Endi siz
TIFT universitetiga kirib, QS reytingda
TOP500 ga, Malayziyada esa
N1 boʻlgan universitet diplomini ham olishingiz mumkin!
🇺🇿🇲🇾🎓Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rahbariyati Samarqand shahrida o‘tayotgan
O‘zbekiston-Malayzia biznes forumida ishtirok etdi.
✅ Forum doirasida TIFT universiteti hamda
xalqaro va nufuzli QS reytingi bo'yicha dunyoning kuchli
TOP 500 taligiga kiruvchi Malayzianing Utara universiteti rektorlari tomonidan
1+3, 2+2 qo‘shma ta'lim dasturlarini joriy qilish, talabalar almashinuvi (akademik mobillik), professor-o'qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
✍️⏺ Mazkur hamkorlik shartnomasida 2024-2025 o'quv yilidan boshlab bakalavr va magistratura talabalari uchun
Iqtisodiyot, Biznes analitika, Turizm, Axborot texnologiyalari, Kiber xavfsizlik va sun'iy intellekt, HR menejment yo'nalishlarida qo'shma dasturlarni yo'lga qo'yish belgilandi.
🎓TIFT — Orzularga yetaklaymiz!💬 Telegram |
📹 Instagram |
📒 Facebook |
📹 Youtube