Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов кредит-модуль тизими ҳақида айрим маълумотларни бериб ўтди.
➖ 2020/21 ўқув йилидан 46 та ОТМда бу тизим жорий этилди ва босқичма-босқич кенгайиб боради;
➖ Ўқув ҳафталари қисқарди. Илгари ўқув ҳафталари 38-40 ҳафта бўларди, ҳозир эса 36 ҳафтага туширилди. Шундан
30 ҳафтаси бевосита дарс бўладиган академ ўқув ҳафтаси ҳисобланади. Бундан келиб чиқадики, талабаларнинг академ ўқув йили 10 ойдан 7,5-8 ойга туширилди;
➖ Бир семестр
18 ҳафтадан иборат бўлади, талаба шундан
15 ҳафтасида ўқийди. Қолган 3 ҳафтанинг 1 ҳафтаси
янги фанлар ва профессор-ўқитувчиларни танлашга бағишланса, 2 ҳафтаси аввалги
қарзларни ёпишга бағишланади. Шу 3 ҳафта ўтгач, дарслар бошланади;
➖ Учинчи (ёзги) семестр ҳам киритилди. Бу қарздор талабаларни қайта ўзлаштиришига бағишланган семестр. Бунда талабалар кредит сотиб олиш учун қўшимча маблағ тўлайди ва қарзларини топширади. Таътил пайти ишга жалб қилингани учун, ўқитувчиларга алоҳида ҳақ тўланади.
👉 @xushnudbek 👈
Mana yuqorida koʻp gaplar boʻlibdi
Bu kridet modul tizimi yaxshi tizimdir balki yomon tizimdir
Lekin tanganing ikkinchi tomoni xam bor
Agar bitta fandan qarzdor boʻlgan talaba 1 million soʻmdan ortiq toʻlab yana qayta topshiradi
Bu degani oʻz oʻrnida yana korrupsiyaga yoʻl paydo boʻladi
Qoʻshtirnoq ichidagi rektor va boshqalar $100 yoki $200 evaziga bir semestr davomidagi barcha fanlaringni yopib beraman desa ayrim talabalar rozi boʻladi. Bu oʻz navbatida yoshlarni korrupsiyaga boshlash boʻladi.
Yana ayrim boyvachcha talabalar bu kridet qarzlarni toʻlab imtixonlardam oʻtishi mumkin
Lekin qora xalqchi
Ayrim oilalardan 2 ta 3 ta farzand kantrak shartnoma asosida oʻqiydiganlar bor. Bu degani oʻrtacha 25 million soʻm degani. 25 million soʻm uchun qishloq sharoitidagi oʻrta xol oila qancha mexnat qilishi kerak. Xullas aytadigan gaplar koʻp. Faqat shaxarda yashaydigan boyvachchalarni bolasi oʻqishga imkoniyati yetadi bunday xolatda.
Yana usha eski teshik togʻora.......
Svet yonmagandan keyin onlayn dars boʻladimi
Internet sekin ishlaydi
Yaqinda(1 xafta ichida) shu sessiya sababli QDU da informatika yoʻnalishi talabasi oʻzini osib qoʻygan
Oʻqib nima qilamiz baribir pulga yopamiz 😫😫😫😫
Chet tili yo'nalishiga topshirmoqchi bo'lgan abuturentlarga sertifikatlari bor , ielts, toefl ,b2 va hokozo sirti yo'nalish ochilsa yaxshi bo'lardi,
Lekin faqat diplom uchun oʻqiyotganlar xam borda oramizda
Guruch kurmaksiz boʻlmaydi deydiyu