#Olimpiadatesti📝

20 ta testni ishlashingiz uchun sizga 50 daqiqa vaqt beriladi ⏳ Vaqtni hisoblash testni boshlashingiz bilan boshlanadi va ekranda qancha vaqt qolganligi ko‘rsatib turiladi.

Har bir test 4 ta javob variantiga ega va ulardan faqat bittasi to‘g‘ri javob✅❌❌❌

Agar siz to‘g‘ri javob bersangiz bitta savol uchun 5 ball olasiz🎉, noto‘g‘ri javob bersangiz -2 ball jarima bali olib tashlanadi ☝️, agar javobsiz qoldirsangiz hisobingizda o‘zgarish bo‘lmaydi (0 ball ushbu savol uchun) 🤫. Shunday qilib, 20 ta savol uchun maksimal 100 ball to‘plashingiz mumkin💪💪💪

Tanlagan javobingizni testni tugatmasdan oldin o‘zgartirishingiz mumkin. Ya'ni, masalan, 3-savolga (A) javobni belgilab, test oxiriga kelib uni (B) ga o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz buning iloji bor. Faqat bu ishni test yakunlanmasidan oldin qiling ⏲

Olimpiadaning 1-bosqichi ochiq manbaali hisoblanib, siz istalgan turdagi yordamdan foydalanishingiz mumkin: kalkulyator, kitob, do‘stlar yordami, internet va hokazo📚📖👨‍🏫👩‍🏫💻📱
Shunday bo‘lsa ham, biz kalkulyatordan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaymiz va boshqa yordamlardan voz kechishga chaqiramiz. Shunchaki o‘zingizga ishoning, o‘z bilimingizni tekshiring, axir har doim ham do‘stlaringiz yoki internet siz uchun ish qilib bermaydiku, masalan offlayn olimpiadada😉

Har bir test savoli muallifi ko‘rsatilgan. Testni ishlash davomida sizga yoqqan 3 ta savolni o‘zingiz uchun belgilab qo‘ying. Testdan keyin @ykouz kanalida eng yaxshi savollar uchun so‘rovnoma o‘tkazamiz📊

Savollarni ko‘chirib olaman, yoki rasmga olaman deb ovora bo‘lmang: kelasi haftadan boshlab Xudo xohlasa har bir savolning to‘liq yechimi e'lon qilib boriladi☺️

12 comments

@Jamoliddin@ $Xolboyev$
Tushunarli
Eshmurzayeva Mahbuba
Tushunarli
Gulchehra Toshpo'latova
Tushunarli
👑 Саидакбар 👑
понятно а какие призы будет
Rahmatova Dilorom
👍👍👍
Priz bormi olimpiadada
Акбар
👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👍👍👍👍
Ruyxatdan qanday utamiz
Ruyhatdan otgan bolsak bizga elektron pochtamizga biror habar shu zahoti keldimi
Yo olimpiada boladigan kun keladimi shuni aytib bersayiz
Tushunarli ammo qachon bo'ladi
Abdullayev Arslonbek
Ruyhatdan otgan bolsak bizga elektron pochtamizga biror habar shu zahoti keldimi Yo olimpiada boladigan kun keladimi shuni aytib bersayiz
Darrov kelishi kerak, serverda yuklama ko'paysa sal kechikib uzog'i bilan 1-2 soatda keladi. Pochtangizni spam papkasini tekshiring, ko'pchilikda spamga tushyapti.
Show next 1 comment