning uchun 1-taklif to‘liq o‘rinlanishini xohlardim. Bakalavr talimi 5 yildan iborat bo‘lsa ham. Yoki keraksiz fanlarni qisqartirish zarur.
3. O‘qituvchilar tomonidan darslar uchun qo‘shimcha maruza darslari tashkil qilish kerak. Bunda talaba o‘qituvchini tanlash ixtiyoriy tanlash huquqiga ega(Amerika standartiga o‘xshash).
Izoh: Talabaning umuman olganda bir smenasi bo‘sh bo‘ladi(agar keraksiz fanlardan leksiya yozish kerak bo‘lmasa). Talaba bo‘sh smenasida biror o‘zi unchalik tushunmagan mavzusi bo‘yicha maruzaga borsa u yerda qo‘shimcha savollar o‘ziga tegishli malumotlarni to‘liq olishi mumkin. O‘qituvchi esa talabalarni o‘z maruzasiga taklif qilishi mumkin. Hamma qiziqqan talabalar bir joyga kelganda o‘zaro fikr almashish va ajoyib yangi g‘oyalar ham chiqishi mumkin. Maruza ham ajoyib o‘tadi. Bunda albatta o‘qituvchiga qo‘shimcha imtiyoz berilishi kerak odam ko‘p qatnashganiga qarab. Buni maruzaga qatnashgan talabalar ham amalga oshirsa maruzaga faqat qiziqishi borlar kelishadi. Bunda talabalar ham vaqtini bekorga o‘tkazmaydi.
4. Talaba o‘z sohasiga tegishli fanlardan va ingliz yoki rus tilidan(tilni talabaning o‘zi tanlagani maqul deb o‘ylayman) sessiya imtihonini topshirishi kerak.
Izoh: Albatta bu talaba o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga asosiy sabab va fanlar kamligi poraxo‘rlikni ham oldini oladi. O‘z sohasini va tilni yaxshi biladiganlarni boshqa davlatga yuborganda ham o‘z oliygohini obro‘sini tushirmaydi.
Talabalar ko‘rsatgan o‘rtacha natija, shu guruhni o‘qitgan talabalarning o‘qituvchisi oladigan oylik maoshga to‘g‘ri proporsional bo‘lishi kerak.
Izoh: Asosiy maqsad talaba va o‘qituvchi orasida faqat bilim bo‘lishidir. O‘zaro kelishuv(poraxo‘rlik), soxta imtihonlar umuman bo‘lmasligi kerak. Bu o‘qituvchi uchun ham masuliyat va o‘qituvchilik obro‘si va unvoniga ta'sir qilishi kerak.
Bular O‘zbekistonimiz taraqqiyotini rivojlantirishi mumkin.
Yana bir ko‘rib chiqaylik nima sodir bo‘lishi mumkin?
Past bal bilan o‘qishga kirgan talaba bilimli bo‘lishi.
Yanada bilimliroq bo‘lishi.(1-taklif)
Iqtidorli talabalar qatoriga qo‘shilib. Reytingi baland OTM yoki prizdident universitetida tahsil olishi. O‘z sohasini yetuk mutaxassisi bo‘lib OTM larda ajoyib o‘qituvchi bo‘lishi(2-taklif)
Ajoyib metodikasini ishga solib OTM larda talabalarni o‘qitishi, maruza o‘tishi va e'tiborga loyiq inson bo‘lishi(3-taklif)
Talabalik paytida til o‘rganishi boshqa davlatlarda malaka oshirib dunyo bilimlarini o‘rganishi(4-taklif)
Va asosiy narsa o‘zi o‘qitadigan talabalarni bilim darajasini albatta yuqori ko‘tarishi mumkin(5-taklif)
E'tibor bering! Past natija bilan o‘qishga kirgan talaba shuncha ish qilishi mumkin ekan. Qila oladi ham.
@xushnudbek
Xushnudbek aka shu fikrlar, takliflar ham rivojlanishimizga samara berishi mumkin.