This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов кредит-модуль тизими ҳақида айрим маълумотларни бериб ўтди.

➖ 2020/21 ўқув йилидан 46 та ОТМда бу тизим жорий этилди ва босқичма-босқич кенгайиб боради;

➖ Ўқув ҳафталари қисқарди. Илгари ўқув ҳафталари 38-40 ҳафта бўларди, ҳозир эса 36 ҳафтага туширилди. Шундан 30 ҳафтаси бевосита дарс бўладиган академ ўқув ҳафтаси ҳисобланади. Бундан келиб чиқадики, талабаларнинг академ ўқув йили 10 ойдан 7,5-8 ойга туширилди;

➖ Бир семестр 18 ҳафтадан иборат бўлади, талаба шундан 15 ҳафтасида ўқийди. Қолган 3 ҳафтанинг 1 ҳафтаси янги фанлар ва профессор-ўқитувчиларни танлашга бағишланса, 2 ҳафтаси аввалги қарзларни ёпишга бағишланади. Шу 3 ҳафта ўтгач, дарслар бошланади;

➖ Учинчи (ёзги) семестр ҳам киритилди. Бу қарздор талабаларни қайта ўзлаштиришига бағишланган семестр. Бунда талабалар кредит сотиб олиш учун қўшимча маблағ тўлайди ва қарзларини топширади. Таътил пайти ишга жалб қилингани учун, ўқитувчиларга алоҳида ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

