❗️ССВ: сўнгги уч кунда коронавирусга чалинган 292 нафар беморнинг 118 нафари аҳоли орасида қайд этилган

Мисол учун, Тошкент шаҳрида тана ҳарорати кўтарилиб, уй шароитида даволанган фуқарода, Юнусобод туман давлат солиқ инспекциясининг 2 нафар инспекторида, Шайхонтоҳур туманидаги “Медиапарк” савдо мажмуаси сотувчисининг онасида коронавирус аниқланган.

Бундан ташқари, Тошкент вилоятида яшовчи, Юнусобод бозорида зираворлар савдоси билан шуғулланадиган фуқаронинг 2 нафар оила аъзосида, Бекобод ва Тошкент туманларида яшовчи 2 нафар фуқаро ҳамда Тошкент туманидаги “Американ госпитал” хусусий клиникаси кичик тиббиёт ходимида ҳам касаллик тасдиқланган.

Шунингдек, коронавирус инфекцияси аниқланган Сирдарё вилояти Ички ишлар ходимининг қўшниси ва у билан мулоқотда бўлган 2 нафар тикувчилик цехи ходимларида, Самарқанд вилояти “Мароқанд” ДУКнинг 2 нафар ходими ҳам коронавирусга чалингани маълум бўлди.

Бугун айни пайтга қадар Қашқадарё вилояти Муборак туманида фаолият кўрсатувчи хорижий корхонанинг бир йўла 28 нафар ходимида, Тошкент шаҳри Юнусобод бозорининг яна 2 нафар сотувчисида коронавирус инфекцияси тасдиқланди.

❗️Айни хавотирли вазиятдан келиб чиққан ҳолда Соғлиқни сақлаш вазирлиги, яна бир бор, фуқароларимизни огоҳлантиради: вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг.

‼️Шунинг учун заруратсиз кўчага чиқманг, одамлар кўп тўпланадиган жамоат жойига боришдан вақтинчалик тийилинг, ижтимоий масофа сақланг, қўлларни яхшилаб қайта-қайта ювинг, кўчага чиққанда ниқоб тақишни асло унутманг, ва умуман, карантин ва санитария қоидаларига сўзсиз риоя этинг.

✅ Ўзингизда касаллик белгиларини сезсангиз зудлик билан шифокорга мурожаат этинг.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 35 more comments
✿❀✿✿❀✿
Ex, bizni xalqimiz nega buncha soddamiz, nega?to'g'ri ba'zi cheklovlar yengillashtirildi, lekin bu beparvolikga chorlov emasdi, biz o'zimiz aybdormiz hammasida! Hushyorlikni, e'tiborni, extiyotkorlikni unitmoqdamiz, bu cheklovlar yumshatilishi xalqga yengillik bo'lishi un ediku nega biz buni hamma xaf ortda qolganga yo'ymoqdamiz, nega o'zimizni, va eng achinarlisi yaqinlarimizni, o'z xalqimizni xaf ostida qoldiryapmiz, iltimos ey azizlar o'zimiz va yaqinlarimizni asraylik karantin qoidalariga rioya etishda davom etaylik, xushyor bo'laylik!
🖤KT172-18 Xasanova Nilufar XNN
Karantinda barchamiz özimizni asrasak berilayotgan tavsiyalarga Amal qilsak barchasi tez orada ötib ketadi lekin oramizda bu qoidalar menga tegiwli emas degan fikrdagilar yuq emas
Ilhom
Bu karontin qoidalariga amal 100%amal qilishimzaga ancha voht kere db o'yliman
Xushnudbek Aka Yuridik universitetda Yuristprudensiya ozbek tiliga necha nafar Abiturient olinadi
Gulruxbegim Abdurahmonova
Abdullayev Abdug'ani
Qòshilaman, shuni aytishsa yaxshi bòlardi. Chunki kimlarningdir qarindoshlari ishlashi mumkin.
Muborak tumani Enter injenering kompaniyasi ekan 27tasi Qozogistonlik 1tasi Turkiyadan olib kelingan deyishibdi
Unchalik bolishi mn mas VIRUSDAN ODAMLAR ZERIKTI UJI ERTAKMI
Eng havfli hududlarda nazorat kuchaytirilsa ijobiy natija haqida gapirsa buladi sababi usha yerdagi befarqlik qolganlarni hayotiniyam havf quyish degani
Keyin chetdan olib kelinayotgan odamlar haqida nega ularni olib kelayapmiz usha davlatlarni pulini aziz bilib chiqib ketganlar deb endi qolganlarni oilasi hafvdan qolishi kerakmasku bu nimasi aytilgan vaqtda kemadimi undan keyin nimaga olib kelish zarur shuni tushinib bumeydi. Yaxshilab qat'iy nazorat kerak qizil hududlarda odamlarni esa o'ylab ko'rish kerak olib kelib shartmi.
𝑷𝒓𝒊𝒎𝒐𝒗 𝑺𝒉𝒆𝒓𝒛𝒐𝒅
Karantinni qaytarish kerak bo'lmasa ahvol og'irlashadi keyin nazorat qilib bo'lmay qoladi!!!!
Mana men Germaniyada yashayapman, bu yerda karantinni uzi bulgani yuq boshidan, xozir xam yuq, yangicha sharoitga moslashilyapti. Karantindan foyda yuq, 1 oy karantin, bekor bulgandan keyin yana chiqaveradi. Yangicha shart sharoitlarga urganish kerak.
Jamoat joyiga vaqtincha borishdan tiyilish kerak ekan. Odamlarni ham medasiga tegib buldi bunaqa gaplar uyda qoling, zaruratsiz kuchaga chiqmang kechirasizlaru bu virusga qarshi dori topilmaguncha bundan qutilib bulmaydi. Karantin choralari esa bu yechim emas, iqtisodni sindiradi bu turishda.
Qani shu o'lgan odamlarni ism familiyasini ochiq aytsa buladiku. Jinoyatchimasu
✿❀✿✿❀✿
Королева
Коронавирус аслида йук нарса кани ким курди шундай касал булган одамни кузи бн курган борми улганларниям на исм фамилияси на адреси бор ёлгон сиёсат бу мен ишонмайман .
Bu qanaqa gap bo'ldi, kassalik boshiga tushgan odam biladi, ho'pmi, ex mana qayerdan ko'payadi kassalik soni bu yolg'on ma'lumot emish, barcha davlatlar aholisi jabr ko'rgan baloni yo'q deyish bu nima gap?? Tushunmayman bunaqa fikrlarga, endi sizlarni nima shu kasal bilan vafot etgalar oilasi bn tanishtirishsinmi, shuni istovchilar qancha!!???? Bormi!? Ro'yhatga yoziling!
Хаа майли насиб буса бу кунларам утар кетарр
Men hukumatga tushunmadim. 1 ta kasalik chiqqan kuni butun mamlakatni blokada qilib kasallikni oldini olgan bolsa 404tagacha kamayganda ochdida hozir 1100 ga yaqinlashdi. Jamoat joylarini hali ochmaslik kerak edi
Show next 100 comments