This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов кредит-модуль тизими ҳақида айрим маълумотларни бериб ўтди.

➖ 2020/21 ўқув йилидан 46 та ОТМда бу тизим жорий этилди ва босқичма-босқич кенгайиб боради;

➖ Ўқув ҳафталари қисқарди. Илгари ўқув ҳафталари 38-40 ҳафта бўларди, ҳозир эса 36 ҳафтага туширилди. Шундан 30 ҳафтаси бевосита дарс бўладиган академ ўқув ҳафтаси ҳисобланади. Бундан келиб чиқадики, талабаларнинг академ ўқув йили 10 ойдан 7,5-8 ойга туширилди;

➖ Бир семестр 18 ҳафтадан иборат бўлади, талаба шундан 15 ҳафтасида ўқийди. Қолган 3 ҳафтанинг 1 ҳафтаси янги фанлар ва профессор-ўқитувчиларни танлашга бағишланса, 2 ҳафтаси аввалги қарзларни ёпишга бағишланади. Шу 3 ҳафта ўтгач, дарслар бошланади;

➖ Учинчи (ёзги) семестр ҳам киритилди. Бу қарздор талабаларни қайта ўзлаштиришига бағишланган семестр. Бунда талабалар кредит сотиб олиш учун қўшимча маблағ тўлайди ва қарзларини топширади. Таътил пайти ишга жалб қилингани учун, ўқитувчиларга алоҳида ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

