⚡️ТАТУ ва унинг филиаллари учун ўтиш бали белгиланди

Хорижий ОТМлар, шунингдек, Ўзбекистондаги филиаллар ва нодавлат олий таълим ташкилотларидан талабалар ўқишини Тошкент ахборот технологиялари университети ва унинг филиалларига ўқишни кўчириш бўйича ўтиш бали маълум бўлди.

Унга кўра, ТАТУга кўчириш учун ўтиш бали 80 балл, филиалларга кўчириш учун ўтиш бали 56,7 балл этиб белгиланди.

Бошқа ўтиш баллари:

Тошкент давлат юридик университети учун — 105,84 балл;
Тошкент давлат транспорт университети учун — 104 балл;
Тиббиёт ОТМлари учун — 100 балл;
Олий таълим вазирлиги тизимидаги ОТМлар учун — 66,1 балл.


👉 @xushnudbek 👈

359 comments

Show 100 more comments
Habibullo
Ertaga chiqadimi kuni
Bek .
Qaysi ahmoqlar kirish balloni bunaqa past qib qo'yadi tuwunmiman. Bu ballni umrida kitob ochib o'qimagan xam oladiku.Bunaqa 56.7 ball bilan kirgan savodsizdan qanaqa mutaxassis chiqadi hayronman
Ilhom Abdunazarov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka shu ballar har xilligiga qanday qaraysiz??? Bu ochiqchasiga OTMlarni tabaqalashtirish, 1,2,3-sortlarga bo'lishga o'xshab qolyapti. OTMlar uchun har xil bilimli yoshlar saralanmoqda, shaxsiy fikrim bir xil bo'lishi kerak ham OTMlar uchun, sifat kerakmi unda butun O'zbekistondagi OTMlarga bilimli yoshlarni olish kerak. Mantiqsiz tuyulyapti men uchun bu o'zgarishlar. Aytishlari mumkin har bir OTM o'zining sig'imiga qarab, saviyasiga qarab ball belgilayapti deb, ammo hech bir OTM olidindan bilmaydi, ushbu OTMga belgilagan ballni yig'ib 1 ta talaba perevod qiladimi yoki 1000 ta. Yoki saviyasi masalan TDYUiga o'tish balli kamida 170 ball bo'ladi, OTM belgilayaptiki, shu ballni atiga 55-60 foizi atrofida. Bu yerda na OTM sig'imi inobatga olinyapti va na ochiqchasiga ilgari surilayotgan OTM sorti. OTMlar sig'imiga to'g'ri kelmaganda beriladigan takliflar boshqa masala. Shaxsiy fikrim sifat kerak bo'lsa 100 foiz 105.84 ball qilish kerak, OTMlarga mablag' kerak bo'lsa 56.7 ball qolaversin. Aytishlari mumkin ba'zi OTMlarni o'zimizda konkurensiyada o'tish balli 60-70 bo'lib yotibdiku deb, baraka topishsin ta'lim tizimida xizmat qilayotganlar, axir O'zbekistondagi OTMlar korzinka quticha emasku!!! Mayli olishsin 70 ball kira olinadigan joyga 106 ball to'plaganlarni, nimasi yomon???? axir shunda bilimlilar ko'payadiku O'zbekistonda. Ball tabaqalashtirishga eng yaxshi javob muhim sohalar bo'lgani uchunmush, axir bu javobmasda qolgan sohalar nima bo'lsa bo'laversinmi. TATU filiallariga 56.7 ball ekan qani mantiq, kadr yetishmasa o'zimizda qabul sonini ko'yaptirishsin, xullas Xushnudbek aka men shu tabaqalashtirib yuborishlarini tub maqsadiga umuman tushunmadim. Shu masala bo'yicha aka biz ko'rmayotgan muhim joylari bo'lsa iltimos yoritib bering agar fikrimizda jon bo'lsa, shu masalani siz olib chiqing. Men o'zim ham perevod qilishim kerak, qarindosh do'stlarimiz bor sovuq niyatimiz yo'q hamma butun O'zbekistonga perevodga yozganlarni barchasiga omad o'tishsin. Men faqat O'zbekistondagi barcha OTMni bitirayotganlar munosib kadr bo'lib chiqishlarini xohlardim. Axir ular TDYUda Tibbiyotda, Diplomatiyada o'qimayotgan bo'lsalar ham har holda 4 yil umrlarini sarflashadi. Aka shu postni e'tiborsiz qoldirmang iltimos..................!!!!
