This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов кредит-модуль тизими ҳақида айрим маълумотларни бериб ўтди.

➖ 2020/21 ўқув йилидан 46 та ОТМда бу тизим жорий этилди ва босқичма-босқич кенгайиб боради;

➖ Ўқув ҳафталари қисқарди. Илгари ўқув ҳафталари 38-40 ҳафта бўларди, ҳозир эса 36 ҳафтага туширилди. Шундан 30 ҳафтаси бевосита дарс бўладиган академ ўқув ҳафтаси ҳисобланади. Бундан келиб чиқадики, талабаларнинг академ ўқув йили 10 ойдан 7,5-8 ойга туширилди;

➖ Бир семестр 18 ҳафтадан иборат бўлади, талаба шундан 15 ҳафтасида ўқийди. Қолган 3 ҳафтанинг 1 ҳафтаси янги фанлар ва профессор-ўқитувчиларни танлашга бағишланса, 2 ҳафтаси аввалги қарзларни ёпишга бағишланади. Шу 3 ҳафта ўтгач, дарслар бошланади;

➖ Учинчи (ёзги) семестр ҳам киритилди. Бу қарздор талабаларни қайта ўзлаштиришига бағишланган семестр. Бунда талабалар кредит сотиб олиш учун қўшимча маблағ тўлайди ва қарзларини топширади. Таътил пайти ишга жалб қилингани учун, ўқитувчиларга алоҳида ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

304 comments

Show 100 more comments
☺️
25майда тугайдими мактабга ухшаб эхх яхши буларди одам укийвериб кийналиб кетди😢 дам хам олайлик ёзда, кейин ёзда мия хам ишламайди дам бериш керак
Hop kredit modul tizimi yaxshi masalan men Samarqand davlat universiteti ga Matematika fakultetida õqiyman. Bizga Tarix Biologiya O'zbek tili fanlari kerak emas da Mutaxassislik Matematika va informatika . Shu fanlarni chuqurroq o'rgansin yaxshi emasmi. Uni õrniga Matematika informatika no chuqurroq o'rgansin. Erga maktabga borib bollaga Tarix yo Biologiya yoIngliz tili o'tmaymizku
☺️
а йук укимаганингиздан якунийни топширолмасангиз колиб кетасиз ва кейин пул тулайсиз кейин имтихонга кирасиз уйламанглар пул тулаб утиб кетаман деб 😁
Pul topishi boshqa yo'li qomaptimi dyman
Bu juda noto‘g‘ri ish hozir men o‘ylashimcha kop narsa yana o‘qtuvchi domlalarga bog‘liq bo‘lib qoladi misol uchun 1kurs bir bola yarim yil onlayin o‘qidi yanvarda o‘qishga keldi va o‘qish joyidan opshitaga joylasholmadi 1hafta darslarga bormay arzonroq yaqinroq kuvartira qidirdi joylashdi borganda esa osmondan tushgandey kitopni oxirdan boshlab dars o‘tishyabdi chunki boshini onlayin vaxti o‘tishgan va bu qahramonimiz internet "juda tez" ishlaydigan joydan edi sessiyada birhil domlalar tushundi va past baho bobo‘sayam
🏤Сохиба🎓
Kirish imtihonlarida soqqa qilalme bu yo'lini topishibdida...
°°°
Hozirgi kridit modul tizimini òqituvchilar umuman tushunishmayabdiku. Biri kirib bir gap aytsa boshqasi uni aksini aytadi.
Eee gap yoqq yomon kallasi ishlaydida bulani endi buni xam qonuniy qilib qoyibtida oldin yashirinchi berilardi endi esa qonuniy diplamatik xal qilib qoyibtida😂😂👍👍👍
Bu tepadagilar insoflarini yeb qòyishyabti
Biz yoshlar kutgandik, bilgandik
°°°
Tizim bòyicha bir semestrni òzi òqiyotgan OTM da boshqa semestrni òziga òtiladigan fanlar òtiladigan boshqa OTMda òqisa bòlarkanmi? Shunaqa deb sòramasam manga aniq ma'lumot berishmayabdi.
Abdulatif XANAEV 10A 20 TMO
XA.. BU YOG'I QAROQCHILIK EKANDA . KIM BILADI QANDAY YO'LI BOR BU O'QISHGA TO'LANGAN 50% KONTRAKT PULIMNI QAYTARISHNI ?????
SUPER KONTRAKDA 10 200 000 TO'LAGANDIM . UNDAN KO'RA O'QIMASDAN OILAMNI BOQGANIM YAXSHI. OILADA 1 O'ZIM BOQUVCHMAN ( AYOLIM VA 3 TA FARZANDIMI RISQIDAN KESIB O'QIMOQCHIYDIM ) QARASAM UMUMAN PUL YETKAZIB BO'LMAYAPDI ( 1800, 2000 MIL OYLIK BN O'QIB BO'LMASKAN . VA OILA BOQISH TO'XTATISHGA TO'G'RI KELYAPDI. NIMA QILSAM VA QANDAY 10 200 000 TULOVIMNI QAYTARIB OLOLAMAN ??? ILTIMOS BIRON YO'LI BO'LSA MASLAXAT BERINGLAR????
Uqituvchilani bohosi😡 qimmatlashadi. Qaysi yul bn bumasin 3chi semestrga kamida 4 ta bolani qoldiradi. Ota onamni qiynamay deb ishlab bir amallab 3 bahoga ŏqiyotganlaga yanayam qiyin bupti. 🤐🤐🤐 Bu tizimni uylagan kalla rosa 💸💸💸 pishganakan😏
Bu yil nomlanishiga etibor berila yoshlar yilimish rahmat yoshlarga juda ko'p imkoniyat yaratib beryapsizlar
Puldor talabalar uchun zo‘r varyand bo‘libdi kambag‘alning bolasi ota -onasining puliga ichi achigani uchun ham o‘qiydi qarz bo‘lib qolmaydi
Show next 100 comments