This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов кредит-модуль тизими ҳақида айрим маълумотларни бериб ўтди.

➖ 2020/21 ўқув йилидан 46 та ОТМда бу тизим жорий этилди ва босқичма-босқич кенгайиб боради;

➖ Ўқув ҳафталари қисқарди. Илгари ўқув ҳафталари 38-40 ҳафта бўларди, ҳозир эса 36 ҳафтага туширилди. Шундан 30 ҳафтаси бевосита дарс бўладиган академ ўқув ҳафтаси ҳисобланади. Бундан келиб чиқадики, талабаларнинг академ ўқув йили 10 ойдан 7,5-8 ойга туширилди;

➖ Бир семестр 18 ҳафтадан иборат бўлади, талаба шундан 15 ҳафтасида ўқийди. Қолган 3 ҳафтанинг 1 ҳафтаси янги фанлар ва профессор-ўқитувчиларни танлашга бағишланса, 2 ҳафтаси аввалги қарзларни ёпишга бағишланади. Шу 3 ҳафта ўтгач, дарслар бошланади;

➖ Учинчи (ёзги) семестр ҳам киритилди. Бу қарздор талабаларни қайта ўзлаштиришига бағишланган семестр. Бунда талабалар кредит сотиб олиш учун қўшимча маблағ тўлайди ва қарзларини топширади. Таътил пайти ишга жалб қилингани учун, ўқитувчиларга алоҳида ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

304 comments

Show 93 more comments
Bizda imkoniyat yoʻq. Toshkent TATU da oʻqiysizmi
Bu hech qanaqasiga korrupsiyani yoʻqotosh deb boʻmeydi baribir bahoni oʻqituvchi qoʻyadi, demak baho qoʻyish va kredit sotib olish oʻrniga oʻqituvchiga pul beradi talaba, yaʼni domlalani stavkasiyam shunga yarasha oshadi,
Abdurayim Abduvaliyevich
Bu jannatku! Qani endi hozir talaba bo'lganimda mazza qilib o'qirdim, 2 hafta qayta topshirish vaqti dam olardim. Biz o'qigan vaqtlar 1- semestr oxirgi imtixonini topshirib ertasiga 2-semestr boshlanib ketardi
Shahzoda
Assalomu Alaykum bu qarorni sirtqilarga aloqasi yo‘qmi
G'iyosiddin Raimjonov
➳ᴹᴿ᭄𝓢𝓱𝓪𝓻𝓸𝓯 𝓡𝓪𝓼𝓱𝓲𝓭𝓸𝓿
San yaxshilab postni oʻqi nima deyilgan
Siz ham yaxshilab o'qing unda. O'zlashtira olmagan talaba topshirsin deyapti. O'zlashtira olamasa unga oliy ta'limda nima bor? Vaqtida topshirmagani aslida u yuklamani bajarmagani, uni yana o'qitish uchun ustoz qo'shimcha ishlaydi. Bu yaxshi ishlangan tizim. Faqat uni to'g'ri talqin qilish kerak.
Kredit tizim yaxshi tizim, lekin toʻliq kredit tizim tushunchalari barchasi qoʻllansa yaxshi boʻlardi hamma narsani oʻzlashtiravermasdan
Coral
Aholining ko'p foizining ta'lim sohasidagi fikrlarini tinglasangiz "yurtimizdagi ta'lim sistemasi chet elnikidan oqsoqlanadi,ularda o'qishga kirish oson va kirgandan so'ng,o'qish qiyin bizda esa buning aksi "degan mazmunda fikr bildirishadi.Lekin bu yangilik ham ta'lim sohasiga ,ham talabalarning bilimlarini yanada o'stirishga harakat qilishga turtki bo'ladi,imtihondan yiqilib qo'shimcha pul to'lab qayta topshirmaslik uchun ham o'qishadi.Bu tizimga to'liq o'tish oson bo'lmaydi,ammo o'z samarasini beradi
Jamolbek Jumayev
Assalomu aleykum. Qaysi OTMlar kredit-modul tizimiga o'tgan. Ro'yhat bormi?
Yildan yilga pul ishlashni yangi kreativ usullari paydo bo'lmoqda qoyil oma lekin)
Jamolbek Jumayev
Bu faqat 2020-yilda o'qishga kirganlar u.nmi yoki keyingi yildan barcha kurs talabalari sessiyani shu tizimda topshiradimi? Kimdir biladimi shu haqida.
Aliyev
Bizda yana karantin joriy etilib institut yopiladi degan xabar tarqalmoqda
shu haqida aniq ma'lumotlar bòlsa xabar bersangiz
Show next 100 comments