Assalomu aleykum Xushnudbek oka turkiya Sogliq bilimlar unversiteti xamda buxoro davlat tibbiyot inistituti talabasiman qushma fakultetda óqiyman bizaga perevod qogoz suraganda perevod mumkin emas degan edi shu tugrimi iltimos oka bilib bersangiz.Kattakon raxmat
Assalomu aleykum Xushnudbek aka sizlar 66.1 ball losangiz perevod bòladi degan edingiz.Medinstitut yuridicheski aniq aytilangandidi Transpot iinstituti aytilmagandi. Endi nimaga oxirida aytilayabdi.Bu nohaqliku. Boshqasiga ķòchiramiz desak endi bomayabdi.Iltimos shu masalani kòrib chiqsangizlar.
John✔
Assalomu aleykum Xushnud aka 66.1 dep aytilgan oqishlarni xammasi nega oxirgi kunida Aftomabil yòllar instituti bunaqa yuqori qilb qoydi balni xop unda arizani qaytadan ozgartirishga ruxsat bersin Taxrirlab qaytadan ozgartirib bolmayapti bu masalani ozingiz oydinlashtirsangiz xechkim eplolmaydi ‼‼‼‼‼‼‼‼‼‼‼‼
TATU ning oʻziga va filialiga turlicha ball berilishi haqiqiy adolatdir. Nimagaki TATUning oʻzi borgan studentga kallasini ochib bilimlarni solib qoʻyadida. Manimcha filiali va oʻzining diplomi teng kuchli boʻlsa kerak.
Samarqand viloyati, 6-avgust, soat 18:00
Test topshirish manzili: Samarkand tumani, “Rustam” MFY, Boyazid Bistomiy ko‘chasi
Test topshirish joyi nomi: Bolalar va o‘smirlar sport maktabi qayrda
Ichki perevod bunga kirmaydimi
O'tish balidan o'tsa bo'ldimi o'qishdan o'tadimi
Нега бошида 66.1 балл деб белгиландида, кейин битта битта узшариб ётипти, бу узи конун чикариб узи уни бузиши дегани эмасми, раз 66.1 деб айтдими гапида турсин охиригача, узгартиравермасдан, булмаса шуни бошида хаммасини алохида чикариши керак эди. Масалан конун чикарилди, уни хар куни ичидани нормаларини узгартираверса, табакалаштирса, бу кандай мантиксизлик, нега шуни бошида уйлашмади, бизда аввал иш бажарилади кейин у хакда уйлашади, аввал 7 улчаб, кейин бир тухтамга келиб оммага эьлон килиниши керак, эьлон килинганни узгартиравермасдан, худдики уйни куриб болиб, уни фундаментини узгартиришга ухшаш гап
Assalom alaykum horijdan o'qishni ko'chirish arizam rad etildi va men kamchiligini bartaraf etdim arizam yana ko'rib chiqiladimi
Suvonova Sabrina
Assalamu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz xorijdan o'qishimni ko'chirmoqchiman online ariza topshirganman lekin haligacha javobi kelmadi haliyam yangi bo'lib turibdi
Salom mani arizam nega faqat qabul qilindi deyapti korib chikilmoqda degani kelmayapti
Neca baldan shuni olsa.Umumiy ball neca ball ILTIMOS AYTIB YUBORINGLAR
Alimboyeva X
Nega savollarga javob bermayapsiz
Ассалом Хушнудбек ички укишни кучириш жавобини кайердан билса булади
Телефони жавоб бермайди
A•🇿•🇮•🇿•🇯•🇴•🇳
Assalomu aleykum Xushnudbek aka
TATU ga òyish ballari
Yanagi yil ham shu tartibda bòladimi endi
Horijdan kòchiradiganlar ham imtihon topshiradimi