This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов кредит-модуль тизими ҳақида айрим маълумотларни бериб ўтди.

➖ 2020/21 ўқув йилидан 46 та ОТМда бу тизим жорий этилди ва босқичма-босқич кенгайиб боради;

➖ Ўқув ҳафталари қисқарди. Илгари ўқув ҳафталари 38-40 ҳафта бўларди, ҳозир эса 36 ҳафтага туширилди. Шундан 30 ҳафтаси бевосита дарс бўладиган академ ўқув ҳафтаси ҳисобланади. Бундан келиб чиқадики, талабаларнинг академ ўқув йили 10 ойдан 7,5-8 ойга туширилди;

➖ Бир семестр 18 ҳафтадан иборат бўлади, талаба шундан 15 ҳафтасида ўқийди. Қолган 3 ҳафтанинг 1 ҳафтаси янги фанлар ва профессор-ўқитувчиларни танлашга бағишланса, 2 ҳафтаси аввалги қарзларни ёпишга бағишланади. Шу 3 ҳафта ўтгач, дарслар бошланади;

➖ Учинчи (ёзги) семестр ҳам киритилди. Бу қарздор талабаларни қайта ўзлаштиришига бағишланган семестр. Бунда талабалар кредит сотиб олиш учун қўшимча маблағ тўлайди ва қарзларини топширади. Таътил пайти ишга жалб қилингани учун, ўқитувчиларга алоҳида ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

304 comments

Show 68 more comments
Humoyun
Òqishdi tashlemi endi 2oldm yakuniydan
Muxlisa Ravshanovna
Chet el OTM larini eshitib doim havas qilardim. Bizga ham kelibdi mana. Bu faqat plyusga ishlasa kerak deb o‘ylayman
Qolaversa darslar oldingiday hech kamaygani yoq
Мухайё •••Toirova M•••
Сокка килишни янги ва жуда одобли усули. Коррупцияни янги куриниши. Яна нима деб атаса булади 🤔🤔
Gullatvordiz brat gap yo😂👏
Yana soqqani qilish ekanda asosiy maqsad
G'iyosiddin Raimjonov
Credit tizimi ham yoqmay qoldimi endi? Oldin hamma oliy ta'limda sifat yo'q kerak keraksiz fanlarni qo'shib tashlagan deb nolirdi. Endi esa zamonaviy tizim kiritilsa yana tanqidmi? Unda o'zlaringiz taklif qilinglar yangi tizimni va premiya olinglar. Qachon qaramaylik faqat talaba noliydi, o'qish yomon. Bechora talabaga qiyin. Talaba aslida o'qiyman desa hozirgi zamonda hamma yo'nalishlar bo'yicha onlayn shaklda material ko'p. Talabalar ustozini ishontirsin bilimi borligiga. Aslida hozirgi zamondagi oliy ta'lim mustaqil ta'limga aylanib boryapti. Qachongacha hammasini faqat ustozga bog'lab, aybdorni axtarib yurish kerak. Shuncha talabaga sharoit qilib berishdi. Hatto bilimi yetmagan ham hech bo'lmasa pulini to'lab o'qisin deyishyapti. Sal keng fikrlash kerakda. Bu ketishda na ta'lim tizimi o'zgaradi va na o'zimizni savodxonligimiz oshadi. O'qiydigan insonga aslida 1 ta kitob va tinch joy bo'lsa yetarli.
Humoyun
Òqishni òrniga hunar egallash kerakmi hamma yoq pul.....
Qaysi otmlar o‘tgan kridit modul tizimiga
HECH QAYSI BIRI FANLARDI YO OQITUVCHINI TANLASHGA RUXSAT BERMAYABFI BIZDA FAQAT PULLIGI AMAL QILADI QOGANI QOGOZDA QOPKETADI
Хасанов Шокиржон
Kridit tizimni avval ustozlarga yaxshilab tushuntirish kerak keyin joriy qilish kerak edi
Haqiqiy korrupsiya talaba oʻzini bosqinni davlatnimi kontrakt daholar sabr hammamizga manimcha bu hali holva endi boshlanyapti 5 ta blok boʻlishi endi koʻramiz yana nima boʻlarkan
Gʻiyosiddin bu testga kirgan payt yechib bilmasdan yiqilsam pul toʻlaysan degani doʻstim boshizga tushsa koʻramiz
Stipendiya masalasida savolim bor edi. Davlat grantida oqiydiganlar hamma fanini a'lo bahoga yopsa 516 ming so'm stipendiya oladi qonun bo'yicha. Bizni yo'nalishimizda bitta fandan imtihon bo'ldi xolos. Qoganidan o'tdi yoki o'tmadi deb yozib beryapti zachotga. Shunda biz osha bitta imtihon bulgan fanni 5ga yopsak beshlik stipendiya tayinlanadimi. Kimdir shu haqida bilsa aytib yuborsa xursand bulardim))
Shu hammasi yahshida grantga o'qiydiganlarni stependiyasi chatoqda 30% 3 bo'lsa stependiya kuyadi shuni atmen qilishsa yahshi bo'lardida
Enidan kesib bo‘yiga yopishtirish
Show next 100 comments