❗️ССВ: сўнгги уч кунда коронавирусга чалинган 292 нафар беморнинг 118 нафари аҳоли орасида қайд этилган

Мисол учун, Тошкент шаҳрида тана ҳарорати кўтарилиб, уй шароитида даволанган фуқарода, Юнусобод туман давлат солиқ инспекциясининг 2 нафар инспекторида, Шайхонтоҳур туманидаги “Медиапарк” савдо мажмуаси сотувчисининг онасида коронавирус аниқланган.

Бундан ташқари, Тошкент вилоятида яшовчи, Юнусобод бозорида зираворлар савдоси билан шуғулланадиган фуқаронинг 2 нафар оила аъзосида, Бекобод ва Тошкент туманларида яшовчи 2 нафар фуқаро ҳамда Тошкент туманидаги “Американ госпитал” хусусий клиникаси кичик тиббиёт ходимида ҳам касаллик тасдиқланган.

Шунингдек, коронавирус инфекцияси аниқланган Сирдарё вилояти Ички ишлар ходимининг қўшниси ва у билан мулоқотда бўлган 2 нафар тикувчилик цехи ходимларида, Самарқанд вилояти “Мароқанд” ДУКнинг 2 нафар ходими ҳам коронавирусга чалингани маълум бўлди.

Бугун айни пайтга қадар Қашқадарё вилояти Муборак туманида фаолият кўрсатувчи хорижий корхонанинг бир йўла 28 нафар ходимида, Тошкент шаҳри Юнусобод бозорининг яна 2 нафар сотувчисида коронавирус инфекцияси тасдиқланди.

❗️Айни хавотирли вазиятдан келиб чиққан ҳолда Соғлиқни сақлаш вазирлиги, яна бир бор, фуқароларимизни огоҳлантиради: вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг.

‼️Шунинг учун заруратсиз кўчага чиқманг, одамлар кўп тўпланадиган жамоат жойига боришдан вақтинчалик тийилинг, ижтимоий масофа сақланг, қўлларни яхшилаб қайта-қайта ювинг, кўчага чиққанда ниқоб тақишни асло унутманг, ва умуман, карантин ва санитария қоидаларига сўзсиз риоя этинг.

