​​Давлат тест марказининг бир тийинга қиммат маълумотларидан нима фойда?

Абитуриентлар томонидан энг кўп берилаётган саволлар ТОП-5 рўйхатидаги бир саволни айтиб ўтмоқчимиз:

Қайси олийгоҳдаги қайси таълим йўналишига неча нафар абитуриент рўйхатдан ўтганини қаердан кўриш мумкин?

Ростдан ҳам, ДТМ сайтида нега бу маълумотлар бериб борилмаяпти? Олдинга қараб ривожланяпмизми ёки орқа кетяпмизми? Ахир аввалги йилларда бу имконият берилар эдику!

Қабулнинг деярли ярми тугаб бўлди. Лекин ҳалигача ДТМ қайси йўналишга неча нафар абитуриент рўйхатдан ўтганини ошкор қилишни истамаяпти? Нега?

Техник имкониятлар муаммо бўлмаса керак ҳар ҳолда. Ўтган йилги имкониятнинг наҳот бу йил иложи бўлмаса? Нима, шу даражада қийинми қайси йўналишга неча нафар абитуриент 1-таълим йўналиши, нечтаси 2,3,4,5 йўналиш қилиб рўйхатдан ўтганини очиқ эълон қилиш? ДТМни мақсади нима?

Имтиҳон топшириш учун ҳар бир "эски" абитуриентлардан 111,500 сўмни тийин тийинигача олишни билган ДТМ нега абитуриентлар учун бу борада қулайлик яратишни пайсалга солмоқда?

"Пулини олганингдан кейин техник имкониятларингни ҳам мукаммал қилиб қўй номард!" дейдиган одам йўқ! Бир тийинга қиммат ҳар куни умумий топширилган абитуриентлар сонини бошига урадими абитуриентлар? Нима фойда ундан?

"соат 18:00 ҳолатига кўра", деб эълон қилинаётган ҳисоботлар фақат ДТМга фойда, бошқага эмас! Ишлаяпмизми? Ишлаяпмиз! деб халқни оғзига уришдан бошқаси эмасми ёки?

Қайтариб айтамиз – абитуриентлар учун бу умумий рўйхатдан ўтганлар сони бир тийинга қиммат маълумот!

Безбет ташкилот деса ҳафа бўлади ва ҳеч қайси ижтимоий тармоқлардаги хабарга муносабат бермай қўяди. Керак бўлса, маънавий зарар етказдинг деб ўзингни судга беради. Расмий муносабат кутиш ҳам бефойда, лекин биз барибир абитуриентлар тарафидамиз ва бу қулайлик нега ҳамон яратиб берилмаётганини сабабига изоҳ кутамиз!

Пост тугади!

