This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Келгуси йилда хориждан ўқишни кўчиришда ўтиш бали жорий йилги кириш баллари билан бир хил бўлади

Бу ҳақда Халқаро пресс-клуб сессиясида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг айтишича, келгуси йилдан бошлаб хориждан ўқишни кўчиришда қайси йўналишга кириш бали неча балл бўлган бўлса, ўша ўтиш бали сифатида белгиланади. Масалан, математика йўналишида ўтиш бали 120 балл бўлган бўлса, келгуси ўқув йилида шунча баллни тўплаганларга хориждан ўқишини кўчиришга рухсат берилади.


👉 @xushnudbek 👈

461 comments

Show 100 more comments
❁SH❁
Juda adolatli qaror bulibdi buni alaqachon qilish kk edi.
Eee barakatopgurlar, telegram va ijtimoiy tarmoqlarga sarflayotgan vaqtingga kitob o'qi shu ballni to'playsan, vaqt yetarli , bu qaror adolatli, chetda bizdan o'qitish sifati yaxshi unvlar bor. Bu yerda faqat vaqtingni bexuda o'tkazasan. Yaxshisi kelajaging haqida o'yla tayyorlan.
Nizomiddin
Chetdan o'qishni ko'chiruvchilar endi kirish bali bo'yicha eng past OTM idagi yo'nalishni tanlaydi. Va o'sha kirish bo'yicha past bo'lgan yo'nalishlarga talabalar keragidan ortiq kirishadi deb o'ylayman.
Salom. Siz ham OTMda o‘qiysizmi. O‘qisayiz habariz bo‘masa kere xorijda qaysi fakultetda bo‘lsa bu yerga ham o‘shanga pervod qiladi. Turdosh digan tushuncha bor. Hohlagan bali pastga pervot qilolmiydi.
𓁿⃤
Wuni un oqb uzbga krwga aql yetiwi kk edida. Oson yol qdrme
Tangani 2 tomoni bor har kim hohlagan joyida o‘qiydi. Birovni biroovga zarari tegayotgani yo‘q manimcha. Davlatgayam pul kerak.pervot uchun dtm qancha pul topadi test olib, ishchilani ish blan taminlaydi. Bu jamiyatni bir mexanizmi buni to‘xtatib bo‘lmiydi
Shunday degan edi bu yili ham.Lekin Xorijdan perevod qilayotganlarga Bu yili ularga rahmilari kelganliklari uchun bu yili ham oson bo'ldi.Qani ko'ramiz tana qancha rahmlari kelarkin ularga.
Assalomu alekum Xushnudbek aka yaxshimisiz. Shu qarorni qaytadan korib chiqishni iloji bormi chunki hammamiz bilamiz student bolgandan ken abuturent davridagidek kuchli oqish bolmaydi 1yil abuturent bolib yetarli ball toplay olmay chetga xujjat topshirgan abuturent endi 1yil student bolib qanday qilib yana shuncha ballni toplash mumkin. Yana bitta gap testlar maktab darsligidan boladi student institut darslaridan ortib ozini mutaxasisligi boyicha ikkita fanni ham oqishi kk blamizki instda maktab darsligi otilmidi shu narsalarni ham etiborga olishlarizni sorayman. Shaxsan men shu qarorga qarshiman.
J҉ u҉ r҉ i҉ s҉ p҉ r҉ u҉ d҉ e҉ n҉ c҉ e҉
Toʻgʻri qaror adolatli boʻlibdi endi nega oʻzimizda oʻqishga tayyorlanib mehnat qilib 130-140 ball bilan kirolmagan yoʻnalishga chetda imtihonsiz mehnat qilmay talaba boʻlgan shaxs 1 yildan keyin arzimagan ball bilan kirib oʻtirsa.
To'g'ri Xorijda O'qiyotganlarga ham osonmas lekin bunga o'zlari sababchi.O'qib mehnati bilan o'qishga kirish hammaga ham emas.Kim qayerni bitirgani bilan buni hechkimga farqi yoq U perevod qiladimi O'z mehnati bilan o'qishga kiradimi.Baribir ham Harip AMERIKADA ham Harip.
Malades
Yaxshi fikr
Тошкулов жанобларига мурожат утиш балини 25 балл кисинам перевод килиб кемиман узбекистонга узбекистонда 25 балл туплаб пули куплар супер кантракгайам кирйапдику уларга можнада хохласан 189 балл кимисанми тинчгина четда ишлаб четдаа укиб йураверамиз
Бу қарорни чиқарганлар гранд асосида хам квота бериб қўйсин бир хилликни хохлашса. Чет элда юрганлар ўйнагани боришмаган бошқа давлатда ўқиш оила ота онадан узоқда бўлиш хеч кимга хавас эмас.
Nimaga shu 1 -2 yil oldin eslariga kelmadiykan qiziq
Endi o'rinli savol tug'iladi! Bu yilgi o'tish Bali keyingi yil perevod uchun qo'yilsa chegara qilib. Lekin kelasi yil shu yo'nalish Bali undanda tushib ketsa Nima bo'ladi! Masalan yuridika 160 bo'lgan bo'lsa perevodlarga ham keyingi yil 160 bo'ladi dedi. Hop. Lekin yuridikaning o'tish Bali keyingi yil 140 bo'lib qolsayu lekin perevodchilar 150 ball olib yiqilsa. Bunga Nima deysizlar!!! Javobini kutib qolaman.
Четь элни дипломларини ўтадиган қлиб қўйилар бров қайтиб келаман демийди қаерда бўлса ўқий веради чет элда ўқиётганлар ўзбекни ўгай фарзандлари эмас ўзбек болалари хар хил қарор чиқаришдан олдин ватан ўз фарзандларини келажагини ўйлаши керак чет элда ўқиётганлар яхши мутахасис бўлиб келса ватанга керакку студентлигида билим оламан деса номуносибми???
Show next 100 comments