304 comments

Show 100 more comments
iltimos kerakmas . Uzi kontrakt pulimizni zorg'a to'laymiz
Elyorjon
Nima bolsa ham kontrakt tolayotgan ota onalarga qiyin boladi. Tabaqalanish bor payitda oqish juda qatiq edi talabalar ortasida konkurensiya bolardi harakat qilardi yaxshi baxoga va yaxshi stipendiya olaman dep.lekin xozir unaqa emas talaba yopsa boldi fanini u bilim bilan yopdi yoki boshqa yollar bilan yopdi bunisi davlatga qizigi yoq hullas pul ishlash bolib qoldi agar shu ketishda ketsa bizdan Alisher Navoiy Boburlar chiqmaydi
Elyorjon
Shu kredit modul tizimi ozbek modul tizimiku bu qatta samara beribdi hamma talabalar yomonlab yotibdi huddi Oliy talim muassasi talabalarni yetuk mutahasis bolib chiqararmidi.uning uchun oqituvchilarni saralash kerak bilimli oqituvchilar bolishi kerak oz ustida ishlaydigan oqituvchilarni kopaytirish kerak. Keyin bu tizim haqida oylab korish kerak.Oliy talim muassasalarida 1 kursdan boshlab amaliyotlarni kopaytirish kerak nazariya hech qachon amaliyotga togri kelmaydi agar amaliyotni kopaytirsak talabalar amaliyot bilan nazariya ortasida qanchalik farq borligini biladi
Eeee lubaya biznes harasha SOQQANI BOSILAR SOQQANI talabalarni otao nasini puli biton! Kuniga 5600 topadigan talaba - boy taba dur !!!!!!
Assalomu alaykum. Man 1-kursman. Bizayam kredit modul tizimidamiz. Bizaga òquv yili boshida domlalani òzlaring tanlesila yaxshi òtmasa boshqa domla dars òtadi degandila lekin unaqa bòlmepti. Òzimizdi fanlarimizdan kòra chetki fanlardan kop dars qilepmiz. Mustaqil ishlardi amaliy qilasila degandila hatto labaratoriyalardiyam nazariy òtepmiz. Yana bizadan labaratoriyani kòrsatib berasila diptila. Biza nima qileli kòrme bilme qande bajaramiz. Manimchayam avval domlalani saralash kere. Òzlari yaxshi bilmedila(hammasiyam emas lekin unaqalariyam bor hali) bizadan sòreyvuradila. Notòģri gapirgan bòlsam uzr. Bu mani fikrim😕😕😕
Elyorjon
Davlatimiz shunaqa odamlarni qoliga qoldimi talabalarni ota onasini fikrini eshitib ham otirmasdan qaror qabul qilishayapti
Shu ketishda bolsa biz yoshlar boshqa davlatalaga iwlagani ketardimzde yana nma qilish kere oqishga kirsak yaxshi boladi dsek kritiz tizm qanqa bu balo biz pul tolasak qattan olamiz eee chunilareeeeeeeee
Yigilish qillar sorovnoma qililar test db pulll tolash qochmas ota onaladan sorab korila iltimosssss
Avvalambor assalomu alaykum. Bu gaplarning hammasida qisman bo‘lsa ham jon bor. Sababi meni o‘zim ham 2020 yilda talabalikka qabul qilindim. Lekin birdaniga modil kridit tizimiga tushib qoldik. Karantin sababli darslar 1 hafta bo‘lishi kerak edi. Borganimizda sizlarga 3 kunda tushuntiramiz deyishdi. Ammo 2 kun bordik. Bunda na modil kridit tizimiga tushundik na domlalar bilan tanishdik. Tushunganimizda yo intirnet muamosi yoki saytga kiraolmaslik holatlari kuzatildi. Talaba topshiriqlarni qiynalib bajarsa lekin saytga kiraolmagani sababli topshiriqlarni joylayolmasa bu kimning aybi ? To‘g‘ri bu tizim talabaning o‘ziga qo‘yib beradi. O‘qish yoki o‘qimaslikni. Endi davlat shuni istasa biz ham yo‘q deyaolmaymiz uyerda ( eshakmiyalar ) ishlamaydi. Lekin talabalarni ham o‘ylagan holda shu 1-smestrni hech qanday qo‘shimcha kontrakt to‘lamagan holda tugatsak yaxshi bo‘lardi. Keyingi smestrlarda esa ana o‘qimagan harakat qilmaganlar bexijolat qo‘shimcha kontraktini to‘layversin.
O'qish vaqti kamaysa o'qituvchilarning shtat jadvali ham kamayadimi?
☺️
Iroda Turdaliyeva
Umuman olganda xuddi superkontraktga o‘xshab poraning qonuniy turi ekan Yaxshi baho uchun pul berardiyu sessiyada bunda yiqilsa pul berib o‘tarkanda shundaymi
йук ундай эмас пул тулаб имтихонга кирасиз утолмасангиз колиб кетасиз курсдан пул хам имтихон хам имтихондан нечи олсангиз шу бахо булади пулини тулаб утиб кетиш эмас
Men ham talabaman shunday talabalarni kurdim kontrakt pulini tulashga pul topa olmaydi. Bunday oilalar kup.Keyin shunaqa oila farzandlari institutga topshirishga ham o'ylanib qoladi. Keyin faqaat puli borlar uqiydimi shunda.
Hushnudbek buyog‘i sizga ham qisman bog‘lik. Iltimos shu mavzuni o‘rtaga olib chiqsangiz. Mega endi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yoshlarga shuncha yengilik qilib bersa-yu Oliy ta’lim bizdan uni 2 barobar qilib qaytarib olsa. To‘g‘risi stipendiya 470 ming bo‘ldi. Har bir fanning kontraktichi kamida 500 ming talaba nima qilsin??? Darsga qatnashmasdan kuni bo‘yi ishlasinmi? Iltimos ozgina o‘ylab ko‘raylik . Raxmat
Qani Xalqni o‘ylaydigan inson ham bormikan.
Bunaqa bolishini bilganmda edi oqishga ming lanat degan bolardm oqimasdim bilim oshiramiz deb pul qilish essiz hayf sizlarga ertaga ogrilik odamlar yoshlar buzilsa korasizlar katta janjal bolmasa bolgani ozmizni olidirshga tayyor bolarni kordim qiyinchilikdan
Xurshida Zuparova
Mandayam bir taklif bor staji bor ish joyi bor talabalarga 4. 5 yil oqib ham kantrakt ham umrini vohtini ketqizganini nima keragi bor ularga faqat diplom uchun oqisjmhadiku shuni ham oylab korishsa bolardi xech bolmaganda 3 yillik qilish kerak
Мухаммадюсуф
Endi buyog'iga darsga bormi pul topshni uylidi hamma talaba
Mana endi o'qishga kirishni orzu qilayotgan abituriyentlar maqsad qo'yishda puxtaroq bo'lishga harakat qilish payti keldi. Endi faqat qaysidir 2 ta fan bilan birga ingliz tiliniyam o'rganish bugun uchun "aktualno". Sifati umuman yarim narxigayam arzimagan bu o'qish, umumanam adolat tarozisiga qoyib ko'rilmagan bunaqa qarorlarga yana biz "labbay boshliq, xo'p bo'ladi" deymiz-da yana
Show next 61 comments