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈

120 comments

Show 60 more comments
𝙿𝚑𝚎𝚗𝚘𝚖𝚎𝚗𝚊𝚕🪐💚
Tòppa tòģri anchadan beri kutyapmiz bu ma'lumotni.
😂😂😂🤟🤟🤟🤟🤲🤲👍
Vakhidov
Dtmni qilgan ishini yoqlayman har bir abituriyent uzini bilimiga ishonishi kerak qogani bir tiyin avvalom bor dtmga rahmat 5 ta institut tanlash sharoitini yaratib berdi online hujjat topshirishni tashkillashtirdi abituryentlarga yengillik yaratish uchun 2 ta fan qildi 5 ta emas savollari osonlashtirdi tug'ri utgan yili tushgan savolla har yilgidan oson buluvdi. Manimcha ularga rahmat deyishimiz kerak ularga zarur mas edi shuncha sharoit yaratib berib. Yaxshi lik qilib sukishgayam qoldi bechoralar noshukur bumaylik har birimiz musulmonmiz
Juda kalta o'ylavos kzizi qarindoshlariz ishlamidmi mobodo?? Eng past ishlidgon bzada bosa kere ma'suliyati his qmidgonla oddiy misol imtihonda 3 soat voxt berilishi tasdiq topganmi?? Tillari jingale bop qoldyu 3 soat db etvorgandan keyin. Mandatchi o'tgan yili 10 kunda chiqqanmi?? Vaholanki texnika uchun xalqdan yani o'tgan yili 2-marta topshirganladan yig'ilgan pul MILLIARDNI TASHKIL Qilgan qatga ishlatishdi wunchasini. Ogan suv va 2 varo cherniy listlariyu ishlamas kamerlarigami???
Juda ichmdegi gapla yozilgan faqat shu darajada yozilganki siyosatga aralashb qomadilami dgan savol ham tugilvotti. Lekin hammasi 100% to'ri qoyil shu kanali yaxshi koraman
Odamlar kerak bo‘lsa million to‘lab shu imtixondan o‘tishga tayyorlangani borishyapti. Shunchalik tayyorlanib kirolmasa buni nima keragi bor? Rostdan ham 1so‘zmni ham halollab topish kerak! Eng kamida oylik olib bolalariga yedirishi uchun!
Bir necha yillardan kn faqat bilimlilarga ish topiladi otasini puliga bitirganlar qolida diplomi bilan qolib ketaveradi. Bu superkontraktlar davlat byudjetni toldiradi xalos.Bu davlat siyosati.
правда👍👍👍👍👍👍
Aziz Hamdamov
Shu gaplaga bitta lak
Ибрагимова
To'g'ri progress yo'q balki shu postdan keyin yoritib borishar hali ham umidni uzmaymiz.
Ha tugri nega utgan yili bulgan bu qulaylik bulmayapti bu insofsizlik
Haa tug'ri aytasiz dtm ni maqsadi nma abituriyentlarni uqishga kirishiga imkon berishmi yoki abituriyentlarni imtihondan yiqitishmi
♥♥♥
👍👍👍мени хам шу саволлар у́йлантирганди, чунки у́тган йил бу малумот бериб борилганди,ДТМ марказидан тез орада жавоб кутамиз
Tezroq eʼlon qilib borilishini kutishdan boshqa choramiz yoʻq! DTMga gap yoʻq ❗ Chunki gapning foydasi yoʻq ❗)))
Oʻtgan yili 6-iyulda chiqgan edi, balki bu yil ham kechroq boʻlsa ham chiqib qolar. Hujjat topshirishga shoshmasligingizni tavsiya qilaman.
https://t.me/Abituriyent/1843
Nima qilinishi kerak sizningcha?🤔 Oʻzingiz 50ta oʻrin 20/30 va 25 ta oʻrin 10/15 boʻlsa qay birini tanlardingiz? 50talik oʻringa hamma "yuguradi" albatta! Lekin 25talik oʻringa bilimiga ishonganlargina xujjat topshiradi)
祖克 1997
tog'ri👍👍.Test markazi Nega buncha sust ishlayapti.uzreportda 2020 2021 qabul boyicha o'tkazilayotgan brifinglar ham qoniqarsiz.Nima savol bersangiz moqda moqda yoki bu savolga javob berish bizning vakolatimizda emas deb javob berishadi.Anniq javob yuq.Nima bu axvol? Nega xorijiy davlatlarga o'xshab ertaroq tayyorgarlik ko'rishmaydi bu yil shuncha kvota, mana shu fakultetga shuncha, mana bu fakultetga shuncha kvota deb ertaroq hamma narsani tayyor qilib qoysa bolmaydimi?.Bizda har yilgi axvol qabul boshlanishiga sanoqli kunlar qolganda test markazidagilar harakat qilib boshlaydi.Ungacha nima ish qiladi bula hayronman
Гап юк ана шунака гапириш кк буларга нима булар оддий халкни уйламайдими инсофсизлар качонгача оддий халк кийналиб юради укимишли боллар хам киролмаяпти"ичидаги одамлар сабаб"Инсофингларни берсин биз сораймиз АЛЛОХ дан
San jinnixonadan chiqmadinmi kim san botta adi badi etvossa oqlovchi bor towinni ter sal kallla blan oylab gapirvossami xisob kitobbiyam yeb ichib qoyeykansa molli kallasidan farqin yoq ota onenga raxmat wunde namunali bola ostiriwibdi DTMni oyogini opib yuruvr 111min som sani ota onen toperiwga qurbi yetar Uzbekistonda 50% axoli ogir nochor axvolda yawawini sani mol kallen qattan tuwinsin qozonida bir xaptalap ovqat piwmidgan quruq non blan suv ichib kun kechiryatgan oilalar bor . E axmoq ..
Birinchidan ularga davlat tomonidan bu narsalani otkaziw uchun otti kallaside pul otkaziladi ikkinchidan 111minga man sanga 20ta boklawka 0,5 suv va 10ta ,10ta maska va qulqop oberaman. Matematkani bowqattan organib kel maktabmas bogchaga boruvr
Show next 39 comments