Men singlim boʻlishini, dadam rahmatli esa qiz farzandi boʻlishini xohlardi. Lekin 3-ukam oʻgʻil tugʻilgandi. Olloh nasib qilgani. Shundanmi, yoshligimdan qizlarga nisbatan samimiy hurmatim bor. Har doim ularni e’zozlash va yordam berishimiz kerak deb hisoblaganman. Oʻtgan yili 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Qizlar Olimpiadasini tashkil qilish taklifini bildirgan edim. Sababi qizlarda aslida qobiliyat yuqori boʻlsada, uy ishlari va boshqa sabablarga koʻra kamroq dars qilishga majbur boʻlishadi. Bunday olimpiadalar Yevropa va Xitoyda bor. Shu maqsadda kecha Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari Dilnoza Kattaxonova bilan uchrashdim. Nasib qilsa tez orada yurtimizda ilk bor Oʻzbekiston Qizlar olimpiadasi tashkil etiladi va oktabr oyida oʻtkaziladi. Gʻoliblar poytaxtda tantanali taqdirlanadi. Olimpiada haqida keyinroq batafsil ma’lumotlarni beramiz.

👉 @bazarbaevs

62 comments

Show 20 more comments
🎀🧚‍♀️🎀🧚‍♀️🎀🧚‍♀️🎀
Assalomu alaykum rostan ham juda zòr
Dildora Ashurova
Salom. Ajoyib taklif bo'libdi. Qaniydi bizani yoshligimizda ham shunday hozirgiday imkoniyatlar bo'lsa edi qizlar uchun. Omad sizlarga. Shunday sharafli va savobli ishlarda aslo charchamangla. Yoshlarga ishonch bildirib qolamiz.
Qambarova Sarvinoz Matematika oʻqituvchisi
Judayam zoʻr jamiyatimizda sizday insonlar koʻpayaversin🤗🤗
Juda ajoyib fikr.Kattakon rahmat tashkilotchilarga
Hamidova Nasibaxon
Salom, juda ajoyib fikr. Ishlarizga omad! Bu olimpiadaga qatnashish yoshi chegaralanganmi?
Yaxshi o'ylangan g'oya. Omad qizlarga!
Madina Baxtiyorova
Ajoyib g'oya bilan chiqibsiz.Qizlarimizga omad tilab qolaman
Умида Набиджоновна
👍👍👍👍qizlarga OMAD
Ahmedova Sevinchoy
Sizlarga katta RAHMAT.Ustozlarim.OLLOHIM qollasin.
Marhaboxon Ashurova
Жуда хурсанд булдик. Омад.
Assalomu alaykum, har doim shunday yangi g‘oyalar, takliflar bn hammani ko‘nglini olishda xech qachon charchamanglar, omad yor bo‘lsin.
Laylo Ruzimova
Assalomu aleykum.Ajoyib g‘oya.Barchaga omad.Ishlaringizni rivojini bersin.
Rahmatova Dilorom
Ajoyib g‘oya.Barcha mehnatlarizdan Olloh rozi bo‘lsin👍👍👍
Mahmudova Shohsanam
Zo'r rahmat hudohohlasa biz ham qatnashamiz
Мadiyarova Dinara 🤩✌
Зор рахмат
Качон булади
Dilfuza
Juda yaxshi narsani òylabsiz
Zór fikr👍👍👍
𝓓𝓐𝓥𝓡𝓞𝓝𝓞𝓥𝓐 𝓓𝓘𝓛𝓞𝓡𝓞𝓜
Assalomu alekum. Katta raxmat sizlarga. Mening ham 3 ta qizim bor.O'qib juda xursand bo'ldik. Qizlarim muntazam qatnasbishadi tanlovlarga. Sizga tarbiya bergan otangizga ming rahmat. O'g'lim sizga o'xshab bilimdon bo'lishini orzu qilaman. RAXMAT SIZGA...
Onlayn buladimi
Show next 21 comments