This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов кредит-модуль тизими ҳақида айрим маълумотларни бериб ўтди.

➖ 2020/21 ўқув йилидан 46 та ОТМда бу тизим жорий этилди ва босқичма-босқич кенгайиб боради;

➖ Ўқув ҳафталари қисқарди. Илгари ўқув ҳафталари 38-40 ҳафта бўларди, ҳозир эса 36 ҳафтага туширилди. Шундан 30 ҳафтаси бевосита дарс бўладиган академ ўқув ҳафтаси ҳисобланади. Бундан келиб чиқадики, талабаларнинг академ ўқув йили 10 ойдан 7,5-8 ойга туширилди;

➖ Бир семестр 18 ҳафтадан иборат бўлади, талаба шундан 15 ҳафтасида ўқийди. Қолган 3 ҳафтанинг 1 ҳафтаси янги фанлар ва профессор-ўқитувчиларни танлашга бағишланса, 2 ҳафтаси аввалги қарзларни ёпишга бағишланади. Шу 3 ҳафта ўтгач, дарслар бошланади;

➖ Учинчи (ёзги) семестр ҳам киритилди. Бу қарздор талабаларни қайта ўзлаштиришига бағишланган семестр. Бунда талабалар кредит сотиб олиш учун қўшимча маблағ тўлайди ва қарзларини топширади. Таътил пайти ишга жалб қилингани учун, ўқитувчиларга алоҳида ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

304 comments

Show 6 more comments
shu narsa oshiqcha. ayniqsa tibbiyot insitutlariga
Endi ham domlaga, ham 3-semestr (yozgi) ga pul to'laydida bechora talabalar!
Koruppsiyani qonuniylawtrw bu
Assalom aleykum Xushnudbek aka sizdan huquqiy maslahat olish uchun qanday bog'lansam bo'ladi? Online ta'lim bo'yicha savolim bor edi
Бир кредит бохаси канша болар екан
Har qanaqsiga sog‘ishda
Samandarova Gulnoz
Masalan bitta fanni yopolmadi deylik umumiy so‘mma to‘lanadimi yoki o‘tilgan har bir soat dars uchunmi
Qaysi oliy ta'lim muassasalari o'tgan bu tizimga
Bu juda bolmagan narsa. Qanday qilip oquvchilardan pulni olishni bilmagani uchun bomağir tizimlar oylab topiwyapti
Hasanboy
Koruppsiyani qonuniylawtrw bu
Vot ana udar gap boldi🖐👍🏻👍🏻👍🏻👏🏻👏🏻👏🏻
Ajoyib, faqat yana bir taklif o'qishni ko'chirish tizimini ham soddalshtirish kerak, shu joyda koruppsiya ortgan 1000 dan 2000 kallagacha baholanibdi o'tgan davrda. Agar kim istasa ko'chiraversin, endi tizim o'zgaribdi-ku to'g'rimi endi kim o'qisa kamroq pul to'laydi o'qimasa o'qituvchi qonuniy boyishni boshlaydi har ikki taraf ham bundan manfaatdor
Talabani yiqitish uchun o'qituvchilarga kvota qo'yiladi bunaqada. Masalan bir guruhdan kamida ikki yoki uchta talaba yozgi semestrga qoldir degan topshiriq bo'ladi. Talabalar azob chekadi. Bundan tashqari guruhning 50 foyizidan ko'p qismini yiqitib pullik semestrga qoldiradigan domlalar raxbariyat ko'zida eng kuchli o'z ishini ustasi sifatida qadrlanadi. Axir ular pul olib kelmoqda (*_^)
UZi bu shu payti shartmikan pandimiya payti xalq qiynaldi. Endi buyogi kun buyi telfonda dars qilib kuzdan qolmadi.. 4 yil kuzdan k harf qolmaydiku
Модульга ўтган 46 ОТМ рўйхати борми? Хушнудбек ака, сизда бўлса ташлаб беринг.
Umuman bu tizim yaxshi emas oddiy kontrakt yoki super kontraktdagilaga, ayniqsa 500 600 mingdan kvartiraga turib yemay ichmay qiynalib yashab yurgan talabalarni sho'ri qurirkan (
Show next 100 comments