❗️ССВ: сўнгги уч кунда коронавирусга чалинган 292 нафар беморнинг 118 нафари аҳоли орасида қайд этилган

Мисол учун, Тошкент шаҳрида тана ҳарорати кўтарилиб, уй шароитида даволанган фуқарода, Юнусобод туман давлат солиқ инспекциясининг 2 нафар инспекторида, Шайхонтоҳур туманидаги “Медиапарк” савдо мажмуаси сотувчисининг онасида коронавирус аниқланган.

Бундан ташқари, Тошкент вилоятида яшовчи, Юнусобод бозорида зираворлар савдоси билан шуғулланадиган фуқаронинг 2 нафар оила аъзосида, Бекобод ва Тошкент туманларида яшовчи 2 нафар фуқаро ҳамда Тошкент туманидаги “Американ госпитал” хусусий клиникаси кичик тиббиёт ходимида ҳам касаллик тасдиқланган.

Шунингдек, коронавирус инфекцияси аниқланган Сирдарё вилояти Ички ишлар ходимининг қўшниси ва у билан мулоқотда бўлган 2 нафар тикувчилик цехи ходимларида, Самарқанд вилояти “Мароқанд” ДУКнинг 2 нафар ходими ҳам коронавирусга чалингани маълум бўлди.

Бугун айни пайтга қадар Қашқадарё вилояти Муборак туманида фаолият кўрсатувчи хорижий корхонанинг бир йўла 28 нафар ходимида, Тошкент шаҳри Юнусобод бозорининг яна 2 нафар сотувчисида коронавирус инфекцияси тасдиқланди.

❗️Айни хавотирли вазиятдан келиб чиққан ҳолда Соғлиқни сақлаш вазирлиги, яна бир бор, фуқароларимизни огоҳлантиради: вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг.

‼️Шунинг учун заруратсиз кўчага чиқманг, одамлар кўп тўпланадиган жамоат жойига боришдан вақтинчалик тийилинг, ижтимоий масофа сақланг, қўлларни яхшилаб қайта-қайта ювинг, кўчага чиққанда ниқоб тақишни асло унутманг, ва умуман, карантин ва санитария қоидаларига сўзсиз риоя этинг.

