Xayrli kun aziz oʻquvchilar, ustozlar va ota-onalar!

Hozirda #kuntesti mobil ilovasi sinov rejimida ishlamoqda!

Kamchiliklar toʻla bartaraf qilingach barcha sinflarga imkon qadar barcha fanlardan testlar qoʻyiladi. Shu oʻrinda foydalanuvchilarimizdan turli takliflar kelmoqda:

1. Boshqa fanlardan ham boʻlsin;
2. Abituriyentlar ham qatnashsin;
3. Oʻqituvchilar ham qatnashsin;
4. Talabalar ham qatnashsin;
5. Kuniga 5 ta emas 10 ta tanaga reklama orqali olinsin;
6. Rus tilida ham testlar berilsin;
7. Har oyni yakuni boʻyicha respublika reytingida 1,2,3 oʻrinda turganlarga medal berilsin.

⭐️Shuningdek, ustozimiz Karim Rahimov tomonidan bizga boshqa bir taklif berildi:

“Har yakshanba kuni bir haftalik testlar takrorlash sifatida ochib qoʻyilsin”

Sizda ham loyihamizni rivojlantirishga uchun taklif bormi?

U holda izohlarda yoki @khisoonline ga yozib qoldiring.

Taklifi eng yaxshi deb qabul qilingan foydalanuvchilarimizga ilovadan foydalanish uchun 1000 tanga sovgʻa qilinadi🤩

Biz birgalikda rivojlanamiz✊

18 comments

Assalomu alaykum. Tangani boshqa usulda olishning boshqa usuli yo‘qmi? Iltimos boshqa usullarini ham qo‘yinglar tanga olishni. Reklama ko‘rishdan boshqa. Iltimos javob kutamiz.
Assalomu alaykum.Ingliz tili fanidan ham kun testi bo'lsin iltimos
I.I.Z
Математика фанидан хам Кун тести 2синф учун булсин илтимос
Asadbek Safaroff1
bu testni saytda ham chiqaring yoki kompyuterga ham huddi shunaqa dastur yarating🙏
Assalomu alaykum testlar soni ko'paytirilsin hamda iltimos har bir ishtirokchi kirganidan boshlab unga vaqt reglamenti belgilansin va hafta kunlariga moslab bosqichma-bosqich qiyinlashadigan ya'ni dushanba kuni sodda ,seshanba kuni sal qiyinroq va hokazo keyin esa ustozimiz Karim Rahimov aytganlaridek yakshanba kuni barcha testlar ochib qo'yilsin😉😌
Tanlov va konkurslar oʻtkazish va medallar bilan taqdirlash ilovani omma lashtiradi. Barcha uchun test mavjudligi qulaylik tugʻdiradi
Rahmat olloh ta'lim tarbiya ishlaringizga omad bersin
Show next 7 comments