Bir necha kun oldin
Mahalla telekanalining #muvaffaqiyatim_sirlari koʻrsatuvida
shogirdim Nodiraxon Sa’dullayevaga bagʻishlangan soni namoyish etilibdi.
Nodiraxon 2015-yilda shogirdlarim ichida
eng yoshi (6-sinf) edi, lekin bemalol mantiqiy (logical) masalalarni yecha olardi.
Hayot sinovlardan iborat ekan, ma’lum vaqt kasallanib qoldi. Lekin
irodasi soʻnmadi, ta’bir joiz boʻlsa soʻnishiga qoʻymadik ham. Ba’zilar shaxsan menga
“shu qiz shogirding
endi sindi” deyishgandi ham. Koʻz tegmasin, yaqinda yana bir nechta xalqaro olimpiadalar gʻolibi boʻldi, IELTS dan 7 (ball) oldi!
Umid qilamanki, yangi yilda Nodiraxon eng katta orzularidan biri “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi boʻladi!
Koʻrsatuvni batafsil quyidagi havoladan koʻrishingiz mumkin, tavsiya qilaman:
https://t.me/MahallaTelekanali/4746