✅ Ўзингизда касаллик белгиларини сезсангиз зудлик билан шифокорга мурожаат этинг.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 70 more comments
Menimcha karantin nazoratini yanada kuchaytirish aholi esa karantin qoidalariga rioya qilishlari kerak
★★★★★
Menimcha karantin nazoratini yanada kuchaytirish aholi esa karantin qoidalariga rioya qilishlari kerak
Bu bilan hech nimaga erishib bulmaydi. Keyin odamlar virusdan emas ochlikdan o'ladi
✿❀✿✿❀✿
Balwack
Ism familiya e'lon qilinmaganini sababi shundaki Kasal bo'lgan inson tuzalganidan so'ng u bilan muloqot qiladigan shaxslarning unga nisbatan muomalasini o'zgarmasligi uchun.Masalan qara Kasal kelyapti,ketdik yoki Kasal bilan gaplashmayman va h.k.z
To'pa to'g'ri yashang! Raxmat sizga... Yana bir gap axir bizda shu kasalga chalinganlarni haqorat qilish jinoiy javobgarlikga tortilishi haqida ham qonun chiqdi! Ayrimlarga esa bu baloga yo'liqganlarni ism ro'yhati kk ekan!
Королева
✿❀✿✿❀✿
Siyosatchi kimsiz bilsak bo'ladimi???
Мен Россияда бир одам бн гаплашдим уни кизи уксус ичиб узини улдирган улигини беришмабди вирусдан улди деб кул куясан деб мажбур килишибди
👑RaYhoN👑
BAHODIR NARZIYEV Boshlovchi 0292
Eng havfli hududlarda nazorat kuchaytirilsa ijobiy natija haqida gapirsa buladi sababi usha yerdagi befarqlik qolganlarni hayotiniyam havf quyish degani Keyin chetdan olib kelinayotgan odamlar haqida nega ularni olib kelayapmiz usha davlatlarni pulini aziz bilib chiqib ketganlar deb endi qolganlarni oilasi hafvdan qolishi kerakmasku bu nimasi aytilgan vaqtda kemadimi undan keyin nimaga olib kelish zarur shuni tushinib bumeydi. Yaxshilab qat'iy nazorat kerak qizil hududlarda odamlarni esa o'ylab ko'rish kerak olib kelib shartmi.
Bu nima deganingiz nima yurtimizda hammani joylashga ish ôrni bormi?Bilasizmi bu yil bizni tumandan nechta odam Rossiyaga chiqolmadi ularning 3mingta.Endi ôylang ular bolalariga qanday forma oberadi qanday boradi.Ular aziz qilgan chet elni puli sizningcha chet elda qolyaptimi.Yôq ularning topgan puli ôzbekiston bozorlarida aylanyapti,ularning topganpuli ÔzGaz ÔzEnergiya ichimlik suviga yer soligiga va yana birqancha tôlovlarga tôlanyapdi.Endi ayting bu tôlovlardan byudjetga tushyapdimi byudjetdan olinib yurtimizda qolgan fuqarolarga oylik tarqatilyapdimi.Sal ôylab kôring
Odamlar iwlawi kk.Xamma ham uzi uchun kurashsin dezinfeksiya qilsin kucha kuyda yursa ham biznikilar bu iwni qiliwmaydi nomiga bub qoldi yuv qulingni toza yur deganlari.Xalq kucha kuyga chiqmang aylanishlar ham kerakmas xozir O'zbekiston uzini kissasidan tulayapti xammasini.Yangi uzgartirish kiritsin xar bitta kasal kissasidan tulasinchi qarabsizki seni virusingni davolatiw un pulim yoq deb ham kuchaga chiqarmaydi uzi uzi asrab utiradi
Baxodir Isayev akamizni gaplariga 100% qo'shilaman. Ollohim shifosini beradi bu dardni. Talim haqida keyingi kelayotgan test sinovlari haqida qabul kvotalari haqida gaplashaylik. Hujjat topshirish qanaqa bo'larkan, o'tgan yilgiga o'xshab 20 kunlab mandat degan narsani kutmasmikinmiz
Bitta suz 5 kun ichida yashil hudud sifatida qaralgan Qawqadaryoda 34 kishida virus aniqlandi
E'tiborsiz bubqoldik xammamiz, buni tan olish kerak, xamma uz ishini qilsin lekin kuchada kurayotgan insonlarimizni kupchiligi maskani va antiseptikni unutib quyishyapti, quchoqlashib salomlashish yoki qul berib kurishish xali xamon bor, essiz shuncha vaqt va urinishlar, ozgina e'tiborli bulaylik iltimos, ollohni uzi asrasin xammamizni ilohim.
✿❀✿✿❀✿
Королева
Сиз твга ишонасизми унда эртаклар оламида яшаркансиз
Men davlatimga ishonaman, men yurt boshim olib borayotgan siyosatga ishonaman, men aniq faktga ishonaman, sizlarning bunaqa gaplariz esa faqat beparvolikga chorlovlar! Bu lar oqibatida nimalar bo'lib ketishi mumkinligini tasavur ham qilolmaysiz!
Королева
Nomozova.
Shunaqa fikrlab yuradiganlar bilmasdan ehtiyotsizlik qilib ham kasallikni kopaytirib yuboradi
Нимага касаллик купайяпти одамларга исбот далил курсатилмаяпти шунинг учун хеч ким ишонмай куркмай куйди самаркандлик С вирусдан улди палон палон касалиги борийди демак у уша эски касалликлари бн улган
M 🌸
Xullas rostmi yolg'onmi uni aniqlash bizni ishimiz emas, buni imkoni ham yo'q. Hammamiz o'zimiz uchun o'zimizni va yaqinlarimizni ehtiyot qilaylik, virus uchun emas. Shu yetadi.
Aziz
Assalom alaykum biz qizil hududdagi tumandamiz tug'ri mahallar yopilayapti ammo kasallik aniqlanmagan mahallar ham qattiq nazoratda turibdi bizda haliyam.
Mahallalarga yaqin hududlar ham berkitilgan.Davlat bir nimani hisobga olib iw kuradi ularga ham yoqmaydi bepul davolaw xalqni.
Show next 82 comments