Men singlim boʻlishini, dadam rahmatli esa qiz farzandi boʻlishini xohlardi. Lekin 3-ukam oʻgʻil tugʻilgandi. Olloh nasib qilgani. Shundanmi, yoshligimdan qizlarga nisbatan samimiy hurmatim bor. Har doim ularni e’zozlash va yordam berishimiz kerak deb hisoblaganman. Oʻtgan yili 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Qizlar Olimpiadasini tashkil qilish taklifini bildirgan edim. Sababi qizlarda aslida qobiliyat yuqori boʻlsada, uy ishlari va boshqa sabablarga koʻra kamroq dars qilishga majbur boʻlishadi. Bunday olimpiadalar Yevropa va Xitoyda bor. Shu maqsadda kecha Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari Dilnoza Kattaxonova bilan uchrashdim. Nasib qilsa tez orada yurtimizda ilk bor Oʻzbekiston Qizlar olimpiadasi tashkil etiladi va oktabr oyida oʻtkaziladi. Gʻoliblar poytaxtda tantanali taqdirlanadi. Olimpiada haqida keyinroq batafsil ma’lumotlarni beramiz.

👉 @bazarbaevs

62 comments

Haydarova Rahnamo
Tezroq bo'lsin
YORQINOY Eshchanova
Qatnashamiz
YORQINOY Eshchanova
Olloh nasib qilsa
Nodirbek
Juda ajoyib fikr👍charchamang sizga kuch quvvat.Xorazm yoshlari siz bn.
Студентка
👍👍👍👍👍👏👏👏👏👏👏
Juda yaxshi o'ylabsiz 👍👍👍👍👍
Гульнара Бекмуратова
Ёши кизларнинг чекланганманми,мен 39ёшдаман.
Мукаддасхон
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
Эрматов Сардор
Зорку👏👏👏👏👏👍👍👍👍
Surayyo Turdaliyeva
Zo'r fikr ilohim sizday yaxshi insonlar ko'paysin
Zulxumor Abdurahmonovna
Zo'r bo'lardi
Одилжон
Zõrku ajoyib🖒🖒🖒
Assalom alaykum. Jamiyatimizda qizlarni ardoqlaydigan mardlar ko’payaversin! Rahmat. Ishlaringizga omad...
Show next 49 comments