This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir necha kun oldin Mahalla telekanalining #muvaffaqiyatim_sirlari koʻrsatuvida shogirdim Nodiraxon Sa’dullayevaga bagʻishlangan soni namoyish etilibdi.

Nodiraxon 2015-yilda shogirdlarim ichida eng yoshi (6-sinf) edi, lekin bemalol mantiqiy (logical) masalalarni yecha olardi.

Hayot sinovlardan iborat ekan, ma’lum vaqt kasallanib qoldi. Lekin irodasi soʻnmadi, ta’bir joiz boʻlsa soʻnishiga qoʻymadik ham. Ba’zilar shaxsan menga “shu qiz shogirding endi sindi” deyishgandi ham. Koʻz tegmasin, yaqinda yana bir nechta xalqaro olimpiadalar gʻolibi boʻldi, IELTS dan 7 (ball) oldi!

Umid qilamanki, yangi yilda Nodiraxon eng katta orzularidan biri “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi boʻladi!

Koʻrsatuvni batafsil quyidagi havoladan koʻrishingiz mumkin, tavsiya qilaman: https://t.me/MahallaTelekanali/4746

1 comment

Ko'z tegmasin. Omadlar tilaymiz!!!