✅ Ўзингизда касаллик белгиларини сезсангиз зудлик билан шифокорга мурожаат этинг.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 100 more comments
Bizdan oldingi hamkasblarimiz 2 milliondan 2.5 milliongacha olishgan.
Наргиза Рафиева
Нимага атрофда касаллик борган сари купайиб кетаетган бир пайтда ташкилотлар фаолиятига рухсат бервориляпти хатто кизил худуд булса хам .Жуда хавфлимасмикан бу
Men bitta narsaga tushunmayabman. Kim nima desa desin. Lekin nega Toshkent qizilda emas? Avtobuslar qatnovi boshlandi. Aholini kambag'allikdan qutqaramiz deb kasallik yana avjida ko‘rayabmiz.
 Salom hammaga,abituriyentlaga alohida salom, aziz yurtdoshlar inson ozini asrasa uni Alloh asraydi ,beparvolikka berilmasligimiz kk hali juda erta beparvolikka ,shucun ozlarizdi ehtiyot qilila qadrli hamyurtlar
3 oy sabr qildik yana ozro sabr qilaylik ,bizni yoruģ kelajak kutmoqda ahir,wuncha mehnatlarni puchga ciqarmaylik,abituriyentla charchamayla ,tòxramayla oqiwdan,
Hammamizni Alloh panohida asrasin
Imtihon online bolami
Qat'iy qoidalari kuchaytirilgan karantin xolatiga o'tmasak zanjirni uza olmaymiz shekilli.
Королева
Коронавирус аслида йук нарса кани ким курди шундай касал булган одамни кузи бн курган борми улганларниям на исм фамилияси на адреси бор ёлгон сиёсат бу мен ишонмайман .
Bu qanday gap bo‘ldi. Koronavirusga chalinmasangiz ishonmaysiz shekilli. Bu qadar tor fikrlamang. Agar virus bo‘lmaganida shuncha davlatlar jabr ko‘rarmidi yoki yurtimizda ham uning ta‘siri bu qadarvhalik bo‘larmidi. Hukumatdan nolimang kerakli barcha choralar ko‘rilyapti. Koronavirus bu juda xavfli kasallik. Keng miqyosda charter reyslar amalga oshirilishidan oldin bizda virusning bolasi ya‘ni yengilroq formasi edi. Afsuski yaqinda kelgan odamlardan juda xavfli turi keldi. Shartli ravishda uni ona koronavirus deyishadi. U juda xavfli . Hozirda koronavirus geni mukammalashdi va hozirda hech qanday simptomlarsiz yuryapti va o‘pkani yemirgach tezda yiqityapti. Dunyoda va shu jumladan yurtimizda ham bu virus radiusi kengaymoqda. Esingizdami Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri aynan virusning Markaziy Osiyoda tarqalishidan qo‘rqgan edi chunki ko‘p ishlar aynan O‘zbekiston bn amalga oshiriladi. Vaziyatning bu qadar avj olishiga sizga o‘xshagan o‘zboshimcha va virusni yo‘q narsa deb hisoblab ko‘chada maza qilib yurib to‘yma to‘y va qarindoshni uyiga tadbirga borib yuraytgan insonlar sabab bo‘lmoqda .
Naima Hamidova
Nima uchun kunlar isigani sayin virus yuqtirganlar kòpaymoqda gripga òxwaw deya tàrif berilgan virusga ob havo tàsir qilmayotganini qandaydir ilmiy xulosasi bormi🤔🤔
🦋Yulduz 113-Group
Bu virus butun dunyoda bartaraf bo'lmaguncha karantin davom etadi Odamlar uji karatin qoidalariga amal qilib yashashga o'rganadi ya'ni bu kun tartibiga aylanadi Bu holat barataraf bo'lishiga manimcha 2 yillar kk
🦋Yulduz 113-Group
Davlat tashkilotlarni ochib karantinni yumshatgani bu kasallik kamaydi emas davlatga mablag' kerakligini bildiradi O'ylab korila o'rtacha holatdagi bir bemorga 32 mln ketadi Ogir ahvoldagiga 64 mln Ish joylar uzoq yopilsa davlat qiynaladi Pensiyani qayerdan beradi Ba'zi oilalar pensiyaga oylikka yashaydi ular nima qiladi Qayerdan yeydi Qayerdan bolalariga yediradi Davlatimi6zga yana eng katta zarar keltirgan talofot ham sardoba suv ombori Shuncha aholini yidirib ichirish joyli qilish qaytadan uy qurib berish Hali nechchi mingta karantinga olinganlar bor ular ham davlat tomonidan yib ichadi Davlat qayerdan oladi buncha mablag'ni agar fuqarolar ishlamasa Agar pul aylanmasa!!!
Doniyor Esonbekovich
Лекин апрель ойи ёмонам карантин булдиде, Шахарда одамни топомий колдигу😱😷
🦋Yulduz 113-Group
Shu uchun karantin qoidalariga amal qilib Davlatga yordam berish kk Nimaga ochdiii karantinni kuchaytirish keraaakk yana bir nimalar demasdan To'gri ular ham o'z sogligini oylayapti ln Kunlik daromadiga yashaydigan oilalar juda kop Ular virusdan ulmasayam ochlikdan uladi
Toshkent davlat yuridik universitetining sirtqi(zavuchni) ta'lim shakli bormi?
Muhammadaziz Qudratov
Karantin qoidalariga aholi qat'iy amal qilsa wunaqa kongilsz voqealar bolmaydi. Hamma karantin qoidalariga amal qiliwi waaarrrtttt😐😐😐😐
Manimcha bu virusdan qutulish endi anchayin mushkul bolsa kere chunki virus kopayib ketayotganining eng asosiy sabablaridan biri barcchamiz bilganimizdek karantin qoidalariga rioya qilmayotgan aholi hamda karantin qoidalarini tobora kundan kunga yengillashtirilayotgani .. bular virusni aholi órtasida tez tarqab kehishiga "dastak" bolmoqda deb óylayman ....
End bu yog'i qanaqa davom etadi yolg'iz Yaratkanga ayon...
Lekin nima bolganda ham ózimiz va yaqinlarmiz uchun iloji boricha karantin qoidalariga qat'iyan amal qilisimiz kerak tengdoshlar 🙂🙂🙂
Show next 30 comments