Xayrli kun aziz oʻquvchilar, ustozlar va ota-onalar!

Hozirda #kuntesti mobil ilovasi sinov rejimida ishlamoqda!

Kamchiliklar toʻla bartaraf qilingach barcha sinflarga imkon qadar barcha fanlardan testlar qoʻyiladi. Shu oʻrinda foydalanuvchilarimizdan turli takliflar kelmoqda:

1. Boshqa fanlardan ham boʻlsin;
2. Abituriyentlar ham qatnashsin;
3. Oʻqituvchilar ham qatnashsin;
4. Talabalar ham qatnashsin;
5. Kuniga 5 ta emas 10 ta tanaga reklama orqali olinsin;
6. Rus tilida ham testlar berilsin;
7. Har oyni yakuni boʻyicha respublika reytingida 1,2,3 oʻrinda turganlarga medal berilsin.

⭐️Shuningdek, ustozimiz Karim Rahimov tomonidan bizga boshqa bir taklif berildi:

“Har yakshanba kuni bir haftalik testlar takrorlash sifatida ochib qoʻyilsin”

Sizda ham loyihamizni rivojlantirishga uchun taklif bormi?

U holda izohlarda yoki @khisoonline ga yozib qoldiring.

Taklifi eng yaxshi deb qabul qilingan foydalanuvchilarimizga ilovadan foydalanish uchun 1000 tanga sovgʻa qilinadi🤩

Biz birgalikda rivojlanamiz✊

18 comments

Show 6 more comments
Assalomu alaykum testlar soni ko'paytirilsin hamda iltimos har bir ishtirokchi kirganidan boshlab unga vaqt reglamenti belgilansin va hafta kunlariga moslab bosqichma-bosqich qiyinlashadigan ya'ni dushanba kuni sodda ,seshanba kuni sal qiyinroq va hokazo keyin esa ustozimiz Karim Rahimov aytganlaridek yakshanba kuni barcha testlar ochib qo'yilsin😉😌
Tanlov va konkurslar oʻtkazish va medallar bilan taqdirlash ilovani omma lashtiradi. Barcha uchun test mavjudligi qulaylik tugʻdiradi
Rahmat olloh ta'lim tarbiya ishlaringizga omad bersin
Assalom alekum menga judaham yoqdi bu kuntesti qizlarim qiziqiw bn iwlaydilar reklama korib tanga oliwham yoqdi kuntestidaham sertifikat berib qatnawgan uquvchilarni rasmi quyilsa uwbu olimpiadani online-maktab dasturida reklama qilinsa judaham kop uquvchilar qatnawardi chunki bizning yurtda bilimli uquvchilar judaham kop iloji bo'lsa wu olimpiadani telvidinya orqali ochib jonli efir qilib qatnawsa bo'ladimi uquvchilar bir-biriga qiziqib yanayam bilimlarini owirib O'zbekistoni dovrug'ini ko'klarga ko'tarib yuriwsa
05:00 - 23:00 га озгартирилсин
Ulmasbek Umaraliyevich
05:00 - 23:00 га озгартирилсин
Siz 5:00 dan 7:00 gacha kirmoqchimisiz yoki 21:00 dan 23:00 gacha?

Taklifdan biror maqsad boʻlishi kerak.
Maxmudova Habibabegim
Kun testlarida qatnashayotganlarga ham sertifikat berilsa yaxshi bo'lardi. Chunki ba'zilarda mablag' yo'q kanalda o'tkaziladigan testlarda qatnasha ola olishmaydi. Mablag' bo'lsa ham ko'pchilikda karta yo'q yoki klikdan qanday pul o'tkazishni bilishmaydi. Lekin sertifikat medal olishni juda istashadi. To'g'ri sizlar ham pul ishlashingiz kerak. Buni albatta tushunamiz sizlar ham shuncha mehnat qilyabsizlar. Kun testida qatnasha yotganlarga sertifikat berilmasa ham xech bo'lmaganda birinchi va to'g'ri yechganlarning rasmini guruhga tashlanglar. Shunday qilsangiz ham bolalar juda xursand bo'lishadi va yana qatnashishni istashadi. O'z do'stlariga ham maqtanishadi. Shunda boshqalar ham bu testlarda qatnashishni istab qolishadi. Shunda ham testda qatnashuvchilar soni ortadi ham bolajonlar matematikaga va boshqa fanlarga yanada qiziqib o'qib. O'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.
Assalomu alaykum juda yaxshi kun testi bolayotgani boshqa fanlardan xam bolsin faqat matematikadan bolayapti qatnashganlar ragbatlantirilsin oquvchilar qiziqishi yanayam ortadi
Qurbongul ustoz
Assalomu alaykum,bu loyiha o‘quvchilarda juda ham qiziqish uyg‘otmoqda,o‘quvchilar faolligi oshmoqda,mening qizim har kuni test bo‘lishini kutadi,boshqa fanlardan ham o‘zini sinab ko‘rishga harakat qilyapti.Test tashkilotchilariga rahmat,sog‘ bo‘lishsin.