304 comments

Show 100 more comments
Мухаммадюсуф
Endi buyog'iga darsga bormi pul topshni uylidi hamma talaba
Mana endi o'qishga kirishni orzu qilayotgan abituriyentlar maqsad qo'yishda puxtaroq bo'lishga harakat qilish payti keldi. Endi faqat qaysidir 2 ta fan bilan birga ingliz tiliniyam o'rganish bugun uchun "aktualno". Sifati umuman yarim narxigayam arzimagan bu o'qish, umumanam adolat tarozisiga qoyib ko'rilmagan bunaqa qarorlarga yana biz "labbay boshliq, xo'p bo'ladi" deymiz-da yana
-Germaniyada nega o'qish bepul?
-Negaki talaba boshqa biror joydan qaysidir shaharga kelib o'qishi davomida, o'sha shahar iqtisodi uchun kontrakt pulidan ko'ra ko'proq foyda berishi aniqlandi
Assalomu aleykum barchaga!Xop kredit-modul tizimi yaratildi!Talaba kontraktni oyma-oy to'lamoqda(uchma-uch).O'zi kontrak to'lash uchun ishlayapti, o'qiyapti.Tizim xatosi deb tursa ushbu tizim! Sifati past internet orqali qanday qilib darslarni o'zlashtirsin? Yo'q bu narsa qiziq emas,balki talaba pul to'lab qarzdorlik fanlarini qayta o'zlashtirishida!Faqat puli borlar o'qiydigan zamon keldi menimcha a?Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga yengillik berish to'g'risidagi qarorlarining ijrosimi bu?Agar shu ketishda bo'lsa ilmli va o'rtahol talabalar mardikorlik qiladi,puli borlar to'lab o'zlashtiraveradi!Jamiyatimizga sifatsiz,ilmsiz,saviyasiz kadrlarni yetkazib berishga xizmat qiladi!Ofarin👍🏻👍🏻
Avvalombor, Assalomu alaykum. Yuqorida yozilgan fikrlarga man ham qo'shilaman. Pandemiya tufayli imtihonlar kechiktirildi.
Shundayam masafoviy bulsayam tayyorgarlik kurdik. Nasib qilib talabalik baxtiga zurga erishdik ikki yildan beri.
Endi talabamizmi deb ham uylanib qoldim.
Institut ostonasiga qadam qoyar ekanmiz , professor o'qituvchilarimiz kredit modul tizimi haqida aytishdi. To'g'risini aytsam kursdoshlarimiz bilan hayratda qoldik.
Manimcha bu "poraxorlik" ning rasmiylashtirilgan turi bo'lsa kerak.
Yoki Davlatimiz pandemiya tufayli ozmuncha zarar ko'rgani uchun, zararni qoplash uchun qilinayotgan chora tadbirlar ham bo'lishi mumkin .
Tug'ri endi puli borlar o'qib puli yuqlar o'qimaydimi shunda?
Institutta nogironligi bo'lgan, temir daftarda turadiganlar, ko'zi ojizlar ham o'qiydi. Ularning ahvoli nima bo'larkin. Oliy ta'lim bularni hammasini obdon o'ylab ish qilishsa bo'lardi...
Xushnudbek aka ózi kontraktni zôrig'a tólaymiz,bizdagi muxut yevropadagidan farq qiladi,Kredit modul ózini oqlamaydi,internet ishlamasa,"Ta'lim berish ôzbekcha,sessiya Jaxon standartida"bu jumla bizni talimga 100%mos keladi
Echkiga jon qayģu,
qassobga moy qayģu.....
NET ISHLAMAYDI ZORGA KIRADI NETGA VAZIFA JOYOAYMAN DIGANDA NET OCHIB QOSA QAYTA KIRIB YUKLIMAN DIGANIZCHA VAQT TUGAB QOLADI KEYIN 2 TAMOM NET TUFAYLI 2 LEKIN UNI USTOZLAGA FARQI YO
Dilshoda Reimbayeva
Bizlar 1 kurs talabalari kredit model tizimi keragi yoq Ozi kontrakni zorga tolayapmiz ota onalarimiz qiynalyapdi o'qishga kirmasdan oldin aytish kerak edi buni
Бундай кредит моделингиз биз тугри келмайди биз чет елда емасмиз халкни уйлаш керак Мен бунга каршиман икки болам хам контирак оддий оилаларни хисобга олинг
$ M. T. BOBOBEKOVA
Assalomu alaykum Xushnudbek. Men oldin ham óz fikrimni qoldirgan edim sizga, lekin profilda ismim yóqligu sabab inobatga olinmadi. Men Munira Bobobekova, ózim yolg'iz onaman bittagina qizim bor 18 yoshda, dadasi ish ustida vafot etganlar, qizim birinchi bosqich talaba, oylik maoshin ikkalamizni yól kiramizu yeb ichishimizga zórg'a yetadi, sog'ligim ham tez-tez pand berib turadi, hozirgi kunda dorilarning bahosi ham ózingizga ma'lum. OTM kridit modulga ótkazilsa, qóshimcha tólovni qanday tólaymanu qizim óqishini qanday davom ettiradi degan tashvish qiynaydi meni shu xabarni eshitganimdan buyon. Puli bor boyvachcha óqiydi, bizdek qól uchida Kun kóradiganni Holi ne kechadi, farzandlarimiz talabalik safidan chetlatiladimi, xósh oxirgi natija nima
Onaxon Abdumannopova
Менинг хам кизим 1 боскич талабаси узи тузукрок билим ололмаяптию инет туфайли яна канака модуль тизими пулга туядими бу рахбарлар Хушнудбек бунака халкни талайдиган карорларни Ким уйлаб топади
Assalomu alaykum
Mana yuqorida koʻp gaplar boʻlibdi
Bu kridet modul tizimi yaxshi tizimdir balki yomon tizimdir
Lekin tanganing ikkinchi tomoni xam bor
Agar bitta fandan qarzdor boʻlgan talaba 1 million soʻmdan ortiq toʻlab yana qayta topshiradi
Bu degani oʻz oʻrnida yana korrupsiyaga yoʻl paydo boʻladi
Qoʻshtirnoq ichidagi rektor va boshqalar $100 yoki $200 evaziga bir semestr davomidagi barcha fanlaringni yopib beraman desa ayrim talabalar rozi boʻladi. Bu oʻz navbatida yoshlarni korrupsiyaga boshlash boʻladi.
Yana ayrim boyvachcha talabalar bu kridet qarzlarni toʻlab imtixonlardam oʻtishi mumkin
Lekin qora xalqchi
Ayrim oilalardan 2 ta 3 ta farzand kantrak shartnoma asosida oʻqiydiganlar bor. Bu degani oʻrtacha 25 million soʻm degani. 25 million soʻm uchun qishloq sharoitidagi oʻrta xol oila qancha mexnat qilishi kerak. Xullas aytadigan gaplar koʻp. Faqat shaxarda yashaydigan boyvachchalarni bolasi oʻqishga imkoniyati yetadi bunday xolatda.
Yana usha eski teshik togʻora.......
Qishloqda internet qayerda, svet yonmaydi
Svet yonmagandan keyin onlayn dars boʻladimi
Internet sekin ishlaydi
Ayrim gap soʻzlarga qaraganda
Yaqinda(1 xafta ichida) shu sessiya sababli QDU da informatika yoʻnalishi talabasi oʻzini osib qoʻygan
hammasi tepada o'tirib qaror chiqaradi ,hech narsani o'ylab kormeydi ham ,qara Chet elda bunaqa tizim qilebdikan desa ,biz ham shuni qilamiz deydi ,o'zlarida shaxsiy fikr yoq, bizga mos keladigan tizim yaratolmeydi ,hatto oylab ham kormeydi ,faqat boylar oqisin ,o'sha bemani kretingni to'lab silarga pul ko'paysa buldi ,boshqalr bilan Nima ishing bor
King
Ayrim gap soʻzlarga qaraganda Yaqinda(1 xafta ichida) shu sessiya sababli QDU da informatika yoʻnalishi talabasi oʻzini osib qoʻygan
Bolishi mumkin hozir hamma talablar stresda yuribdi,Bularni maqsadi talabalarni o'qishdan bezdirish ,yangi O'zbekiston ,yangi kelajak
Show next 42 comments